Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet152/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

Chizig’ining rangi – minerallarni chinni plastinka ustiga chizganda qoladigan iz rangi chizig’ rangi yoki kukunining rangi uning haqiqiy rangi hisoblanadi. Chunki mineral rangi tashqi ko’rinishidan kopinch farq qiladi. Masalan, pirit rangi misdek sariq, kukuninning yoki chizigining rangi qora, gematit rangi qung’ir qora – chizig’ining rangi olchasimon qizildir.
Yaltiroqlik – mineral yuzasiga tushgan nurni qaytarish qobilyati yaltiroqlik deyiladi. Yaltiroqlik metal yuzasining xarakteriga, nur sindirish qobilyatiga, mineral kristallarining donachalariga hamda mayda yoriqlarning yuzada mavjudligiga bog’liq bo’ladi.
Yaltiroqlik quidagi turlarga bo’linadi:

  • metalsimon yaltiroqlik,

  • shishasimon yaltiroqlik,

  • olmossimon yaltiroqlik,

  • moysimon yaltiroqlik,

  • yarim metal yaltiroqlik,

  • ipakdek yaltiroqlik.

Tiniqlik yoki shaffoflik. Yupqa plastinkasi yuzasidan nurni o’tkazishi tiniqlik deyiladi. U quidagi darajada tavsiflanadi. 1. Tiniq mineral – kalsit, island shpati, tog’ billuri. Urarning tagida nima borligi aniq ko’rinadi.
2. Yarim tiniq – mineral yupqa plastinkalari orqali predmetning shaklini ko’rish mumkin. Ba’zi bir opal va xalsedon bunga misol bo’ladi.
3. Nurlanuvchi – mineral nurni juda kuchsiz o’tkazadi. Unday minerallarga dala shpatlari va nefrit mansubdir.
4. Tiniq bo’lmagan minerallarga metalsimon yaltiroq minerallar kiradi. Masalan, pirit, magnetit, gematit.
Sinimi – bu fizik xossa ba’zi minerallar uchun muhim belgidir. Mineral biron narsa bilan madalanganda har-xil yuzalar paydo bo’ladi. Bu yuzalar qovushqoqlik yo’q xillarda hosil bo’ladi. Minerallarda ulanish yuzasi bo’lsa, to’g’ri sinish, ulanish yuzasi bo’lmasa, noto’g’ri sinish hosil qiladi.sinim aniq kristal tuzilishga ega bolmagan minerallar uchun xosdir.
Chig’anoqsimon sinim – opal, xalsedon
To’g’ri sinim – usti tekis bolgan sinish, unga slyudaiar xosdir.
Noto’g’ri sinim – yuzalari notekis. Magnetit, gematit.
Donador sinim – donador agregatlar xos, apatit.
Tolali yoki zirapchasimon sinim – asbest.
Ulanish yuzasi – mineral kristalining kuch ta’sirida kristallorafik yuzalari bo’yicha ajralishiga ulanish yuzasi deyiladi.
Ular quidagich bo’ladi.
1. Ulanish yuzasi o’ta mukammal – yuzasidan tekis va silliq
plastinkalar bir tomonga osonlik bilan ajraladi.

  1. Ulanish yuzasi mukammal – silliq yuzalar hosil qiladi. Bunga kalsit, galit, gips va h.k.

  2. Ulanish yuzasi o’rtacha – ulanish yuzasi bo’yich tekis ajralib, boshqa tomonga sinsa notekis bolakchalar hosil qiladi. masalan dala shpati, rogovaya obmanka, kalsit.

  3. Ulanish yuzasi nomukammal – ulanish yuzasi notekis bolakchalarni hosil qiladi. Apatit, olivin, sof oltingugurt, berill va b

  4. uilanish yuzasi o’ta nomukammal – kuch ta’sir etganda shklsiz bo’lakchalar hosil qiladi. Bunga kvarts, oltin, magnetit, korund misol bo’ladi.


Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling