Geografiyada toponimika


Download 403.5 Kb.
bet64/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Shotlandiya–Buyuk Britaniyaning shimoliy qismi. Shot qabilasi nomi bilan bog'liq. Sketland, Kaledoniya kabi nomlari ham bor.
Shott-al-Arab-Fors qo'ltig'iga quyiluvchi daryo. Frot va Dajla daryolarining qo'shilishidan hosil bo'ladi. «Arab daryosi» shott-arabcha «daryo» degan ma'noni beradi.
Shpitsbergen–Shimoliy Muz okeanidagi orollar to'dasi–arxipelag. Norvegiya davlatiga qarashli. Nemischa “nayza tosh” degan ma'noni bildiradi. Norvegiyada Svalbard (“sovuq o'lka”) deb ataladi.
Shri–Lanka–Hind okeanidagi orol va davlat nomi. 1972 yilga qadar Seylon deb atalar edi. Mahalliy xalq–singallar tilida Shri-Lanka–“Tabarruk”, “Muqaddas”, “Ulug'vor”, “Go'zal yer” ma'nosida.
Shenyan (Mukden)–Xitoyning shimoli-sharqidagi qadimiy shaharlaridan biri. Miloddan avvalgi II asrda Xouchen (xitoycha xou–“shimol”, chen–“shahar”, ya'ni “shimoliy shahar”) nomi bilan asos solingan. XIII asrdan Shenyan deb ataladi. Shenyan–“Shen daryosining janubga qaragan qirg'og'i”, “quyoshli” degan ma'nolarni bildiradi. Xitoyning shimoli-sharqidagi mahalliy aholi–manchjurlar shaharni Mukden deb atashadi. Manchjur tilida mukden–“tepalik”, “balandlik” degani.
Chad–Afrikadagi ko'l va davlat nomi. Mahalliy xalq tilida “ko'lob”, “ko'p suv” degan so'z. Ko'l nomi davlat nomiga o'tgan.
Charlston–AQShdagi shahar. Angliya qiroli Karl II (Charl) ning ismi va inglizcha taun (ton)–“shahar” so'zlaridan tashkil topgan.
Cheleken–Kaspiy dengizidagi yarim orol. Ushbu nom xaritalarda dastlab 1715-yilda orol sifatida tilga olingan. Kaspiy dengizi sathining pasayishi bilan u yarim orolga aylangan. Ye.M. Pospelovning fikricha, ushbu nom negizida turkmancha chyol (cho'l) yotadi. H. Hasanov esa Cheleken–chexel (chil)–“qirq”, kon–“boylik”, “qirq xil kon” degan ma'noni bildiradi. Bu yerda neft, tuz, bo'yoq, mum konlari bor, deb hisoblaydi.
Chelyuskin burni–Yevrosiyoning eng chekka shimoliy nuqtasi, Taymir yarim orolida joylashgan. 1742-yilda Buyuk Shimoliy ekspedisiya ishtirokchisi Semen Ivanovich Chelyuskin burunning holatini o'rgangan va u bu yerni Shimoliy-Sharqiy burun deb nomlagan. 1843-yili ushbu nom o'zgartirilib, Chelyuskin burni deb ataladigan bo'ldi.
Chelyabinsk–Rossiyadagi shahar. 1736-yilda asos solingan. Chuqurcha shaklidagi pastlik yerda bo'lganligidan boshqirdcha chalabi–“chelak” deb atalgan.
Yana bir boshqacha talqinga ko'ra, shaharning dastlabki nomi “Chelyabi–qarag'ay” bo'lib, qarag'ay shu yerda keng tarqalgan daraxt turi, O'rmonga nisbat qilib ishlatilgan. Chelyabi–“xo'jayin”, “shu yerning egasi” ma'nosida emish.
Cheremxovo–Rossiyadagi–Sharqiy Sibirdagi shahar. Cheremxovka daryosi bo'yida bo'lib, shahar nomi daryo nomidan olingan. Cheremxovka so'zi esa shu yerlarda keng tarqalgan meva daraxti–cheremuxa nomi bilan bog'liq.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling