8. Mikroelementli agrorudalar.Ekinlar xosildorligini oshirishda tarkibida marganes, Rux, mis, bor, kobalt, molibden singari mikroelementlar saqlovchi agrorudalarning xam axamiti juda katta Tabiatda ko’proq marganesli agrorudalar- pirolyuzit, braunit, gausmanit, manganit uchraydi. Kamroq miqdorda Rux va bor elementlari saqlovchi agrorudalar takalgan. Ruxli agrorudalarga sfalerit,smitsonit va boshqalar, borli agrorudalarga esa suvda oson eruvchi borli minerallar va bura, qiyin parchalanadigan minerallardan gidroborasit, boronatrokalsit, asharit, kaliyborit, datolit, turmalin kabilar kiradi.Misli kobaltli va molibdenli agrorudalar ancha siyrak uchrab ularning tarkibidagi elementlar miqdori o’am juda kam.Umuman agronomik nuqtai nazardan qimmatli mikroelementlar yer pustida juda kam tarqalgan. Shuning uchun mikrougitlar sifatida tabiiy agrorudalar emas turli qora rangli metallurgiya sanoati chiqitlari ( shlak turli metallar changi shlam boyitishdan qoladigan qoldiqlar ) boyitilib , ximiyaviy jixatdan qayta ishdangach , o’git sifatila ishlatiladi.
Tarkibida rux , marganes , mis , molibden , kobalt singari mikroelementlar bo’lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati chiqindilaridan gektariga 200-300 kg solinganda paxta xosili 2-2,5 s , sabzavot xosili 30 s , Lorx Navli kartoshka xosili 43 s , karam xosili esa 20% ko’paygan.
Shuningdek , Oltintopgan , Ingichka , Langar , Qo’ytosh konlari chiqindilari ustida olib borilgan tajribalar ( G. I. Abolina , S. S. Abayeva , A . M . Yoqubov , V. K. Andryushenko) mazkur mikroelementlarga boy birikmalarning ekinlar xosildorligini oshirishga yaxo’i ta’sir qilishini Yana bir bor ko’rsatdi.
Agrorudalarga tarkibida ma’lum darajada pirit minerali bo’lgan jinslar ( ulardan superfosfat kislatasi olish uchun foydalaniladi) va margumushli minerallarni ( arsenopirit , auripigment , realgar; ular qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi ) xam quritish mumkin. Shuningdek , bentonit gillari, glaulonit , perlit , vermikulit singari minerallar xam ma’lum darajada ekinlar xosildorligini oshirish uchun xizmat qiladi.
9.Gilmoyalar – bentonitli gillar. Bu loyqalarda 20 dan ortiq mikroelement bo’lib , qumloq va qumoq tuproqlarning xossalarini yaxshilashda ishlatiladi. O’zbekistonda uning konlari ko’p.
Geologlarimizning keyingi yillardagi qidiruv ishlari natijasida O’zbekiston va O’rta Osiyoning boshqa respublikalari turli-tuman agrorudali foydali qazilmalarga boy ekanligi aniqlandi. Bu xom ashyolardan qishloq xo’jaligida keng foydalanish natijasida tuproqlar unumdorligini ancha oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |