Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari
O‘simliklarning tuproqlar geografiyasidagi o‘rni
Download 1.67 Mb.
|
geologiya edu print (2)
11.O‘simliklarning tuproqlar geografiyasidagi o‘rni
O‘simliklar olami nafaqat tuproqning kimyoviy, balki mineral tarkibiga ham faol ta’sir ko‘rsatadi. Minerallarning salmoqli qismi o‘simliklarning tanasida vujudga keladi va ular nobud bo‘lganidan so‘ng yana tuproqqa qaytadi. Tuproqda biogen minerallarning vujudga kelishida o‘simliklar ham faol ishtirok etadi. O‘simliklar tuproqda nafaqat biokimyoviy va geokimyoviy rol o‘ynab qolmay, uning fizik xossalari (tuzilmasi, suv sig‘imi, zichligi va b.), issiqlik va suv tartibiga ham ta’sir ko'rsatadi. Tuproq va o‘simlik xaritalarini taqqoslashdan ko‘rinib turib- diki, tuproqning ma’lum turi bilan o‘simliklarning ayrim turlari o‘rtasida chambarchas bog‘liqlik mavjud. Yer shari tirik moddalarining deyarli 99 % i o‘simlik orga- nizmlari massasidan tashkil topgan bo‘lib, shu tufayli Yerda biolo- gik aylanma harakatning xarakteri yashil o‘simliklarning hayot faoliyati bilan belgilanadi. Organik moddalar to‘pianishining eng yuqori darajasi o‘rmonlarga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich nam tropik o‘rmonlarda 5000 s/ga va undan ortiq, Braziliyaning tog‘li tropik o‘rmonlarida - 17 000 s/ga. Sezilarli darajada kam biomassa keng bargli o‘rmonlar (4000 s/ga) va ayniqsa, boreal mintaqaning igna bargli o‘rmonlariga (1000-3300 s/ga) to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rin boreal mintaqaga taalluqli (fitomassa umumiy zaxirasining 18 % i), keyin subtropik mintaqa (14 % atrofida), subboreal (12 % atrofida) va oxirgi o‘rinni qutbiy mintaqa egallaydi (1 % dan kam). Yuqoridagi uchta mintaqalaming maydonlari deyarli tengroq bo‘lsa-da, fitomassaning zaxirasidagi farq asosan ular hududining o‘rmon bilan qoplanganlik darajasiga bog‘liq, qaysiki boreal mintaqada bu ko‘rsatkich yuqori (20 %). Yer shari o‘rmon fitomassasi zaxirasining umumiy hajmi l,96ol012 t, ya’ni quruqlik fitomassasining deyarli 82 % ini tashkil etadi (o‘rmon bilan qoplanish 39 % bo‘lganda), ko‘rinib turibdiki quruqlik yuzasida fitomassa zaxirasi taqsimlanishining asosiy geografik qonuniyati tuproq — o‘simlik formatsiyasining o‘rmonlar tipiga bog‘liq ekan. Tuproqning paydo bo‘lishi va geografik tarqalishi daraxtsimon va o'tsimon o‘simliklardan tuproqqa tushadigan barg, shox-shabba, meva, ildiz, po‘stloq va boshqalar (opad), qurum moddalar (zol) miqdoriga ham bog‘liq. Umuman olganda o‘simliklar turi va biologik aylanma harakat tuproq hosil bo‘lish turi bilan chambarchas bog‘liq. Tuproq hosil boTish jarayoni, tuproq turlarining shakllanishi va tuproq unum- dorligi o‘simlik - tuproq - o‘simlik tizimidagi tirik moddalarning ta’siri hamda mineral moddalarning aylanishi bilan bevosita belgilanadi. Ayni damda o‘simlikning o‘zi tuproq va iqlimning mahsuli hisoblanadiki, qaysiki uning shakllanishini ular hal qiladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling