Geografiya va iqtisodiyot nazariyasi asoslari


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/46
Sana05.01.2022
Hajmi0.92 Mb.
#227911
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
Bog'liq
umumtalim maktablarining 7-sinfida ozbekiston suv omborlari mavzusining oqitishning zamonaviy usullari

Тuyabo’g’iz  suv  ombori  -  Тoshkent  dengizi  Ohangaron  daryosining  o’rta 

oqimida  barpo  etilgan  gidrotexnika  inshooti.  1962  yilda  qurilgan.  Daryo  suvini 

mavsumiy tartibga soladi. Umumiy hajmi 250 mln.m

3

, foydali hajmi 224 mln. m



3

 

ni tashkil etadi. Suv yuzasi maydoni 20 km



2

. O’rtacha chuqurligi 12,5 m. Ko’tarma 

tuproq to’g’on, chap va o’ng qirg’oq suv chiqargichlar va suv tashlagichdan iborat. 

Тo’g’onning  uzunligi  2,4  km,  ikki  chekkasi  qumoq  tuproqdan  qurilgan.  Ombor 

gidrouzeli  1,9  km  uzunlikdagi  dambaga  tutashgan.  Тo’g’on  ustidan  Тoshkent-

Bekobod  avtomobil  yo’li  o’tadi.  440  m  uzunlik  va  suv  sarfi  760  m

3

/sek  bo’lgan 



tezoqar  ko’rinishidagi  suv  tashlagich  suvni  34  m  pastlikka  uzatadi.  Suv 

tashlagichning yemirilishini bartaraf etish uchun undan 600 m uzoqlikda umumiy 

balandligi  40  m  bo’lgan  ochiq  tipdagi  ikki  bosqichli  sharshara  qurilgan.  Suv 

omboridan Qorasuv daryosiga va Тuyabo’g’iz chapqirg’oq kanaliga suv beriladi. 

Suv  ombori  atrofida  dam  olish  zonasi  tashkil  etilgan.  Suv  ombori  Тoshkent 

viloyatining  Bo’ka,  Oqqo’rg’on,  O’rta  Chirchiq,  Quyi  Chirchiq  tumanlarida 

sug’oriladigan yerlarning suv ta’minotini yaxshilashga imkon berdi. 


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling