Geologiya va geoinfarmatsion fakulteti


Download 61.58 Kb.
bet6/6
Sana19.06.2023
Hajmi61.58 Kb.
#1609595
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Azizaga 2

Mexanik differensiatsiya. Mexanik differensiatsiya tufayli turli cho‘kindi oqimlari yordamida ko‘chirilayotgan jins va mineral bo‘laklari o‘lchami va solishtirma og‘irligi (zichligi) bo‘yicha bir-biridan ajralib cho‘kmaga o‘tadi.
Tog‘lardan boshlangan cho‘kindi suv oqimlari oxirgi suv havzalariga yetib borguncha kinetik energiyasining tobora susayib borishi tufayli o‘z o‘zanida oldin harsangtoshlar va g‘o‘laktoshlarni, keyinchalik graviy va qum donalarini va undan keyin alevrit va gil zarralarini ajratib cho‘ktiradi. Lekin differensiatsiya kamdan-kam hollardagini to‘laligicha amalga oshadi. Bunda oqim tezligi, zichligi, laminar yoki turbulent xususiyatlar, ularning fasliy o‘zgarishlari, oqim faoliyatining davomiyligi kabi omillar kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Vaqtinchalik suv oqimlarining yotqiziqlarida differensiatsiya darajasi juda past bo‘ladi. Bunga sel oqimlarining yotqiziqlarini misol qilib keltirsa bo‘ladi. Sel oqimlari katta tezlikka, zichlikka va turbulent xususiyatga ega bo‘ladi hamda juda qisqa vaqt (2- 6 soat) davomida faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun ham ularning yotqiziqlari yaxshi differensiatsiyalanmagan, turli o‘lchamdagi materiallar aralashgan va, hatto, gil zarralari ajralib chiqmagan bo‘ladi. Ko‘chirilish masofasining qisqaligi tufayli bo‘laklari dumoloqlanmagan, qirrali bo‘ladi.
Tog‘ tepaliklari yuzasida yil davomida to‘plangan elyuvial va delyuvial mahsulotlar vaqtincha oqar suvlar faoliyati tufayli tog‘ etaklaridagi teksliklarga chiqarib yotqiziladi. Shuning uchun ham vaqtinchalik oqar suvlarning zichligi juda yuqori bo‘ladi. Bunday oqimlar tog‘ etaklaridagi tekisliklarga oqib chiqqanda ularning kinetik energiyasi keskin kamayadi va tashib keltirgan materiallarining asosiy qismini chiqaruv konuslari shaklidagi to‘plamlar holida yotqizadi (5-rasm).
Tog‘ tizmalarining etaklarida o‘zaro taxminan parallel bo‘lgan ko‘plab vaqtinchalik oqar suvlarining bunday konus yotqiziqlari o‘zaro tutashib ketgan bo‘ladi va shu tufayli prolyuvial yotqiziqlar qambarini hosil qiladi. Prolyuvial jinslar qambarining kengligi va qalinligi tog‘ tepaliklarining katta-kichikligi, balandligi va jarayonning davomiyligiga bog‘liq. Prolyuvial jinslar qambarining kengligi to‘rtlamchi davr yotqiziqlari bo‘yicha Shimoliy Nurota tizmasining etaklarida 10-15 km, Farg‘ona vodiysini shimoldan o‘rab turadigan Chotqol va Qurama tizmalarining etaklarida 20-40 km gacha boradi. Dorvoz tog‘ida neogen davri prolyuvial molassa yotqiziqlarining umumiy qalinligi 12 km gacha yetadi (V.I.Popov).
Barcha prolyuvial yotqiziqlar ham ma’lum darajada shartli holda bo‘lakli, illi va turg‘un zonalarga differensiatsiyalangan bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



  1. X.Chiniqulov – Litologiya darslik

  2. www.google.comInternet qidiruv portal

  3. www. uz.wikipedia.org – Ochiq Ensiklopediya

  4. www.nuu.uz – Mirzo Ulug‘bek nomida O‘zbekiston Milliy universitet internet manzili

Download 61.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling