Geologiya- qidiruv va kon- metallurgiya


Download 66.87 Kb.
bet5/6
Sana04.11.2023
Hajmi66.87 Kb.
#1747419
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
amaliyot hisobot

9-kun 07.06.2023
Bugun barcha tayyorlangan zarur hujjatlarning qonuniyligini, yer maydon chegaralarining qonuniy tartibda tortilganligi, davlat strategic ahamiyatga ega yer maydonlaridan holi ekanligini aniqlash uchun tayyor hujjatlar kadastrlar palatasining DKYAT bo’limiga yuboriladi

Bu bo’limda Obyektning qonuniy tartibda joylashtirilganligi, obyektning davlat muhofazasidagi yerlar hususan qo’riqxona, bog’lar, madaniy meros obyektlari, davlat korxonalari, strategic ahamiyatga ega bo’lgan yerlardan holi ekanligi. Ajratilgan chegara chizig’I qonuniyligi ekspertiza qilinadi.



Tayyorlangan hujjatlar uchun baza shakllantiriladi.

10-kun 08.06.2023
Barcha bo’limlardan chiqqan hujjatlar jamlanib rahbar xonasiga olib kiriladi.
Bu yerda ariza kelib tushganidan tortib ekspertiza hulosasigacha tekshiruv o’tkaziladi. Barcha hujjatlar me’yoriy huquqiy hujjatlarga mosligi tekshiriladi.
Rahbar hujjatlar jamlanmasini qabul qilib, tasdiqlaganidan so’ng uni bosh muhandisga topshiradi.
Bosh muhandis Ariza yuboruvchiga hujjatlar tayyorlanganligi haqida habar beradi. Barcha yig’ma hujjatlarni ham qog’oz varianta chiqaradi, ham murojaat kelib tushgan my.gov.uz interaktik davlat xizmatlari portaliga murojaatchi arizasi ilova qilingan holatda electron tarzda yuklanadi va hujjat tayyor tugmasini bosadi.

11-kun 09.06.2023
Amaliyot kunimning 11-kunida ochig’I ishlar anchagina ko’paydi. Chunki men kadastrlar palatasi tuman filialining noturar obyektlar bo’limini ko’zdan kechirdim. Turar joylar kabi fuqarolar arizalari my.gov.uz sayti orqali electron olinadi.
Jismoniy va yuridik shaxsalar uchun alohida xizmat ko’rsatilar ekan. Noturar obyektlarni xatlovga olish zaxira yerlariga qo’shish. Oldin sotdi me’ros bo’lib o’tgan noturar obyektlarni ham rasmiylashtirish ish tartibi turar joylar bo’limi bilan bir xil tarzda amalga oshirilar ekan. Noturar obyektlarni hujjatlashtirish turar joylarga qaraganda osonroq kechar ekan.
Albatta davlat kadastr xizmatlariga ham to’lanadigan davlat bojlari bor. Noturar obyektlarni hujjatlashtirish turar joylarga qaraganda davlat boji qimmatroq ekan.
Noturar maydonlarni turar joyga o’tkazish ham mumkin ekan. Agar qo’yiladigan talablarga javob berilsa. Buni my.gov.uz sayti orqali ariza berish bilan ham amalga oshirsa bo’ladi.
Bu jarayon qonun bilan tartibga solingan va quyidagicha kechadi:
1. Yuridik shaxslar - tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslar (Аrizachilar):
Markazga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuboradi.
2. Markaz:
1. Arizani qabul qiladi va tekshiradi.
2. Tuman (shahar) hokimiyatiga belgilangan tartibda ariza yuboradi. 
3. Tuman (shahar) hokimligi:
1. Arizani qabul qililadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʼrib chiqilishini taʼminlaydi.
2. Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining yer tuzish va koʼchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar) da joylashgan filialiga devorlar rejasini, uchastkasini (agar mavjud boʼlsa), fasadni va turar joy yoki binoning kadastr pasportini taqdim etish toʼgʼrisida idoralararo elektron soʼrov yuboradi.
4. Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʼchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli viloyat (shahar) filiali: Turar joy joylashgan bino yoki binoning devorlari (agar mavjud boʼlsa), fasad va kadastr pasporti rejasining nusxasini tuman (shahar) hokimiyatiga yuboradi.
5. Tuman (shahar) hokimligi:
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʼlimiga turar joy yoki bino joylashgan devorning (agar mavjud boʼlsa) jabhasi va kadastr pasporti toʼgʼrisida bayonnoma va rejani yuboradi.
6. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʼlimi:
1. Turar joylarni oʼrganadi.
2. Turar-joy binolarini noturar joy toifasiga oʼtkazish boʼyicha tuman (shahar) hokimiyatiga mavjud imkoniyat toʼgʼrisida xulosa tayyorlaydi.
7. Tuman (shahar) hokimligi:
Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi yer tuzish va koʼchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar) filialiga koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlarning davlat reestrini oʼzgartirish va kadastr hujjatlarini qayta roʼyxatdan oʼtkazish uchun ruxsatnoma yuboradi.
8. Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʼchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar) filiali:
Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarning davlat reestriga va turar joy boʼlmagan joylar uchun kadastr ishini qayta roʼyxatdan oʼtkazish va guvohnomani tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
9. Tuman (shahar) hokimligi:
1. Ruxsatnomani tayyorlaydi yoki roʼyxatdan oʼtkazishda asosli rad etadi.
2. Yakuniy natijalar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni oʼzlarining elektron axborot resurslariga kiritadi.
3. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilgan taqdirda markazga, yoki ariza beruvchiga elektron shaklda ruxsatnoma yoki asosli rad etish sabablarini yuboradi.
10. Markaz:
1. Vakolatli organdan ruxsatnoma yoki asosli rad etish toʼgʼrisidagi xulosani arizada koʼrsatilgan tartibda ariza beruvchiga xabar beradi.
2. Ariza beruvchiga berish uchun zarur hujjatlarni roʼyxatdan oʼtkazadi.
3. Arizachiga hujjatlarni belgilangan tartibda va arizada koʼrsatilgan tartibda beradi.
4. Arizalarni elektron reestriga tegishli yozuvlarda kiritadi.

Download 66.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling