1-sinf. Sof tug’ma elementlar. Yerpo’stining ogirlii bo’yicha 0,1% ni tashkil etadi. 30 dan 50 a yaqin element sof holda uchraydi.
Oltin, platina iridiy, osmiy ba’zan mis, temir, qorg’oshin, rux, simob kabi metallar sof tug’ma elementlardir.
2-sinf. Sulfidlar yoki metalloidlar, oltingugurtli birikmalar.
Metallarning oltingugurtli 40 dan oshiq birikmalari – vannadiy, molibden, nikel, kobalt, mis, temir, rux, qo’rg’oshin, mishyak, kumush va boshqalar. Yer po’stidagi minerallarning 0,15% tashkil etib ular 300ga aqin etadi.
3-sinf. Galoidlar sinfi. Vidorodli kislotalarning tabii tizimlari xloridlar, ftoridlar, bromidlar va yodidlar hosil qilgan minerallar kiradi. Bu sinfa 200ga yaqin mineral kiradi. Osh tuzi ikki min sanoat mahsuloti ishlab chiqarishda, fiyuorit oson eriydigan shlak, optic asboblar ishla chiqarishda foydalaniladi.
4-sinf. Oksidlar va gidrooksidlar sinfi. Metal va metalsimonlarning kislorod va suv molekulalari bilan birikkan minerallari kiradi. Kislorod bilan birikuvchi elementlar 40dan ortiq bo’lib, 250ga yaqin minerallarni hosil qiladi. Litisferada oksidlar miqdori 17% ni, shundan 12,6% kremniy oksidi, 3,9% temir oksidi.
5-sinf. Karbonatlar. Suvsiz karbonatlar. Kalsit – CaCo3, magneti - MgCO3, dolomite - CaMg(CO3)2, siderit - FeCO3.
Suvli karbonatlar. Soda - Na2, malaxit - CuCO3*Cu(OH)2, azurit - 2CuCO3*(OH)2, aragonit - CaCO3. Karbonat jins hosil qiluvchi minerallar yer po’stining 1,7 % tashkil etadi.
6-sinf. Sul’fatlar. Sulfat kislotaning tabiiy tuzlari bo’lgan 260 ta mineral kiradi, yer postini 0,61 % ini tashkil etadi. Angidrid – CaCO4, gips – CaSO4*2H2O, barit – BaSO4, mirailit – Na2 SO4*10 H2O. kimyo sanoatining xomashyosi, cho’kindi yo’l bilan hosil bo’ladi. Qo’ng’irot soda zavodi, Quyi Amudaryo va Ustyurtdagi botiqlarda mineral tuzlar hisobiga shakillanadi.
7-sinf. Fosfatlar. Fosforli o’g’it ishlab chiqarishda xomashyo bo’lgan fosforit – Ca5(PO4)2(F,Cl)CaCO3 – cho’kindi yo’l bilan hosil bo’ladi. Apatit -– Ca5(PO4)3(F,Cl,OH) – metamorfik yo’l bilan, vivianit – Fe23(PO4)2 * 8H2O botqoqli joylarda chokindi yo’l bilan hosil bo’ladi.
8sinf. Vol’framitlar. Vol’framit – (FeMn)(WO4) monoklinal singoniyali vol’fram rudasi. Sheelit – CaWO4 – elektritexnikada ishlatiladigan vol’fram metali uchun ruda. O’zbekistonda Zirabuloq, Nurota tog’larida zaxiralari mavjud.
9-sinf. Nitratlar. Nitratlar – HNO4 kislota tabiiy tuzlarisuvda oson eriydi, yer po’stida kam tarqalgan. Biogen o’l bilan hosil bo’ladi.
Na NO3 - Chili silitrasi,
K NO3 – O’rta Osiyo silitrasi.
Yerni yumshatishda kaliyli va natriyli o’g’itlar uchun muxim xomashyo.
10-sinf. Slikatlar. Juda murakkab kon zanjirli kristal panjara hosil qiluvchi slikatlar kremniyning bir ioni bilan kislorodning to’rt ioni bog’langan bo’ladi. 800 ta mineral kiradi. A E Fersmanhisobiga ko’ra yer po’stining 75%i slikatlardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |