3-kun 31.05.2023
Bugun kechagi my.gov.uz sayti orqali kelib tushgan va taqsimlangan arizalarni qay tartibda ko’rib chiqishni kuzatdim va unda ishtirok ettim. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan arizalarni arxiv hujjatlarini ko’tarish maqsadida arxiv bo’limiga topshirar ekan. Arxiv bo’limida xatto 30 yillik ma’lumotlarni ham topish mumkin ekan. Arxiv bo’limida ma’lumot va xujjatlarni topish qiyinlashmasligi uchun alifbo tartibida hujjatlar tahlangan ekan. Shu o’rinda bir qiziq ma’lumot oldim. Arxiv hujjatlarining chang bosish va har doim toza bo’lmasligining sababi hujjatlarni noto’g’ri joyga qo’yilishini oldini olish va arxivshunos qaysi hujjatni qaysi tokchaga qo’yganini aniq bilishi uchun arxiv xonasida tozalik kuni bo’lmas ekan. Kelib tushgan arxiv ma’lumotlari yangi eskiligiga qarab emas balki alifbo tartibida joylashtirilar va saqlanar ekan. Arxiv xonasida texnika va yong’in xavfsizligiga jiddiy e’tibor berilar ekan.
Kadastr to’g’risidagi arxiv hujjatlarining egaligi bo’yicha alifbo tartibida turar yoki noturar, davlat balansi bo’yicha alohida tikchalarda alifbo tartibida taxlangan ekan.
4-kun 01.06.2023
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelgan arizalar taqsimlanib uni muhandis arxiv ma’lumotlarini olish uchun arxivga topshiradi. So’ng arxiv ma’lumotlari bilan hujjat qayta ishlanib texnik muhandisga taqdim qilinadi. Texnik muhandis hujjatlarni o’rganib chiqadi va murojatchi bilan bog’lanadi. Hujjatlardagi kamchiliklar bolsa to’ldiriladi so’ng ariza bo’yicha ish boshlanadi.
Ariza bo’yicha keltirilgan ma’lumotlar klassifikatsiya qilindi.
O’zbekiston Respublikasining yer fondi bo’yicha Toshkent viloyatida taqsimlanishi quyidagicha:
Jami yerdan foydalanuvchilar soni: 16 489 ta
Umumiy yer maydoni: 1 515,0 ming gektar
Jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo’lgan obyektlar turlari va soni bo’yicha ma’lumot quyidagicha:
Qishloq xo’jaligi yerlari
Soni: 8 717 ta
Maydoni: 748,4 ming gektar
Aholi punktlarining yerlari
Soni: 263 ta
Maydoni: 40,6 ming gektar
Sanoat,transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadli yerlar
Soni: 6 708 ta
Maydoni: 83,9 ming gektar
Tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish va rekreatsiya yerlar
Soni: 19 ta
Maydoni: 25,1 ming gektar
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar
Soni: 557 ta
Maydoni: 1,9 ming gektar
O’rmon fondi yerlari
Soni: 23 ta
Maydoni: 580,1 ming gektar
Suv fondi yerlari
Soni: 186 ta
Maydoni: 17,9 ming gektar
Zahira yerlar
Soni: 16 ta
Maydoni: 17,1 ming gektar
Do'stlaringiz bilan baham: |