Geografiyada toponimika
Download 403.5 Kb.
|
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tirana
- Tinch okean
Terskay Olatovi-Issiqko'lning janubidagi tog' tizmasi. «Terskay»-shimolga qaragan, oftobga ters, soya bet ma'nolarini beradi. Tog'ning yonbag'ri shimoliy ekspozisiya, shimolga qaragan, shuning uchun shu nom berilgan.
Tiksi-Yakutiyadagi, Lena daryosi bo'yidagi port shahar. Yakut tilida «langar», «kema to'xtaydigan joy» degan ma'noni bildiradi. Timor-Kichik Zond orollaridan biri. Indoneziyaliklar tilida Pulau Timor-«sharqiy orol» degani. Haqiqatan ham orol Kichik Zond orollarining sharqiy qismida joylashgan eng yirik orol. Tirana-shahar, Albaniya poytaxti. Ushbu nom XVI asrda paydo bo'lgan. Tirana-e.a. I ming yillikda Apennin yarim orolida yashagan tirren qabilasi nomidan olingan. Tiraspol-Moldovadagi shahar. 1792-yili Staraya Sukleya qishlog'i o'rnida barpo etilgan. Dnestr daryosining qadimiy nomi Tiras, unga pol yoki polis-«shahar» so'zi qo'shilib, Tiraspol nomi paydo bo'lgan. Demak, Tiraspol-«Tiras daryosi bo'yidagi shahar» ma'nosida. Titikaka-Janubiy Amerikadagi ko'l. Markaziy And tog'larida-Peru va Boliviya chegarasida joylashgan. Kechua indeyeslari tilida titi-«ruda qazib olinadigan joy», kaka-«qoya», ya'ni «ruda (kumush) qazib olinadigan joydagi qoya» ma'nosida. Tinch okean-dunyodagi eng katta okean. 1513-yili ispaniyalik konkistador Balboa Panama bo'yini orqali o'tib, okeanni Janubiy okean deb atagan. 1520-yili 28 noyabrda dunyo bo'ylab aylanma sayohat qilayotgan F.Magellan Olovli Yer orolida Filippin orollarigacha bo'lgan ulkan masofani uch oy-yu 20 kunda bosib o'tgan. Shu vaqt mobaynida birorta kuchli bo'ronga duch kelmagan F.Magellan okeanni Pasifiko-«Tinch okean» deb nomlagan. Keyinchalik okean maydoni katta bo'lganligi sababli 1752-yili fransuz geografi Byuash unga Ulug' okean deb nom bergan. Lekin Ulug' okean yasama nom bo'lganligidan uning dastlabki nomi-Tinch okean ko'pchilikka ma'qul tushgan. Togo-Afrikaning g'arbidagi davlat. Gvineya ko'rfazida joylashgan. Togo nomi davlatning joylashgan o'rniga ko'ra berilgan bo'lib, mahalliy xalq tilida «sayoz ko'rfazli joy» ma'nosini bildiradi. Haqiqatan ham mamlakat sohillari sayoz qo'ltiqchalardan iborat. Tokio-shahar, Yaponiya poytaxti. Yaponcha to-«sharq, sharqiy», kyo-«poytaxt», ya'ni «sharqiy poytaxt» degani. 1869-yili Yaponiya poytaxti Kioto shahridan Tokioga ko'chirilgandan so'ng poytaxt shunday nomlangan. Tonga-Tinch okeanning janubi-g'arbida joylashgan orol-davlat. Tonga oroli Fiji oroliga nisbatan sharqda joylashgan, shuning uchun fijiliklar orolni «g'arbiy orollar» deb atashgan. 1777-yili Jeyms Kuk orol ahlining mehmondo'stlik, ochiqko'ngillik hislatlarini inobatga olib, orolni Do'stlik oroli deb atagan. Download 403.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling