Geologiya- qidiruv va kon- metallurgiya
Autocad muttahasislari tomonidan yaratilgan chizmalar va undagi tayyor holatga keltirilgan ilova hujjatlarni 1C
Download 66.87 Kb.
|
amaliyot hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-kun 06.06.2023
Autocad muttahasislari tomonidan yaratilgan chizmalar va undagi tayyor holatga keltirilgan ilova hujjatlarni 1C bazasiga kirgazish zarur ekan.
1C muttahasislariga ishni topshirish jiddiy jarayon va bunda sustkashlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. Tayyor bo’lgan hujjatlar jamlanmasini obyektga kadastr raqamini berish uchun 1C muttahasisiga bildirgi shaklida qog’oz xat tayyorlanadi. Muttahasislar shu xatga asosan ma’lumotlarni 1C ma’lumotlar bazasiga kirgazadi va obyektga kadastr raqamini taqdim etadi. 8-kun 06.06.2023 Bugun 1C muttahasislari kechagi Autocad va texnik muhandislar tomonidan taqdim qilingan hujjatlar va obyekt parametrlarini qay tartibda ushbu dasturga kirgazishini ko’rib chiqdik. 1C muttahasislari bildirgi shaklida murojaat etilgan va taqdim qilingan hujjatlarni qabul qilar ekan sinchikovlik va e’tiborlilikni yo’qotmasligi kerak. Birgina hato tufayli butun bir ma’lumotlar bazasida xatolik yuz berishi mumkin. 1C mutahasislari keltirilgan ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasiga qo’yishidan oldin hujjatlar bilan jiddiy tekshiruv o’tkazdi. Parametrlarga katta ahamiyat berdi. Sinchikovlik bilan o’tkazilgan tekshiruvlardan so’ng muttahasis hujjatlar jamlanmasini reystrga kirgazdi. Ma’lumotlar bazasiga kirgazilagan ma’lumotlarga kadastr raqamini qo’ydi. Kiritilgan ma’lumotlar qayta qayta tekshiriladi. Obyekt pasporti uchun 1C mutahasislari kadastr raqamini taqdim etadi. Ushbu passport va kadastr raqamini berish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 492-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Quyidagilar yer uchastkasi, bino, inshoot kadastr raqamining majburiy elementlarini tashkil etadi: mintaqa (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)ning raqami; mintaqa tarkibidagi ma’muriy tuman yoki viloyat bo‘ysunishidagi shaharning raqami; kadastr zonasi raqami; kadastr massivi raqami; kadastr mavzesi raqami; yer uchastkasi raqami; bino, inshootning raqami; bino, inshoot bir qismining raqami. 12. Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega: AA : VV : SS : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH, bunda: AA — mintaqaning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son; VV — mintaqa tarkibidagi ma’muriy-hududiy tuzilma (ma’muriy tuman, viloyat bo‘ysunishidagi shahar)ning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son; SS — kadastr zonasi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son; DD — kadastr zonasi doirasida kadastr massivi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son; EE — kadastr massivi doirasida kadastr mavzesi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son; FFFF — kadastr mavzesi doirasida yer uchastkasi raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son; GGGG — yer uchastkasi doirasida bino, inshoot raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son; NNN — bino, inshootlar bir qismi raqami (kodi)ni bildiruvchi uch razryadli o‘nli son. 13. Kadastr zonalari, massivlari va mavzelarini kadastr bo‘yicha bo‘lish va shakllantirish vaqtida ularning chegaralari, odatda, shaharlar, shahar tumanlari, qishloqlar, ovullarning ma’muriy chegaralariga to‘g‘ri keladi. Keyinchalik, ma’muriy chegaralar o‘zgarganda, kadastr bo‘yicha bo‘linish sxemasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Download 66.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling