Geografiyada toponimika


Vyatka-Kama daryosining o'ng irmog'i. Qadimiy udmurt qabilalaridan birining nomi vatga bilan bog'langan. Keyinchalik Vyatka bo'lib ketgan. Vetnam-


Download 403.5 Kb.
bet57/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Vyatka-Kama daryosining o'ng irmog'i. Qadimiy udmurt qabilalaridan birining nomi vatga bilan bog'langan. Keyinchalik Vyatka bo'lib ketgan.
Vetnam-davlat, Hindixitoy yarim orolida joylashgan. H.Hasanovning yozishicha, Vet-«mamlakat», nam-«janub», ya'ni «janubiy mamlakat». Geografik o'rniga ko'ra shunday atalgan.
Xabarovsk–Rossiyaning Uzoq Sharqidagi shahar. 1649-1651 yillari Amur daryosigacha yetib kelgan rus sayyohi Yerofey Pavlovich Xabarov ismi bilan atalgan.
Xaynan–Janubiy Xitoy dengizidagi orol. Xitoycha xay–“dengiz”, nan–“janub” degani, ya'ni “Dengizning janubidagi orol” demakdir.
Xayfon–Vetnamdagi shahar va yirik dengiz porti. XIX asr oxirida kichik qishloq o'rnida bunyod etilgan. “Dengiz to'sig'i”, “Dengizdan to'silgan” degan ma'nolarni anglatadi.
Xamar-Daban–Baykalortidagi tog' tizmasi. Buryatcha “tumshuq tog'” degan so'z. Lekin yana boshqa bir izohi bor; xamar–“yong'oq”, daban–“dovon”, ya'ni “yong'oqzor dovon” degani.
Xanoy–shahar, Vetnam poytaxti. Shaharga V asrda asos solingan. Qadimgi nomi Kin–“poytaxt” bo'lib, uni boshqa poytaxt shaharlardan farqlash uchun Dong-Kin–“sharqiy poytaxt” deb atalgan. Keyinchalik Xanoy deb o'zgartirilgan. Vetnamcha xa–“daryo” nay–“oraliq”, “ichi” ma'nosida, ya'ni “Daryo bilan o'ralgan”, “Daryo o'rtasidagi shahar” degani.
Xarare–shahar, Afrikadagi Zimbabve davlatining poytaxti. Shaharga 1890 -yili asos solingan va Buyuk Britaniyaning o'sha davrdagi bosh vaziri Solsberi nomi bilan atalgan. 1892-yili esa Xarare deb o'zgartirildi. Xarare–Zimbabve xalqining mustamlakachilarga qarshi ozodlik kurashi yo'lboshchisidir.
Xartum–shahar, Sudan davlatining poytaxti. Oq Nil va Ko'k Nil qo'shilgan yerdagi fil xartumiga o'xshash yarim orol Ros al-Xartum–“Xartum burni” deb atalar edi. Shu yerda barpo etilgan shaharga Xartum nomi berilgan.
Xarkov–Ukrainadagi yirik shahar. Uni XVII asrda qrim tatarlaridan himoyalanish uchun qurilgan. “Kazak Xarko bino qilgan qal'a” deb izohlanadi.
Boshqa bir ma'lumotlarga ko'ra, “botqoq daryo bo'yidagi tepalik shahar” deb izohlanadi.
Xafun–Somali yarim orolidagi burun, Afrikaning eng chekka sharqiy nuqtasi. Arabcha Ras-Xafunas–“burun”, xaffa–“chekka, qirg'oq” so'zlaridan yasalgan; “chekka qirg'oqdagi burun” degan ma'noda.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling