Geografiyada toponimika
Vezuviy-vulkan, Apennin yarim orolida joylashgan. Italiyaning qadimgi xalqlaridan birining tilida «tutun» degan ma'noni beradi. Vellington-
Download 403.5 Kb.
|
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Venesiya
- Vindxuk
- Vrangel oroli
Vezuviy-vulkan, Apennin yarim orolida joylashgan. Italiyaning qadimgi xalqlaridan birining tilida «tutun» degan ma'noni beradi.
Vellington-shahar, Yangi Zelandiya poytaxti. Shaharga 1840-yili asos solingan va o'sha davrdagi Buyuk Britaniya Bosh vaziri lord A.Vellington sharafiga shunday atalgan. Vena-shahar, Avstriya poytaxti. Miloddan avvalgi IV asrda kelt qabilalari hozirgi shahar o'rnida qishloq barpo etib, Vindobara-«Oq dala» deb atagan. Vena nomini boshqacha talqin etuvchilar ham bor. Venesuela-Janubiy Amerikaning shimoliy qismida joylashgan davlat. 1499 -yili ispaniyalik A. de Oxera boshchiligidagi bosqinchilar Marakaybo ko'li atrofida huddi Venesiya shahrini eslatib turuvchi indeyeslar qishlog'ini ko'rishgan. Uni Venesiyaga qiyoslab Venesuela-«Kichik Venesiya» deb atashgan. 1830-yildan e'tiboran ushbu nom mustaqil davlat nomiga aylandi va Venesuela Respublikasi deb ataladigan bo'ldi. Venesiya-Italiyadagi shahar, unga IX asrda asos solingan. Shu hududda yashovchi venetlar qabilasi nomidan olingan. Viktoriya-Sharqiy Afrikadagi ko'l. Mahalliy nomi Nyanza-«ko'l» bo'lgan. Yevropaliklardan bu ko'lni birinchi kashf etgan ingliz leytenanti D.Spik hisoblanadi. 1858-yili ko'lning janubiy qirg'oqlarigacha yetib bordi. D.Spik ko'lga o'sha davrdagi Angliya qirolichasi Viktoriya sharafiga Viktoriya-Nyanza deb nom bergan. Ko'l atrofida joylashgan davlatlar mustaqillikka erishgach, ko'l nomini Uxuru («ozodlik»), Umoja («birlik») deb atash taklif etilgan. Lekin hozirgacha Viktoriya nomi saqlanib kelmoqda. Vilyuy-Lena daryosining chap irmog'i. Daryo nomi «vil» so'zidan olingan bo'lib, tayganing mahalliy aholisi-baliqchilar va ovchilarning o'zaro tovar ayirboshlaydigan joyini shunday atagan. Daryo nomi shundan olingan. Vindxuk-shahar, Namibiya poytaxti, mahalliy xalq tilida «shamolli dovon» degan ma'noni beradi. Visla-Polshadagi daryo. Qadimgi slavyan tilidagi visla terminidan olingan bo'lib, g'arbiy slavyan xalqlarida «daryo», «irmoq», «botqoq», «suv bosib botqoqlashgan yer» degan ma'nolarda ishlatiladi. Volga-daryo, Rossiyaning Yevropa qismidan oqib Kaspiy dengiziga quyiladi. Izohi aniq emas. Asl mahalliy nomi Idil (turkiycha «katta suv») bo'lgan. Volga nomi xususida munozaralar ko'p: slavyancha vlaga-«nam», fin-ugor tillarida vol-«oq», «muqaddas», Boltiqbo'yi xalqlari tilida valka-«kichik soy», jilg'a, ma'nosidagi so'zlardan olingan deb taxmin qilinadi. Volta-G'arbiy Afrikadagi daryo. Oq va Qora Volta daryolari qo'shilishidan hosil bo'ladi. XV asrda portugaliyaliklar xaritalarida Volta shaklida tilga olingan. Volta portugaliyaliklar tilida «qaytishdagi daryo» degan ma'noda ishlatilgan, ya'ni sayyohlar o'z yurtlariga qaytish chog'ida shu daryoning qu-yilishi qismida to'xtab o'tganlar. Vrangel oroli-Chukotka dengizidagi orol. Dengizchi geograf F.P.Vrangel (1796-1870) nomiga qo'yilgan. U 1823-yili birinchi bo'lib mahalliy aholi ma'lumotlari va o'z kuzatishlari asosida, orolni xaritaga tushirgan. Bu nomni 1867-yilda kit ovchisi amerikalik Tomas Long bergan. Uning mahalliy nomi ham bor: Ulikilir-«Oq ayiq oroli». Download 403.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling