qattiqligi, solishtirma og’irligi, hidi, ta’mi, eruvchanligi, magnitligi .
Ishning borishi: 1. Sh Shorahmedov, M Qodirov. Umumiy va tarixiy geologiyadan labaratoriya mashg’ulotlari uchun qo’llanma “O’qituvchi” Toshkent – 1988 (7-15 betlar)
2. O. I. Islomov, Sh. Shorahmedov Umumiy geologiya “O’qituvchi”
Toshkent – 1969 (43-48 bet).
3. B. N. Gurskiy, G. V. Gurskiy “Geologiya” Minsk - 1985
(51-54 betlar).
Yerning ustki qattiq po’sti – Yer po’sti va litosfera tarkibi tog’ jinsi va minerallardan tarkib topgan. Tog’ jinsinin aniq tarkibi , minerallar esa har-xil kimyoviy elementlarning molekulalaridan tashkil topgandir.
Tog’ jinslarini tashkil etuvchi minerallar soni to’rt mingga yaqin bo’lib, ulardan ellikga yaqini aksaryat ko’pchilik minerallar tarkibini tashkil etganligi uchun jins hosil qiluvchi minerallar deyiladi. Tog’ jinsini paydo qiluvchi minerallarning tarkibini, fizik xossasi, kelib chiqishi, ishlatilashi va boshqa belgilari o’rganilsa ularni aniqlash oson boladi. Bu belgilar fizik-diagnostik va kimyoviy diagnostic belgilar deyiladi, bevosita dalada ko’z bilan chamalab aniqlash makroskopik belgilar sanaladi. Har bir mineralning oziga xos belgisi bo’ladi. Masalan, bir mineral uchun bir xil rang mansub bo’lsa, ikkinchisi mineral qattiqlik yoki sinish yuzasi bilan boshqalardan farq qiladi.
Rangi – minerallar tabiatda oq, kulrang, sariq, pushti, yashil, ko’k, qora, qizil va boshqa xil ranglarda bo’ladi. Bulardan tashqari, rangsiz ya’ni shaffof ham bo’ladi. Ba’zi minerallarni rangiga qarab juda oson ajratish mumkin. Masalan: pirit FeS2 – rangi och sariq, azurit CuCo2*Cu (OH)2- ko’k osmon rangda. Odatda minerallarni turmushda ko’p ishlatiladigan – aniq rangda solishtirib aniqlanadi. Masalan gematit – Fe2O3 qondek qizil, xalkopirit – misdek sariq.
Minerallarni aniqlashda rang asosiy ahamiyatga ega.
Topshiriq – gips, kalsit, galit, limonit, kvarts kabi minerallarning rangini talaba mustaqil aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |