Geografiya va iqtisod
Download 47.07 Kb.
|
SIRTQI MARUZA-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vertikal bog’lanish
Gorizontal bog’lanish deganda, o’quv fanlari mavzulari dastur va o’quv rejasi asosida sinflar aro parallel bog’lanish tushuniladi. U quyidagicha ifodalaniladi: 2-sinf “Atrofimizdagi olam ” darsligidagi “Kuz- hosil yig’iladigan fasil”, “Hasharotlar hayoti”, “Qish”. “Bahorda o’simliklar hayoti” “Bahorda kishilarning mehnati” “yoz o’tadi soz”mavzularini 2-sinf “O’qish” darsligidagi “Kuz ne’matlari”, “Chumoli bilan Chigirtka”. (O’zbek xalq ertagi), “Qish manzarasi” “Bahor keldi”.(She’r. Otayor) “Dono dehqonbobo”(ertak) “Yoz”. (She’r. Habib Rahmat) mavzularini fanlar aro o’zaro bog’lab tushuntirish misol bo’ladi. Bu bog’lanish turi asosan, dars jarayonida sinflar aro parallel ravishda shakllantiriladi.
Vertikal bog’lanish deganda, o’quv fanlari mavzulari dastur va o’quv rejasi asosida avvalgi sinflarda o’zlashtirilgan bilimlardan foydalanish orqali sinflar aro bog’lanish tushuniladi. Masalan,4-sinf “Tabiyatshunoslik” darsligidagi, “O’rmonlar” “O’lkamiz tog’lari tabiati”,”Insonning tabiatga ta’siri.Qo’riqxonalar” , “Toshkent shahri va Toshkent viloyati tabiati” mavzularini 3-sinf “O’qish” darsligidagi “Ona tabiat.”(She’r. Qambar ota), “Tabiat bilan suhbat.”(Rivoyat),”Inson insonga o’rtoq (She’r. H. Yoqubov) “Toshkent” mavzulari bilan fanlar aro o’zaro bog’lab tushuntirish misol bo’ladi. Bu kabi bog’lanish turlari asosan, sinfdan tashqari (har xil to’garaklarda, olimpiada, konferentsiya va boshqalar bo’yicha) o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazish mumkin Dars jarayonida fanlar aro aloqadorlikni samarali amalga oshirish o’quvchilarni yangi o’quv materiallarini qabul qilishga tayyorlash, fanlar aro, mavzular aro bog’lanishni amalga oshirish, muammoli vaziyatlarni yaratish, shuningdek, har bir darsni rejalashtirish va ularni mohirona o’tkazish o’qituvchidan chuqur va puxta tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi. Bu esa o’z navbatida dars samaradorligini orttirishga xizmat qiladi. Download 47.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling