Chordara suv ombori - Sirdaryoning o’rta oqimida sug’orish-energetika
maqsadlarida barpo etilgan gidrotexnika inshooti. Qozog’iston Respublikasi
Janubiy Qozog’iston viloyati va O’zbekiston Respublikasining Jizzax viloyati
hududlarida joylashgan. 1965 yilda qurib bitkazilgan, 1965-1968 yillarda suv bilan
to’ldirilgan. Тo’liq sig’imi 5,7 mlrd. m
3
, foydali sig’imi 4,7 mlrd. m
3
. Uzunligi 80
km, o’rtacha eni 15 km o’rtacha chuqurligi 6,3 m maksimal chuqurligi (to’g’oni
yonida) 22 m, suv sathi yuzasi 900 km
2
. Тarkibida 4 tuprokli tug’on, suv
taqsimlagich (suv tashlagich), GES (quvvati 1000 MVt) bor. Chodara suv ombori
Chordara shaxri yaqinida Jovsumqum qiridagi Chordara va Arnasoy botig’i
boshlanishida barpo etilgan. Chorvoq suv omborining o’ng qirg’og’i tik, chap
qirg’og’i qiyalik. Suv omborining g’arbiy qismida, to’g’ondan yuqorida Arnasoy
botig’iga suv tashlamasi bo’lgan ikkinchi to’g’on qurilgan. Asosiy to’g’onga yaqin
joydan Qozog’iston (Sirdaryoning chap sohilidagi yerlar)ga suv beradigan
Qizilqum magistral kanali boshlanadi. Oktabrdan martgacha to’ldiriladi, apreldan
sentabrgacha suv olinadi. Qayroqqum suv ombori bilan birgaliqda, Mirzacho’ldagi
yangi yerlarni sug’orish va Qozog’istondagi sug’oriladigan yerlarni suv bilan
yanada yaxshiroq ta’minlashga xizmat qiladi. Baliqchilik xo’jaliklari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |