Geografiya va geoaxborot tizimlari


Shaharlar rivojlanishining asosiy tarixiy bosqichlari


Download 112.78 Kb.
bet3/29
Sana09.04.2023
Hajmi112.78 Kb.
#1343590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
2-Mustaqil ish (1)

2.Shaharlar rivojlanishining asosiy tarixiy bosqichlari.

Shaharlarning rivojlanishini bir necha tarixiy bosqichlarga ajratish mumkinki, har bir davr o`zining shahar hosil qilish omillari, shaharlari infratuzilmasi, aholi soni, shaharlarning qurilish uslublari, bajargan vazifalariga ko’ra bir-biridan farq qiladi.




1.Qadimgi shaharlar (eramizning V-asrigacha). Ma‘lumki, dastlabki ijtimoiy mehnat taqsimoti dexqonchilikning chorvachilikdan ajralib chiqishidir. Dexqonchilik, xususan, sug’orma dehkonchilikning paydo bo’lishi muqim, doimiy (statsionar) aholi manzilgohlarining barpo bo`lishiga sabab bo`ladi. Shaharlar ijtimoiy mehnat taqsimotining navbatdagi bosqichi, ya‘ni dehqonchilikdan hunarmandchilik va savdoniig ajralib chiqishi natijasida paydo bo `lgan. Ushbu kasbdagi kishilar, bevosita qishloq xo`jaligi bilan shug’ ullanmaydilar va binobarin, ular har xil mehnat qurollari ishlab chiqarish, hamda tovar ayirboshlash (almashtirish)da vositachilik vazifasini bajargan, qulay joyda o`rnashgan aholi punktlarida yashaganlar. Keyinchalik bunday joylar «shahar» deb atalgan. Ilk shaharlarning vujudga kelishi asosan daryobo`yi sivilizatsiyasi bilan bog`liq. Qadimgi Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Xitoy kabi davlatlarda eramizdan avvalgi 4-3 ming yilliklarda shaharlar bo`lgani tarixiy manbalardan ma‘lum. Ur, Uruk, Lagash, Kish, Xarappa, Bobil, Nineviya, Memfis eng qadimgi shaharlardan hisoblanadi.
Ilk Mesopotamiyadagi shahar – Urda aholi tabiiy ko‘payishi hozirgi tabiiy ko‘payishga o‘xshamagan. Shaharlar o`lchami 370x240 m bo‘lib, keng to‘g‘ri ko‘chali, pishgan g‘ishtdan qurilgan. Sotsial-hududiy joylashuv oddiy bo‘lgan. Bloklar yoki chegaralar bilan maxsus tikuvchilar, kulollar, elit qatlam va boshqa rayonlar alohida ajratilgan. Shaharlar atrofi bilan umumiy hudud 640 akr (250 gektar) va aholisi 20 000 dan ortiq bo‘lgan.
2.O`rta asr shaharlari (VI-XVI-asrlar). Feodalizmda shaharlar rivojlanishi hunarmandchilik va qishloq xo`jaligi, yerdan foydalanish bilan (feod -yer) bog`liq bo`lgan. Bu davrda ijtimoiy mehnat taqsimoti yanada chuqurlashib, shaharlarning savdo (dengizbo`yi savdosi) va harbiy strategik ahamiyati ortadi, ular katta hududlarning siyosiy, diniy, iqtisodiy va madaniy hamda savdo markazlari funksiyasini bajargan. Natijada Parij, Moskva, Venetsiya, Madrid, London, Dehli, Guanchjou, Agra shaharlari bu davrning yirik shaharlariga aylangan. Buyuk geografik kashfiyotlar dengizbo`yi shaharlarining rivojlanishini tezlashtiradi.

Download 112.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling