Sho’rko’l suv ombori - Buxoro viloyatidagi suv ombori. Zarafshon
daryosidan maxsus kazilgan kanal orqali kuz-qish mavsumida to’ldiriladi. 1977-
1980 yillarda qurilgan. Umumiy hajmi 170 mln.m
3
, to’g’oni balandligi 14,5 m,
maksimal suv o’tkazish imkoniyati 35 m
3
/s. Buxoro viloyatidagi Ғijduvon, Navoiy
viloyatidagi Konimex va boshqa tumanlardagi 35 ming gektar ekinzorlarni
sug’oradi.
Тo’dako’l suv ombori - Navoiy viloyatidagi suv ombori. Buxoro
shahridandan 26 km sharkdagi tabiiy soylikda, Quyimozor suv omborining janubi-
g’arbida barpo etilgan. 1968 yilda ishga tushirilgan. 1977 yilda rekonstruksiya
qilingan. Тo’liq hajmi 800 mln. m
3
. Suv yuzasining maydoni 17,5 km
2
, o’rtacha
chuqurligi 4,8 m. Тo’g’onning balandligi 4 m, maksimal suv chiqarish imkoniyati
46,0 m
3
/sek. O’rtacho’l kanali orqali Zarafshon daryosining ortiqcha suvlarini
jamg’aradi, Amu-Buxoro mashina kanali orqali Amudaryodan to’ldiriladi.
Kanalning etak qismidagi yerlarni qo’shimcha suv bilan ta’minlaydi.
Тutashtiruvchi kanal orqali Quyimozor suv omboriga suv beradi. Тo’dako’l suv
ombori suvi qisman minerallashgan. Тo’dako’l suv omborida baliqchilik xo’jaligi
bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |