Geografiyada toponimika
Download 403.5 Kb.
|
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Trinidad va Tobago
Toronto-Kanadadagi shahar. 1794-yili fransuzlar asos solinshgan, 1760-yili esa inglizlar tomonidan bosib olinib, Toronto deb nomlangan. Irokez tilida toronto-«uchrashuv joyi», «gavjum joy» yoki «guzar» degan ma'noni bildiradi.
Toshkent-shahar, O'zbekiston poytaxti. Ikki ming yillikdan ortiq tarixga ega bo'lgan, dunyodagi eng ko'hna shaharlardan biri. Yozma manbalarda Choch, Joj, Shosh, Chjeshi, Tashixan, Lifivos, Petros, Burj-al-Hijora, Afrosiyob, Binkent, Tarkan kabi nomlari uchraydi. Toshkentning turli davrlardagi nomlari o'zagida «tosh» so'zi bo'lib, ikki ming yildan ortiq vaqt mobaynida saqlanib kelmoqda. So'g'diycha «Choch», arabcha «Hijora», grekcha «Petros», xitoycha «shi» so'zlarining ma'nosi «tosh» demakdir. Demak, mahalliy xalqlar tilidagi tosh, choch so'zlarini boshqa xalqlar aynan tarjima qilib yozganlar. Grekcha manbalarda Lififos Petros (petros-«tosh»), xitoycha Chjeshi (shi-«tosh»), arabcha Burj al-Hijora (hajar «tosh»). Ko'pchilik sharqshunoslarning ta'kidlashicha, Shosh nomi arablar kelganidan so'ng paydo bo'lgan; ular talaffuzda «Choch» ni «Shosh»ga aylantirgan. Toshkent nomi XI asrda paydo bo'lgan, degan fikrga uncha qo'shilib bo'lmaydi, chunki Beruniy va Koshg'ariy asarlarida keltirilgan ma'lumotlar undan oldingi davrlarga oid ma'lumotlardir. Toshkentning Tarkan, Binkent, Afrosiyob kabi nomlari ma'lum bir davrlarda shaharning bir qisminigina bildirgan. Xullas, Toshkent o'zining ikki ming yildan ortiq tarixi mobaynida «tosh shahri», «tog'u tosh etagidagi shahar», «tog' daryosi (Chirchiq) bo'yidagi shahar» nomini saqlab qolgan. Trinidad va Tobago-Markaziy Amerikadagi davlat va orollar. Trinidad oroli 1498-yili X.Kolumb tomonidan kashf etilgan va dastlab uzoqdan uchta tepalik ko'ringanligi uchun «uch tepalik» (trinidad) deb atagan. Tobago oroli nomi esa noaniq. Ayrimlar tobago «tambaka», «tabaka», ya'ni «tamaki» so'zidan olingan deyishadi. Gaiti orolida yashaydigan mahalliy aholi-tabak nomidan olingan, deb hisoblaydiganlar ham bor. Tripoli-shahar, Liviya poytaxti. Finikiyaliklar tomonidan e.a. II asrda asos solingan. Grekcha Tripolis-«uch shahar» degan so'z. Hozirgi shahar shu yerdagi uchta kichik shaharcha o'rnida bunyod etilgan. Tuamotu-Tinch okeanning janubi-sharqiy qismidagi arxipelag, fransuz Polineziyasi tarkibiga kiradi. Polineziyaliklar tilida motu-«orol», «atoll», tu qo'shimchasi, uzunasiga cho'zilgan ob'yektlarga nisbatan ishlatiladi. Demak, Tuamotu-«uzun cho'zilgan orollar» deganidir; haqiqatan ham Tuamotu orollari shimoli-g'arbdan janubi-sharqqa 2 ming km dan ortiq masofaga cho'zilib yotadi. Tuva-Rossiya Federasiyasi tarkibidagi respublika. Mahalliy xalq nomi-tuvadan olingan. Uning markazi Qizil shahri bo'lib, shahar nomi ham etnonim bilan bog'liq. Tunis-Afrikaning shimolidagi davlat. Finikiyaliklar asos solgan Tunis shahri nomidan olingan. Etimologiyasi noaniq. Lekin ayrimlar bu nom qadimgi finikiyalik malika Tanit ismidan olingan deyishadi. Download 403.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling