Geologiya va geoinfarmatsion fakulteti


Cho‘kindi jinslarning hosil bo‘lish va qayta o‘zgarish bosqichlari


Download 61.58 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi61.58 Kb.
#1609595
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Azizaga 2

Cho‘kindi jinslarning hosil bo‘lish va qayta o‘zgarish bosqichlari


Cho‘kindi jinslar deb yer po‘stining ustki qismida birlamchi jinslarning fizikaviy va kimyoviy nurashi, nurash mahsulotlarining ko‘chirib yotqizilishi va turli organizmlarning qoldiqlaridan hosil bo‘lgan yotqiziqlarga aytiladi.


Cho‘kindi jinslarni hosil qiluvchi cho‘kindilar turli geologik jarayonlar tufayli yer yuzasida va suv havzalarida vujudga keladi. Bu jarayonlar birlamchi materiallarning mexanik parchalanishi va erishi hamda erigan moddalarning kimyoviy va organogen yo‘llar bilan cho‘kmaga o‘tishidan iboratdir. Ular cho‘kindi hosil bo‘lish muhitining dinamikasi va tabiiy kimyoviy sharoitlari bilan belgilanadi.
Cho‘kindi jinslarning hosil bo‘lish jarayonini umumiy tarzda tub jinslarning yemirilishi, nurash po‘stida moddalar mobilizatsiyasi, nurash mahsulotlarining cho‘kindi oqimlari yordamida tashilishi, ularning yo‘l-yo‘lakay qisman cho‘kishi, cho‘kindi havzalarida batomom cho‘kmaga o‘tishi va keyinchalik cho‘kindi jinslarga aylanishi sifatida tasavvur qilish mumkin. Cho‘kindi jinslar vaqt davomida yuqori harorat va bosim ta’sirida qayta o‘zgaradi. Shunday qilib, cho‘kindi jinslarning hosil bo‘lishi va qayta o‘zgarishi bir qator ketma-ket bosqichlarda amalga oshadi. Bu bosqichlarda turli termodinamik va fizik-kimyoviy sharoitlar tufayli tog‘ jinslarining tuzilishi va mineral tarkibi o‘zgarib boradi. Cho‘kindi jinslarning hosil bo‘lishi va qayta o‘zgarishida quyidagi bosqichlar ajratiladi:
Birinchi – gipergenez bosqichi. Tub jinslarning nurashi tufayli birlamchi mahsulotlar hosil bo‘ladi.
Ikkinchi – sedimentogenez bosqichi. Bunda birlamchi materiallar turli omillar yordamida ko‘chirib yotqiziladi.
Uchinchi – diagenez bosqichi. Bu jarayonda cho‘kindilar cho‘kindi jinslarga aylanadi.
Turtinchi – katagenez bosqichi. Bu bosqichda cho‘kindi jinslarning mineral tarkibi va qisman strukturasi o‘zgaradi.
Beshinchi – metagenez bosqichi. Bunda cho‘kindi jinslarning strukturaviy-mineral tarkibi o‘zgarishi ko‘zatiladi.
Keyinchalik bu cho‘kindi jinslar yer po‘stining katta chuqurliklariga tushib, yuqori harorat va bosim ta’sirida metamorfik jinslarga aylanadi yoki yer yuzasida ochilib, nurab ketadi.

Download 61.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling