Geologiya va geoinfarmatsion fakulteti


Z-rasm. Xyulstrem grafigi. Oqimning yuvuvchi (eroziya) tezligi hamda cho‘kindilarni tashishi va yotqizish tezligi orasidagi nisbat


Download 61.58 Kb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi61.58 Kb.
#1609595
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Azizaga 2

Z-rasm. Xyulstrem grafigi. Oqimning yuvuvchi (eroziya) tezligi hamda cho‘kindilarni tashishi va yotqizish tezligi orasidagi nisbat.

O‘zanda jins donalarining dumalatib ko‘chirilishi jarayonida ular dumaloqlanadi. Dumaloqlanish darajasi tashilish masofasiga va donalarning qattiq-yumshoqligiga bog‘liq bo‘ladi. Oqimda muallaq holda tashiluvchi zarralar odatda dumaloqlanmaydi. Dumaloqlanish qum donalari va undan katta bo‘lgan jins bo‘laklarigagina xos bo‘ladi.


Terrigen donalarning o‘lchami, solishtirma og‘irligi va shakli kabi xususiyatlari oqimda ko‘chirilishi uchun muhimdir. Bu o‘zgaruvchi parametrlarning umumiy samarasi oquvchi muhitning zichligi va qovushoqligi bilan birgalikda cho‘kish tezligini belgilaydi (1-jadval).
1- jadval
15°S haroratli suvda zarralarning cho‘kish tezligi



Zarra-lar o‘lchami, mm

Cho‘kish tezligi, smG‘sek

Zarralar o‘lchami,
mm

Cho‘kish tezligi, smG‘sek

Zarralar o‘lchami, mm

Cho‘kish tezligi smG‘sek

1,0

10,0

0,2

2,1

0,04

0,21

0,8

8,3

0,15

1,5

0,03

0,13

0,06

6,3

0,10

0,8

0,02

0,062

0,5

5,3

0,08

0,6

0,015

0,035

0,4

4,2

0,06

0,37

0,010

0,0098

0,3

3,2

0,05

0,29

0,008

0,0098

Cho‘kish tezligi donalarning gidravlik ekvivalentligini aniqlashda qo‘llaniladi. Bir xil cho‘kish tezligiga ega bo‘lgan turli mineral donalar gidravlik ekvivalent hisoblanadi. Yengil minerallarning cho‘kish tezligiga ularning o‘lchami va shakli ta’sir qiladi. Og‘ir minerallar uchun esa, ularning zichligi ahamiyatlidir. Gidravlik ekvivalentlik sochilma konlarning hosil bo‘lish sharoitlarini o‘rganishda qo‘l keladi.



Download 61.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling