Geologiya- qidiruv va kon- metallurgiya
Download 66.87 Kb.
|
amaliyot hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-kun 29.05.2023
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM V FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI R TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA RFF FFFF UNIVERSITETI GEOLOGIYA- QIDIRUV VA KON- METALLURGIYA FAKULTETI KAFEDRASI MALAKAVIY AMALIYOT HISOBOTI Bajardi:________________________ Qabul qildi:_____________________ Toshkent-2023 1-kun 29.05.2023 Malakaviy amaliyotining birinchi kunida avvalo Toshkent viloyati Qibray tumani Charos ko’chasi 16-uyda joylashgan Davlat kadastrlar palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Qibray tumani bo’limiga bordim. U yerda meni boshqarma boshlig’I o’rinbosari Abduganiyev Fayzulla aka kutib oldi. Avvalo biz ma’muriy binoning tuzilishi qaysi bo’lim qaysi xonada joylashgani arxivlar qayerda saqlanishi va texnika xavfsizligi bilan tanishib chiqdik. Ma’muriy bino rekanstruksiya xolatida ekan va tez orada ma’muriy bino yangi korpusga ko’chish arafasida ekan. U yerda menga Davlat kadastrlar palatasi tarixi haqida o’zi davlat kadastrini yuritish nima uchun kerakligi haqida ma’lumotlar berishdi. Tashkilot avval Kadastr agentligi deb nomlangan ekan. Bugungi kunga kelib tashkilotning faoliyati takomillashtirilib “O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi” ga o’zgartirilgan ekan. Tarixiy jihatdan yerni hisobga olish maqsadida olib boriladigan yer uchastkalari va ularning maydonlarining chegaralarini ko’rsatish bilan bog’liq kadastr va kadastr ishlari paydo bo’lishining ildizlari Qadimgi Misr (miloddan avvalgi 3000 yil) davriga borib taqalar ekan. Kadastr atamasining o’zi Rim hukmdori Avgust davridan ishlatilgan bo’lib, unga ko’ra yer uchun o’lpon undirish hisob birligi caputigum tasdiqlangan va aholini ro’yxatga olish caputigum registrum joriy qilingan. Keyinchalik bu so’zlar birlashib caputastrum va keyinchalik kadastrum so’ziga birlashib ketgan. 2-kun 30.05.2023 Bugun tuman kadastr bo’limida ish juda qizg’in. Bugun menga kadastr hujjatlari bilan qanday ishlash, fuqarolarga qanday xizmat ko’rsatish bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida davlat idoralarini xalq uchun xizmat qilishi tamoyili ostida xujjatlarni electron shakllantirish va ortiqcha ovvoragarchilikka yo’l qo’ymaslik uchun xuxusan davlat kadastr palatasi tizimida hujjatlarni electron qabul qilish yo’lga qo’yilgan. Fuqarolar my.gov.uz sayti orqali ariza yuborishlari mumkin. Ushbu arizalar birinchi bo’lib tuman bo’limi bosh muhandisining electron bazasiga kelib tushar ekan va bosh muhandis bu arizalarni tegishliligi bo’yicha muhandislar orasida taqsimlar ekan. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yuritilar ekan. Bu sayt orqali kadastr sohasiga oid ariza va murojatlarni ko’rib chiqish,tekshirish, qanoatlantirish va javob yo’llash Davlat kadastrlar palatasi zimmasiga yuklatilar ekan. Yuborilgan arizalar hududlar kesimida avtomatik tarzda viloyatlar bazalariga u bazalardan tumanlar kesimida tuman bazalariga kelib tushar ekan. Avsuski tizimda xali qilinadigan ishlar server va internet bilan bog’liq muammolar talaygina ekan. Download 66.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling