Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet159/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

О`qituvchining

Talabaning

1 bоsqich
O’quv хUjjatlarini
Tо`ldirish, davоmat оlish 5 daq.
kirish 5daq

1 Talabalarni pеd. Tехnоlоgiya talablari asоsida tоpshiriqlar bеradi.
Chizmаdа rеl`еfni tаsvirlайдилар.



Talabga mUvоfiq guruхlarga bо`linadilar va tоpshirig`larni qabUl qilib оladilar

2 bоsqich
Asоsiy 20daq. Davоmida guruхlarda ishlash, 30daq davоmida хar bir guruх 7 daq chiqish qiladi.

Хar bir guruх tоpshiriq ustida ishlashini nazоrat qilib zarUriy kо`rsatmalarni va yоrdamini bеrib bоradi.

Хar bir guruх о`z tоpshirig`i Ustida ishlaydi, markеrlar yоrdamida klastеr, sхеma yоki jadvalini chizib tо`ldirib bоradi.
Guruхlardan 2ta (va bUndan оrtiq) ishtirоkchi tоpshiriq bо`yicha chiqish qiladilar Talabga mUvоfiq guruхlarga bо`linadilar va tоpshirig`larni qabUl qilib оladilar

3 bоsqich. Talabalarni bahоlash 20 daq.

Mavzu bо`yicha хulоsa qilish. Хar bir guruх faоliyati tavsiflanada va guruхning хar bir ishtirоkchisi qanday baхоlanganligi aytiladi

Хar bir talaba о`z faоliyati baхоsini eshitadi va e’tirоzi bо`lsa aytadi. Mashg`ulоt yUzasidan mUlохazalari bо`lsa bildirishi mUmkin.

mavzu: Otqindi (magmatik) tog’ jinslarini ta’riflash..
Mashg’ulotning maqsadi. Tog’ jinslarini kelib chiqishiga kura gruppalrga ajratish va magmatik ya’ni otqindi tog’ jinslarining tarkibi, tabiatda tarqalish shakllarini urganish. Magmatik tog’ jinslarining struktura va tekstrukturasini o’rganish.

Kerakli asbob va materiallar.


1.tog’ jinslari kolleksiyasi (kelib chiqishiga kura)
2.magmatik tog’ jinslari (namunalar)
3.magmatik tog’ jinslari yotish shakllari, plakat va rasmlar
4. intruziv va effuziv tog’ jinslari
5.tog’ jinslarini aniqlagich jadvali.
6.granit
7.bazalt
8. traxit
9 geologik xarita
Minerallar yer pusti-litosferada mustaqil xolda uchramaydi., balki turli tog’ jinslari tarkibida tarqalgan.
Tog’ jinslari deb yer pustining katta qismini egallagan va bir necha minerallar tuplamidan iborat xamda doimiy tarkibga ega bulgan tabiiy geologik qismlarga aytiladi.
Tog’ jinslari bir mineraldan tarkib topgan bulsa, monomineralli, bir necha mineraldan tarkib topgan bulsa polimineralli tog’ jinslari deyiladi. Masalan granit kupincha uch minerall: dala shpati, kvars, biotit minerallardan oxaktosh bir minerall – kalsitdan iborat. Tog’ jinslari paydo bulishiga kura magmatikchukindi va metomorfik gruppalarga bulinadi.
Magmatik yoki otqindi tog’ jinslari deb issiq suyuq silikatli massa magmaning yer pustining chuqur qismlaridan yer yuzasiga otilib chiqqan yoki turli chuqurliklarda qotib qolgan maxsulotlarga aytiladi. Yer pustining chuqur joylarida qotib qolgan magma maxsulotlari chuqurdagi yoki intruziv yer yuzasiga otilib chiqib, qotib qolgan maxsulotlari esa quyilma yoki efuziv jinslar deyiladi.
Chukindi tog’ jinslari magmatik va metamorfik tog’ jinslarining nurash prosessida parchalanib, tashqi omillar asosan suv xamda shamol ta’sirida quruqlikda yoki suv xavzalari tagida tuplanadi. Chukindi jinslarining paydo bulishida usimlik va xayvonat dunyosining xam alaoxida urni bor.
Metamorfik yoki qayta o’zgargan tog’ jinslari ilgari paydo bulgan otqindi va chukindi tog’ jinslari vulkanizim va tektonik xarakatlar sababli vujudga keladigan katta bosim va yuqori xarorat ta’siri natijasida qayta kristallanishi yoki o’zgarib qolishidan paydo bulgan maxsulotlarga aytiladi.
Magmatik tog’ jinslari paydo bulish sharoitiga qarab litosferada turli shakllarda joylashadi: asosiy intruziv tog’ jinslarining eng muxim yotish shakllari batolitlar, shtoklar , uyumlar, qatlamli tomirlar, lakolitlar, lopolitlar, fakolitlar, sillar, daykalar va yer betida esa yopilmalar, oqimlar gumbazlar va boshqalar xisoblanadi.botolit va shtoklar yuqori bosim ta’sirida magmaning yer qatlamlariga yorilib kirib toto’g’ri gumbazsimon shaklda qotishidan xosil buladi: botolit va shtoklar bir biridan kata kichikligi Bilan farq qiladi. Botolitlar kupincha 200 kmdan kata maydonni egallaydi shtloklar xam botolitlar singari ancha chuqurlikkacha uchrasada uncha katta maydonni egallamaydi.
Lakkolitlar-magmaning yer pustida kupincha vabariq quziqorinsimon shaklda qotishidan xosil bulgan intruziv shakldir.lakolitning tagi taxminan gorizantal, usti esa sal qavariq yoki yassi gumbaz shaklida buladi. Lakolitlarning maydoni bir necha kv km bulishi mumkin.
Magma yer pusti orasiga kirib yoyilishi va sovushi natijasida uning tag qismi pasayadi va tovoqsimon shaklda qotadi. Uning urta botiq qismiga boshqa jinslar tuplanadi.magmanining ana shunday intruziv qotish shakliga lopolit deyiladi.
Magma ba’zan yer pustidagi bo’sh tomir yullarida daykallarni xosil qiladi. Daykaning eni bir necha sm dan 1-1,5km gacha, uzunligi esa 10 m dan yuzlab km gacha bo’ladi. Atrofdagi jinslarning yuvilib ketishi yoki nurashi natijasida ba’zan magmatik tomirlar ochilib qolib yer yuzasida devor singari qad kutarib turadi.
Magmatik jinslar klassifikasiyasi. Magmatik jinslar tarkibida asosan: SiO2, TiO2, Fe2O3, FeO, CaO, MgO, Na2O, K2O va H2O birikmalari uchraydi.lekin magmatik jinslar tarkibiga kura kupincha kremniyoziydan iborat.shu sababli magmatik jinslar tarkibidagi SiO2 miqdoriga qarab quyidagi gruppalarga bo’linadi.
1.nordon jinslar ---------- SiO2 miqdori 65-75%
2.o’rta jinslar -------------“-----------------52-65%
3.asosiy jinslar -------------“----------------- 40-52%
4.ultra asosiy jinslar -------------“-----------------40%dan kam.
Bundan kurinib turibdiki, bu 4 gruppa jinslardagi kremnizyom miqdoriga karab ularning mineralogik tarkibi xam keskin farq qiladi.
Nordon magmatik jinslarda kvars va dala shpati kuproq bulganidan ularning rangi oqish buladi.urta jinslarda kremneyozm miqdori kam bulganidan ularda kvars deyarli bulmaydi yoki juda kam buladi. Asosiy jinslarda qora rangli temir magniyli silikatli minerallardan –olivin, ragoniya obmanka, dala shpatlaridan esa plagioklazlar bulishi mumkin. Shuning uchun magmatik jinslar odatda qora rangli buladi.
Itruziv magmatik jinslar Tula kristallanganda donador tuzilishi Bilan xarakterlanadi. Bunday strukturalar magmaning asta sekin sovushi natijasida paydo bulib, barcha minerallar bir tekis kristallana boradi. Shuning uchun xam bu tog’ jinslari yaxshi shakllangan minerallardan iborat.
Tog’ jinslari zarralarining katta kichikligiga qarab quyidagi strukturalarga bulinadi.

    1. juda yirik donali- ayrim kristallarning kattaligi 10 mm dan ortadi.

2)yirik donali-5mmdan 10mm gacha
3)o’rta donali-2mm dan 5mm gacha.
4)mayda donali kristall donalari kattaligi 2 mm dan kichik ya’ni juda mayda bulib lupa ostidagina kuz ilg’aydi.
Efuziv jinslar to’liq kristall yoki donador emasligi bilan xarakterlanadi.bu jinslar asosan afanitldi; porfirli yoki shishasimon strukturali buladi. Bunday strukturalar magmaning tez sovishi natijasida xosil buladi.
Efuziv tog’ jinslarining yaxlit qismi kupincha kristallanmagan shishasimon moddadan iborat bo’lib ba’zan bir yoki bir necha minerall kristallari ajralib turadi.
Afanitli strukturada tog’ jinslari xatto lupa orqali qaralganda xam uning kristall donalari kurinmaydi.
Porfirli strukturada yaxlit mayda donali va asosan shishasimon massa orasida ayrim yirik kristallar kupincha kvars dala shpatlari ba’zan amfibol minerallardan iborat. Bu struktura traxit, andizit va porfiritlar uchun xarakterlidir.magmaning tez sovishi jarayonida moddalar kristallanib ulgurmaydi va shishasimon struktura xosil qiladi. Shishasimon strukturali efuziv jinslar chig’anoqsimon sinishi bilan xarakterlidir. Vulkan oynasi –obsidian shishasimon strukturaga ega.
Ayrim magmatik jinslar pigmatit strukturali buladi. Ular ikkita aralashma bir vaqtda kristallanishidan paydo buladi.
Magmatik jinslarning rangi. magmatik jinslar rangi ularning mineralogik tarkibiga kura oq rangdan to qoragacha buladi. Nordon va urta jinslar kvars xamda dala shpatlariga boy bulganligidan oqish kul rang och yashil va qizg’ish tuslarda buladi. Asosiy va ultra aossiy jinslar tarkibida asosan temir magniyli minerallar kupligi sabobli rangi qoradan qora yashilgacha va Tim qoragacha buladi. Tog’ jinslarining rangini aniqlash unchalik qiyin emas. Tog’ jinslarining rangi ularda miqdori kup bulgan minerallarning tusi bilan belgilanadi. Nordon magmatik jinslar kvarsga boy bulib uning tiniq donalari oddiy kuz bilan kurinib turadi. Asosiy tog’ jinslarida xar doim qora rangli minerallar – olivin, avgit, qora rangli plagioklazlar buladi. To’liq donador strukturali jinslar rangini aniqlash xam unchalik qiyin emas. Chunki ularning strukturasi oddiy ko’z bilan va lupada yaxshi kurinib turadi. Afanit yoki shishasimon strukturali jinslarda ayrim minerallar deyarli kurinmaydi, ularning rangi taxminiy mineralogik tarkibiga qarab aniqlanadi. Porfer strukturali magmatik jinslarda ayrim yaxshi shakllangan va ajralib turadigan o’ziga xos minerallarni oson aniqlash mumkin.
Yer yuzasida nuragna magmatik jinslar tarkibida birlamchi minerallardan tashqari, ikkilamchi minerallar – kalsit va gilliy minerallar xam kup buladi.
Tog’ jinslarining solishtirma og’irligi ularning mineralogik trkibiga bog’liq. Solishtirma og’irlik nordon jinslarda 2,5-2,7 gacha; urta tog’ jinslarida 2,7-2,8 gacha, asosiy tog’ jinslarida 2,9-3,1 gacha buladi.
Nodon magmatik tog’ jinslari
Intruziv (chuqurdagi) nordon magmatik jinslar. Bu jinslarga granit, rapakivi, pegmatit, granodioritlar kiradi.bulardan granit eng kup tarqalgan.
Granit. Granit tarkibida jins paydo qiluvchi minerallardan dala shpatlari – ortoklaz mikroklin yoki plagioklaz kvars rangli minerallardan slyuda, rogovaya, ogmanka bor. Granitning tusi kupincha dala shpatining rangi bog’liq bulib. Och kul rang, pusht yoki go’sht-qizil buladi. Granitlar Tula kristalli, donador strukturaga ega. Tekisturasiga kura odatda mayda va yirik donali granitlarga ajratiladi. Granit xalq xujaligining turli tarmoqlarida ishlatiladi. U juda yaxshi qurilish materiali bulishi Bilan birga, xaykaltaroshlikda xam kup ishlatiladi.
Volfram, qalayi, molibden, qurg’oshin, Rux, kumush, simob kabi metallarning konlarga granit Bilan bog’liq.
Granit asosan kaliyli dala shpatlaridan tashkil topganligi sababli undan tarkib topgan ona jinslar va tuproqlar kaliyga boy buladi. Keyingi yillarda Samarqand vilayatida aniqlangan Gurmak, Kalichisoy, Nurota tog’idagi Ustuksoy. Suvqaytdi, Zirabuloq va Oxaklik granit konlari kata axamiyatga egadir. Uzbekiston graniti Toshkent metrosini qurish va bezashda keng ishlatilmoqda.
Tabiatda granitlarning kup turlari mavjud.
Granit rapagivi (chirik granit). Granit rapakivi yirik donali strukturaga ega. Uning yaxlit bulaklarida och-kul rang olikoglaz Bilan uralgan yiririk ortoglaz kristallari kurinib turadi. Bu granit kuprok Fillandiyada uchraydi, rangi – xiraroq qizg’ish- qoramtir.
Pegmatik yoki yozuv graniti. Pegmatitli strukturaga ega bulgan bu tog’ jinsi kvars Bilan dala shpatining qonuniy birga o’sishiga bog’liq. Bu ikala inerallning kristallari asosan bir tomonga yunalgan buladi. Ularning tuzilishi qadimgi yaxudiy yozuvini eslatadi.
Pegmatit tomirlarda uchrab, och sarg’ish, oqish tuslarida buladi.
Pegmatit asosan keramika sanoatida va qurilishda ishlatiladi.
Granodiorit. Granodiorit urta donadaor strukturali granitdir. Tarkibida qora rangli minerallar – biotit, rogovaya, obmanka va piroksin bulganligidan qora rangi Bilan ajralib turadi. Donador yuzasida kvars va dala shpatlarining yaxlit donalari xam yaqqol kurinib turadi. Granodiorit granit singari juda zich bulganligidan mustaxkam buladi va qurilish arxitektura ishlarida keng foydalaniladi.
Effuziv nordon jinslar. Ular ximyaviy tarkibiga kura intruziv to- jinslariga uxshasada minerologik tarkibi strukturasi va teksturasi Bilan farq qiladi. Bu jinslar odatda och rangli kovak teksturali va kupincha porfer strukturali bulishi bilan xarakterlanadi. Bularga misol qilib granitning nordon effiziv analoglaridan liparit bilan kvarsli porfirni shuningdek boshqa tog’ jinslaridan obsidian pemza perlit kabilarni kursatish mumkin.
Liporit-ximyaviy tarkibiga kura granitga yaqin bulib kupincha porfir va apanit strukturalidir. Rangi och sariq va och kur rang. Jins yuzasi g’adir budir sinadi.



Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling