Geografiyada toponimika


Xorug'–shahar, Tojikistonda-Tog'li Badaxshonda joylashgan. Pomir tojiklari–shug'nonlar tilida xorog–“shaharcha” demakdir. Xoshimin


Download 403.5 Kb.
bet59/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Xorug'–shahar, Tojikistonda-Tog'li Badaxshonda joylashgan. Pomir tojiklari–shug'nonlar tilida xorog–“shaharcha” demakdir.
Xoshimin–Vetnamdagi shahar. XVIII asrda asos solingan va Dengon (vetnamcha de–“damba”, ngon–“balandlik, tepalik, cho'qqi”)deb nomlangan. 1976 -yili Vetnam xalqining yirik davlat arboblaridan biri Xo Shi Min (1890-1969) nomiga shunday atalgan.
Xuanxe-Xitoydagi eng katta daryolardan biri. O'rta oqimida lyossli plato va Shansiy tog'laridan oqib o'tib, yemirish natijasida -yiliga 1300 mln.t.ga yaqin tog' jinslarini o'zi bilan olib ketadi. Dunyodagi yirik daryolar ichida eng loyqa daryolardan biri. Shuning uchun xitoycha xuan-«sariq», xe-«daryo», ya'ni «Sariq daryo», «Loyqa suv» deb ataladi.
Xuroson–Tarixiy o'lka. Bu nom qadimiy fors tilidagi xur–“oftob”, son–“yer”, “o'lka”, “seroftob yer” ma'nosida.
Yablonovoy tizmasi–Sharqiy Sibirda joylashgan. Buryatcha Yabalgani-Daban nomi ruscha transkripsiyada Yablonovoy bo'lib kelgan. “O'tkil dovon”, ya'ni «oshib o'tish qiyin bo'lgan tog'», degan ma'noni bildiradi.
Yakutiya–Yakutiya Respublikasi. YOqutiston shaklida yozish xato, chunki yoqut so'ziga uning umuman dahli yo'q. Yakutiya Rossiya tarkibidagi avtonom respublika sifatida 1922 -yili tashkil etilgan va yakut xalqi nomi bilan Yakutiya deb atalgan. Yakutlar o'zlarini soxalar deb atashadi, shuning uchun ular o'z yurtini Soxa eli deb ataydilar. Yakut so'zi aslida evenklar tilidagi yoko, yakot so'zlaridan olinib, “boshqalar”, “chetlar” ma'nosida ishlatilgan.
Lena daryosi bo'yida barpo etilgan shahar ham Yakutsk deb nomlangan.
Yalta–Qrim yarim orolidagi kurort shahar. Grekcha yalos–“qirg'oq” so'zidan olingan.
Yamayka–Markaziy Afrikadagi orol va davlat nomi. 1494 -yili X. Kolumb tomonidan kashf etilgan va dastlab Avliyo Yakov sharafiga Sant-Yago (Santyago) deb nomlangan. 1962-yili mustaqil Yamayka davlati paydo bo'ldi. Yamayka mahalliy indeyeslar tilidagi Xaymaka–“buloqlar oroli” so'zidan olingan.
Yamal–G'arbiy Sibirning shimolidagi yarim orol. Nenes tilidagi Yamal ya–“yer”, mal–“chekka”, “chet”, ya'ni “yerning cheti”, “yerning chekkasi” degan ma'nolarni bildiradi.
Yana-Sharqiy Sibirdagi daryo, Laptevlar dengiziga quyiladi. Evenklar tilida «katta daryo» deb izohlanadi. Shu hududda yashovchi boshqa tungus-manchjur xalqlari tilida yana, yene-«daryo» demakdir.
Yaman–Arabiston yarim orolining janubidagi davlat. Qadimgi arab tilida “o'ng tomon”, “janub” (quyosh chiqish tomonga nisbatan) degan ma'nolarni bildiradi.
Yangi Gvineya–Avstraliyaning shimolidagi orol. 1526-yili portugaliyalik sayyohlar orolning shimoli-g'arbiy sohillarigacha yetib kelishgan va mahalliy aholi–papuaslar nomi bilan orolni “Papuaslar mamlakati” deb atashgan. 1545-yili esa ispaniyalik Ortis de-Retes ekspedisiyasi orolni o'rganib, papuaslar tashqi ko'rinishidan uzoq Afrikaning Gvineya o'lkasidagi qora tanli negrlarga o'xshashligini aytib, uni Yangi Gvineya deb atagan.
Yangi Zelandiya–Avstraliyaning sharqidagi orol. Asosan ikkita yirik–Shimoliy va Janubiy orollar, hamda bir nechta kichik orolchalardan iborat davlat ham shunday atalgan. Abel Tasman bu yerni Gollandiya viloyati Zelandiyaga qarashli yer, Yangi Zelandiya deb atagan. Mahalliy xalq orasida bu orol “titroq yer”, “kivi o'lkasi”, “uzunchoq oq bulut” deb ham ataladi.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling