Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija
Download 7.25 Mb.
|
78 Геология мажмуа 2012 tay
Sulfitlar.
Bu gruppaga tabiiy oltingurgutli birikmalar tarzidagi ko’pdan kup birikmalar kiradi. V.I.Vernadskiy xisobiga kura yer pustida sulfitlar uncha kur bulmasada (og’irligiga nisbatan 0,15%ni tashkil etadi). Xozirgacha ma’lum barcha minerallarning 10%ini (35 ga yaqinini) tashkil etadi. Sulfitlar xalq xujaligida katta axamiyatga ega, ular muxim metallar (oltin, miss, kumush, rux, qurg’oshin, simob, nikel, surma) olishda asosiy ma’danlardan biri xisoblanadi. Sulfitlarning xarakterli xususiyatlari: kuchli metall yaltiroqligi, solishtirma og’irligining kattaligi (4dan yuqori), qattiqligining o’rtacha va past (2-6 oralig’ida) ekanligidadir.kurchilik sulfitlar gidrotermal eritmalardan va magmaning o’zida bevosita krisstallanib paydo buladi. Sulfitlarga mansub ba’zi minerallar tarkibida oltingurgutli tuzlar saqlovchi sovuq eritmalardan ajratiladi. Sulfitlar yerning yuza qismlarida oksidlanib sulfatlar, karbonatlar va oksidlar singari turli birikmalarga utadi. Masalan kuyidagi reaksiya asosida sulfitlar tarkibidagi temir, kislorod va suv ta’sirida suvli oksidga-limonitga utadi: FeS2+H2O+70=FeO4+H2SO4 pirit 12 FeSO2+3H2O+60=4Fe(SO4)3+2Fe2O3-3H2O limonit limonit sulfit konlarining ustki qismlarida tuplana borib aloxida “temir qapqog’i” deb deb ataluvchi qobiq xosil qiladi. Pirit - FeS2. oltingurgut yoki temir kolchidani xam deyiladi. Tarkibida kupincha mis, nikel, kobolt va ba’zan oltin, kumush kabi metallar ishtirok etadi. Pirit juda xilma xil prosesslarda paydo bulgan; uning paydo bulishida gidrotermal, pnevmatik va metamorfik prosesslarning roli ayniqsa kata. Pirit yer betida oksidlanib, suv ta’sirida gyotit va limonitga aylanadi. Markazit (temir kolchidoni)- FeS2 . Piritning polimorf xili bo’lib rombik singoniyali mineraldir. Markazit rangi va qattiqligi Bilan piritdan uncha farq qilmaydi. Tabiatda ko’prq markazitning shingilsimon zich yoki radial – nursimon tuzilishli sharga o’xshash konkresiyalari xarakterlidir. Qattaqligi 6, solishtirma og’irligi 4,5-5,9. Ulanish tekisligi deyarli yo’q. Noto’g’ri yuzalar Bilan sinadi. Rangi jez-sariq, ba’zan qoramtir. To’q yashil, kul rang chiziq beradi. Metall yaltiroqli. Markazit tabiatda piritga nisbatan ko’proq tarqalgan. Bu mineral gidrotermal tomirlarda va ko’proq cho’kindi jinslar tarkibida uchraydi. Gili slaneslar, mergellar, gillar va qazilma ko’mirlar tarkibida konkrsiyalar, o’simtalar,donalar shaklida uchraydi.Ba’zan botqoq tuproqlarda siderit va vivianit bilan birga to’planadi. Yer betida pirit singari o’zgarishlarga uchraydi. Mskva yoni toshko’mir xavzasi, Uralda toshko’mir respublikamizning boshqa rayonlarida markazit to’plamlari keng tarqalgan. Xalkopirit (miss kolchedoni)CuFeS2. Tarkibida kamroq oltin, kumush, selen va tellur metallari aralashgan bo’ladi. Tetragonal singoniyada kristallanadi. Asosan mayda donador va yaxlit moddalar tarzida, ba’zan oktaedrik yoki tetraedrik shakildagi kristall xolida uchraydi. Rangi jez-sariq, to’q sariq. Chiziq rangi yashilroq qora. Pirit singari metaldek kuchli yaltiraydi. Xalkoperit ancha mo’rt. Urganda mukammal bo’lmagan tekisliklar bo’yicha oson parchalanib ketadi. Qattiqligi 3,5-4. Solishtirma og’irligi 4.1-4,3. Xalkoperit asosan gidrotermal va pnevmatilit prsesslarida paydo bo’lib, tomirlarda pirit , galenit, sfalerit, kvars singari minerallar Bilan birga uchraydi. Shuningdek, kontakt zonalarda va cho’kindi tog’ jinslari tarkibida xam to’planadi. Xalkoperit nurash prosesslari natijastda qator minerallarga aylanadi. Avval miss va temir sulfatiga, mis sulfati esa malaxit, azurit,xalkozinga aylanadi. Tarkibidagi temir xisobadan limonit kabi temir gidroksidlari xosil bo’ladi. Bu mineral miss olishda asosiy xom ashyodir. Asosiy konlari Ural, Armaniston, Qozog’iston, O’zbekiston, va boshqa rayonlarda joylashgan. Galenit qo’g’oshin yaltirog’i-PbS. Tarkibida mis, kumush, rux, selen singari elementlar ishtrok etadi.Kubik singoniyali, kub va oktaedr shaklidagi kristallari xarakterli. Ulanish tekissligi o’ta mukammal bo’lib, ana shu tekisliklar bo’yicha tez sinadi. Ba’zan tuprqsimon massalar xolida xam uchraydi. Qattiqligi 2-3, solishtirma og’irligi 7,5 . Rangi qo’rg’oshindek kulsimon. Chizig’i kulsimon qora. Metaldek yaltiraydi. Mo’rt, oson eriydi. Azot kislotasida eriydi va PbSO4 ajraladi. HCIda juda yaxshi eriydi. Galinit qo’rg’oshin olish uchun asosiy ruda xisoblanadi. Kumush saqlaydigan turlaridan qo’shimcha ravishda bu element xam ajratib olinadi. Kalkazda (Sadon), Oltoyda, Zabaykalyeda, O’zbekistonda va boshqa konlarda konlari bor. Sfalerit (ruxtosh)-ZnS. Tarkibida aralashma sifatida Fe (20gradusgacha), Mn, Ni, Jn, Sn, Hg nodir metallardan - Cd (3,5gradusgacha) va boshqa elemetlar ishtirok etadi. Kub singoniyasida kristallanadi. Rombododekaedrlar buyicha uta mukammal ulanish tekisligiga ega. Yaxlit, donador massalar xolida kup uchraydi. Rangi doimiy emas. Rangsiz va tiniq, sariq, ko’ng’ir, deyarli qora, chiziq rangi oq yoki och – sariq va qoramtir tuslarda. Tiniq sariq yoki tuq sariq xili teleofan, temir aralashgan qorasi esa marmatit deyiladi. Ba’zan yarim metall singari yaltiraydi. Qattiqligi 3,5-4, solishtirma og’irligi 3,6-4,2. Sfalerit asosan gidrotermal, kontakt va ba’zan gipergen (ekzogen) prosessalarda paydo buladi. Sfalerit Rux olish uchun asosiy ruda bulib undan kushimcha ravishda nodir elemetlar xam ajratib olinadi. Auripigment - As2S3 (latincha - oltin buyoq degan ma’noni bildiradi). Minoklin singoniyali mineral. Kristallari kupincha prizmatik va mayda tangachalar, plastinkalar shaklida bulib, mo’rt, uta mukammal ulanish tekisligiga ega. Tabiatda yaxlit donador moddalar, radial – nursimon tuzilgan buyuraksimon, dumaloq shaklda xam uchraydi. Rangi oltinsimon- sariq, limon-sariq, ba’zan qung’ir. Chizig’i mineralnikiga nisbatan och sariq. Qattiqligi 1,5-2, solishtirma og’irligi 3,5. Yunalishi buyicha olmos yoki yarim metalsimon ,yoki yog’simon yaltiraydi. Download 7.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling