Geografiyada toponimika


Ustyurt–O'rta Osiyoning g'arbidagi–Orol va Kaspiy dengizi oralig'idagi plato. “Usti tekis”, “yassi”, “yayla” degan ma'noda. Uxan


Download 403.5 Kb.
bet55/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Ustyurt–O'rta Osiyoning g'arbidagi–Orol va Kaspiy dengizi oralig'idagi plato. “Usti tekis”, “yassi”, “yayla” degan ma'noda.
Uxan–Sharqiy Xitoydagi shahar. 1953-yili Ugan, Xankou (Xan kou–“Xan daryosi mansabi”) va Xanyan (Xanyan–“Xan daryosining quyoshli qirg'og'i”) shaharlarining qo'shilishidan paydo bo'lgan. Har uchta shahar nomidan Uxan nomi yasalgan.
Varzob-Tojikistondagi daryo. Kofirnihonning o'ng irmog'i, Varzob toponimini tadqiqotchilar turli xil izohlashgan. Ammo deyarli hammasi nomni ikki qismga ajratadi va uning ikkinchi komponenti ob «suv» (daryo ma'nosida) deb qaraydilar. Nomning birinchi qismi varz turli xil izohlanadi. N.G.Mallitskiy uni yag'nob tili asosida izohlab, «qishloq» so'zi bilan bog'liq ekanligini aytadi. A.Z.Rozenfeld Varzob «uzun daryo» degani, deb yozadi. Varz so'zining «baland» degan ma'nosi ham bor. V.I.Savinaning ta'kidlashicha, varz yoki barz so'zi «baland, yuqori» degan ma'noni bildiradi. Varzob «yuqoridagi suv, sharq tomondagi suv» demakdir.
Vatikan-shahar-davlat, Rim shahri ichida joylashgan bo'lib, dunyodagi eng kichik davlat hisoblanadi. Rim shahri yetti tepalikda joylashgan bo'lib, tepaliklardan biri Monte-Vatikano deb ataladi. Monte-Vatikano tepaligida qadim zamonlarda kohinlar (latincha «vatikinatio») yashagan. Shahar-davlat nomi shundan olingan.
Vaxsh-Tojikistondani daryo. Panjning o'ng irmog'i. Tojikistondagi Vaxsh vodiyosi, Vaxsh tizmasi nomlari shu daryo nomi asosida vujudga kelgan. Ba'zi tadqiqotchilar toponimni arab tiliga xos bo'lgan vahshiy so'zi bilan bog'lab «vahshiy daryo» deb izohlaydilar.
V.V.Bartoldning fikricha, Vaxsh-«suv xudosi»dir. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, xorazmliklar vaxsh deb suv homiysini ataganlar. A.Z.Rozenfeldning yozishiga ko'ra, vaxsh so'zi qadimgi lug'atlarda «ko'tarilayotgan, yuqori oquvchi» kabi ma'nolarni beradi.
Vashington-shahar, AQSH poytaxti. Shaharga 1791-yili asos solingan va AQSH ning birinchi prezidenti Jorj Vashington (1732-1799 y) nomiga qo'yilgan. AQSHda Vashington nomi bilan bog'liq yana yuzlab nomlar bor.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling