Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet176/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

Minerallarning ta’rifi.
Minerallarning o’rganish va ta’riflashda ularning turli belgilari, jumladan, ximyaviy tarkibiga asoslangan klassifikasiyadan keng foydalaniladi.
1-klass sof (tug’ma) elemetlar
Yer pustida kupchilik elemetlar erkin atomlar yoki ionlar shaklida tarqalgan bulib shulardan 50ga yaqini aloxida minerallarni xosil qiladi. Bu minerallar sof xolda kupincha qattiq eritmalar yoki aralashmalar tarzida uchraydi.
Sof elementlar yer po’stining turli qismida magmatik, metomorfik va cho’kindi prosess (jarayonlar) natijasida paydo bo’ladi.
Bu gruppaga kiradigan minerallar gazsimon (kislorod, azot, geliy, argon), suyuq (simob), qattiq xolatlarda esa sof tug’ma metall (temir, mis, kumush, oltin, platina singarilar) va metaloid (oltingugurt, olmos va grafitlar)ga bo’linadi.
Oltingugurt-S. Asosan ximiyaviy toza xolda uchraydi; ba’zan unga Se, Fe va xar xil organik birikmalar aralashgan bo’ladi.
Oltingugurt tabiatda sof xolatda va metallar Bilan birikib, sulfidlar (pirit, sfalerit), nometallar(kalsiy, bariy) bilan birikib esa sulfatlar (gips, angidrit, barit) xosil qiladi.
Sof oltingugurt yer betida va yer po’stining yuza qismlarida tarqalgan bo’lib, asosan 4 xil yo’l bilan: 1) vulkanizm prosesida; 2)sovuq buloqlardagi cho’kindilar sifatida; 3)quruqlikdagi cho’kindilar sifatida; 4)sulfid minerallarining parchalanishi vaoksidlanishi natijasida kelib chiqadi.
Vulkanogen prsesslar natijasida ajralib chiqayotganvodorod sulfidining oksidlanishi va bu gazning oltingugurtning kislorodli gazi Bilan o’zaro tasiridan sof oltingugurt paydo bo’ladi:
2H2S+2O=2H2O+2S/ H2S+SO2=H2O+O+2S
Suv xavzalarida sulfatli birikmalar mikroorganizmlar tasirida vodorod sulfid gaziga aylanadi. Bu gaz bakteriyalar vositasida yoki ximiyaviy ravishda parchalanib, sof oltingugurt xosil qiladi.
Oltingugurt rezina va qog’oz ishlab chiqarishda, xarbiy vaximiya sanoatlarida xamda qishloq xo’jaligining turli tarmoqlarida foydalaniladi.
Sof oltingugurt kukuni va uning polisulfid preparati qishloq xo’jaligi zararkunundalariga qarshi kurashda qo’llaniladi. U qisman sho’rtob yerlarning xolatini yaxshilashda, chorva mollari xonalarini dezinfeksiyalashda va boshqa maqsadlvrda ishlatiladi.
Grafit-S. Tarkibida turli birikmalar aralashgan bo’lib, ba’zan 20-50% kul qoldig’i saqlaydi. Grafit geksogonal singoniyali mineral. To’g’ri shakillangan kristallari tabiatda kam tarqalgan. Asosan donador, plastinkachalar, tabletkalar yoki tuproqsimon massalar xolida uchraydi. Qattiqligi 1, solishtirma og’irligi 2-2,4. Rangi qoradan kulrangacha. Chizig’i qoramtir kulrang yaltiroq. Elektor tokini yaxshi o’tkazadi. Grafitga kislota ta’sir etmaydi.
Grafit qazilma kumirlarning magma bilan uchrashgan zonalarida, tog’ jinslaridagi organik moddalarning metamorfizmi natijasida magmatik jinslar tarkibida va uchuvchi gazlar tufaylipaydo bo’ladi. Grafit sanoatda turli maqsadlarda: grafit tigellari tayyorlashda, moylash ishlarida, elektro texnikada, qolip ishlab chiqarishda, qalam tayyorlashda ishlatiladi.
Grafit konlari Krasnoyarsk o’lkasi, Ukrainada topilgan.O’zbekistondagi Toshqozon grafit koni xam kata konlardan xisoblanadi.Keyingi yillarda Buxoroning Gujimdi, TOvshan, Shaydaros, Kuljig’tog’da va boshka joylarda xam konlar borligi aniqlangan.
Olmos-S . Sof uglerodning polimorf xili bo’lib, tiniq va turli rangda bo’ladi. Olmos kubsingoniyali oktaedrik, terraedrik, kubik shakillarda kristallanadi.
Ulanish tekisligi oktaedryoqlari bo’yicha ancha mukammal. Qattiqligi 10, solishtirma og’irligi 3,5. rangi: rangsiz, tiniq xavo rang,oq,sariq,qoramtir vaqora.
Olmos ishqor vakislotalarga chidamli kislorodda qattiq qizdirilsa SO2 ajralib yonadi. Xavosiz va oddiy bosim sharoitida1800 gradusli grafitga aylanadi.Issiqlikni yaxshi o’tkazadi, elektor tokini yomon o’tkazadi. Olmos magmatik progreslar natijasida chuqurda- asosiy magma o’chog’ida yuqori temperatura va bosimli zonalarda paydo bo’ladi.
Olmos qimmatbaxo tosh(brilliant) sifatida, texnikada metalla rva toshlarni ishlash xamda jilolashda, burg’ilash asboblarida va boshg’a mag’sadlarda ishlatiladi.

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling