Geologiya va geoinfarmatsion fakulteti


Cho‘kindi materiallarning tashilishi


Download 61.58 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi61.58 Kb.
#1609595
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Azizaga 2

Cho‘kindi materiallarning tashilishi

Cho‘kindi mahsulotlar turli omillar yordamida tashiladi. Bunday omillarga suv va havo oqimlari hamda muz harakati kiradi.


Suv oqimlari. Nurash mahsulotlarining asosiy qismi suv oqimlari yordamida ko‘chiraladi. Bunday oqimlar quruqlik oqimlaridan (daryolar, soylar) va havza oqimlaridan (sohilbo‘yi, kontur, tranzit va turbid oqimlari) iborat bo‘ladi.
Quruqlikda suv oqimlari relef qiyaligi tufayli vujudga keladi. Bunday suv oqimlarining tezligi tekisliklarda 1,5-1,6 mG‘sek, tog‘larda 5-8 mG‘sek gacha boradi. Oqim tezligining o‘zgarishi oqim kengligiga, chuqurligiga va relef qiyaligiga bog‘liq. O‘zanning torayishi oqim tezligini oshiradi.
Suyuqlikning turli kinematik va dinamik xususiyatlariga mos keluvchi ikki xil – laminar va turbulent oqimlar mavjud.
Laminar oqimlarda oqim chiziqlari (suyuqlik zarralarining harakat yo‘nalishi) bir-biriga deyarli parallel va bir xil tezlikda bo‘ladi. Bunda oqim parallel qatlamlar to‘plami sifatida harakatlanadi. Laminar oqimlar nisbatan sekin, asosiy oqimga mos kelmaydigan komponentlari amalda hisobga olinmaydigan darajada kichik bo‘ladi.
Turbulent oqimlarda oqim chiziqlari buralib o‘zgaruvchi uyurmalar tizimini tashkil etadi. Bunda o‘zgaruvchi uyurmalarning yo‘nalishi va tezligi o‘rtacha arifmetik oqimnikidan farq qiladi. Boshqacha qilib aytganda, uyurmalarda suv massasi chapdan o‘ngga, pastdan yuqoriga va, aksincha harakatlanib, “o‘ynab” oqadi.
Turbulent oqimlarda uyurmalarning tezligi o‘rtacha oqim tezligidan uncha butun oqimga kuchli ta’sir etadi. Chunki turbulentlik orqali terrigen zarralar doimo muallaq holda (gil zarralari) yoki vaqtincha muallaq holda (qum donalari) ko‘chiriladi.
Daryolarda turbulentlikni asosan og‘irlik kuchining o‘zan bo‘ylab yo‘nalgan tashkil etuvchisi - urinma vujudga keltiradi va u o‘zan tubining notekisligi orqali kuchayadi. Turbulentlik dengiz qirg‘og‘i bo‘ylab va ochiq dengizda to‘lqinlar, suv yuzasiga ta’sir etuvchi shamol bosimi va oqimlar orasidagi siljish kuchlanishi ta’sirida vujudga keladi.
Turbulentlik oqimda ko‘chirilayotgan zarralarning suspenziya holatida bo‘lishiga yordam beradi. Turbulent oqimlarning siljituvchi kuchi shu tezlikdagi boshqa oqimlarnikiga qaraganda 3-4 marta katta bo‘ladi. Bu xususiyat cho‘kib ulgurgan zarralarni qaytadan ko‘tarib, oqim suspenziyasiga qo‘shishda katta ahamitga ega. Chunki cho‘kib ulgurgan zarralarni o‘z joyidan ko‘tarib, ko‘chirish uchun oqimning katta suruvchi kuchlanishi kerak bo‘ladi. Ayniqsa bu mayda plastinka shaklidagi zarralarga va yuzasi suv o‘tlari bilan qoplanib ulgurgan yotqiziqlarga taalluqlidir. Cho‘kib ulgurgan zarralarni qaytadan oqimga jalb qilishda oqimdagi mavjud zarralarning tirnash kuchi ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Laminar oqimlarning ham, turbulent oqimlarning ham cho‘kindining sirtiga ta’siri suyuqlikning zichligi, dinamik qovushoqligi, tezligi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha gidrodinamik parametrlar va suv-cho‘kindi chegarasining geometriyasiga bog‘liq.
Suv va havo kabi har bir oquvchi muhit qovushoqlik deb ataluvchi ishqalish kuchi tufayli vujudga keluvchi ichki qarshilikka ega bo‘ladi.
Turbulent va laminar oqimlar orasidagi farq Reynolds soni (R) orqali belgilanadi. U oqim inersiyasi kuchining ichki qarshilik kuchiga (qovushoqligiga) nisbati bilan o‘lchanadi. Boshqacha qilib aytganda, Reynolds soni harakatlantiruvchi kuchning tormozlovchi kuchga nisbatidir. Reynolds soni 2000 dan ortiq bo‘lsa oqim turbulent, 500 dan kam bo‘lsa laminardir.
Oqim tubida, suv-cho‘kindi muhitini ajratuvchi chegarada o‘zan tubiga ta’sir qiluvchi siljituvchi kuchlanish va suyuqlikni tormozlovchi qarshilik kuchi sodir bo‘ladi. Ishqalish kuchi natijasida oquvchi muhit harakatining sezilarli darajada sekinlanuvchi zonasi chegara qatlami deyiladi. Chegara qatlamining qalinligi relef yuzasining noteksiligi, oqimning tezligi va qovushoqligiga qarab millimetrning ulushlaridan bir necha millimetrgacha borishi mumkin.
Litologiyada chegara qatlami uch tomonlama ahamiyatga ega. Birinchidan, chegara qatlamida cho‘kib ulgurgan donalar bilan shu vaqtda muallaq vaziyatda bo‘lgan donalar orasida almashinish sodir bo‘ladi. Demak, bu qatlam kattiq zarralarning ko‘chirilishida va cho‘kishida ahamiyatli. Ikkinchidan, chegara qatlamining xususiyati harakatlanayotgan suyuqlik bilan o‘zan tubi orasidagi vujudga keladigan siljitish kuchlanishini belgilaydi. Nixoyat, uchinchidan, chegara qatlamining qalinligi qum ryablari yoki g‘o‘laklarning orqasida, asosiy oqimning o‘zan tubidan ko‘tarilgan joylarida ortadi. Bu turdagi to‘siqlarda oqimning uzilishi sodir bo‘ladi. U turli to‘siqlar orasida ekranlanuvchi maydonning o‘lchamini belgilaydi. O‘zan tubi sirtidagi notekisliklar chegara qatlamining tezligini pasaytiradi.
Suv oqimlari o‘zanida tashilayotgan bo‘lakli cho‘kindi material cho‘kishi va tezlik oshishi bilan yana oqimga qo‘shilishi mumkin. Bo‘lakli materialning tashilishi va yuvilishi orasidagi nisbat, ya’ni oqimning dinamik faolligi mezoni Xyulstrem grafigida tasvirlangan (3-rasm). Grafikda tajribada aniqlangan oqim tezligiga bog‘liq holda muayyan o‘lchamdagi (diametr) bo‘lakli materialning cho‘kmaga o‘tishi, tezlik oshganda yuvilishi (eroziya) va yana oqimga qo‘shilib tashilishining dinamik chegaralari ko‘rsatilgan.



Download 61.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling