Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


Tuzilmaning mexanik ravishda buzilishi


Download 1.67 Mb.
bet22/33
Sana14.05.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1461377
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
geologiya edu print (2)

1. Tuzilmaning mexanik ravishda buzilishi. Tuproqning
yuza qismlariga tushadigan atmosfera yog‘inlari ta’sirida va shuningdek, yetilmagan nam tuproq yoki juda quruq holatdagi tuproqlarni ko‘p marta haydash hamda bunda og‘ir texnika va boshqa ish qurollaridan foydalanish natijasida tuzilma buziladi.
Bundan tashqari odamlar va chorva mollarining dalaga yoppasiga kirishi ham tuzilmani ezg‘ilaydi.
Tuzilmaning buzilishini oldini olishda yerni obi-tobida hay­ dash, tuproqqa yengil ishlov berish va qishloq xo‘jalik mashina- larining yengil, maqbul namunalaridan foydalanish lozim.
2. Tuzilmaning fizik-kimyoviy buzilishi. Bunday buzilishga,
singdirilgan kationlar ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Asosan singdirish majmuasidagi ikki, uch valentli (va) kationlarning bir valentli (va) kationlar bilan almashinuvi bunga sabab bo‘ladi. Bir valentli natriy, arnmoniy va vodorod tuzilmasi hosil qiluvchi kolloidlarni nam sharoitda peneplenlashib, tuzilma agregatlarini buzadi. Shuning uchun ham kimyoviy melioratsiyalash tuzilmaning saqlanib qolini- shida muhim rol o‘ynaydi.
3. Tuzilmaning biologik yo‘l bilan buzilishi, asosan aerob
sharoitdagi mikroorganizmlarning hayot faoliyati bilan bog‘liq.
Mikroorganizmlar tuzilma hosil qilishda muhim rol o‘ynovchi organik moddalar, jumladan gumusning aerob sharoitda tez mine-
rallashib, tuzilmaning asta-sekin buzilib borishiga sabab bo‘ladi.
Shuning uchun ham tiiproqda mo‘tadil mikrobiologik jarayonlarning bo‘!ishi muhim ahamiyatga ega.


21.Tuproqning fizik xossalari
Tuproqning asosiy fizik xossalariga uning solishtirma va hajm og‘irliklari hamda g‘ovakligi kiradi.
Tuproqdagi ro‘y beradigan kimyoviy va biokimyoviy jara- yonlar ayniqsa suv, havo va issiqlik tartibi tuproqning fizik xossa­ lariga bog‘liqdir. Tuproqning fizik xossalari ham turli jarayonlar va agrotexnika sharoiti ta’sirida o‘zgarib turadi.
Tuproqning fizik xossalaridan eng asosiylari, bu tuproqning solishtirma og‘irligidir. Tuproqning solishtirma og‘irligi deb, ma’lum hajmdagi tuproqning qattiq qismi og'irligini shunday hajrndagi 4 °C gi, suv ogTrligiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi.
Tuproqning hajm og‘irligi juda o‘zgaruvchan bo‘lib, asosan agregatlarning zichligi darajasiga bog‘liq boTadi. Ustki haydalma
qatlam, odatda kichik hajm og‘irligi (1,1-1,3, g/sm3)ga ega, chunki bu qatlamda agregatlar g‘ovak joylashgan bo‘ladi. Quyi qatlamda agregatlar miqdori kamayib borganligi, hamda agregat va zarracha- laming zich joylashganligi tufayli bo‘shliqiar miqdori kamayib boradi, natijada hajm og‘irligi ortadi (1,6-1,7 g/sm3). Tuzilmali tuproqlaming yuqori qismi kichik hajm og‘irligiga ega bo‘lib, u butun vegetatsiya davrida o‘zgarib turishi mumkin.
O‘zbekiston tuproqlarida agregatlaming kamligi, hamda ular- ning suvga chidamsizligi hajm og‘iriligini vegetatsiya davomida o‘zgarib turishiga olib keladi. Sug'orish suvlari agregatlami buzadi va ulami yanada zichlashishiga sabab bo‘ladi. Yangi sug‘oriladigan yerlar asta-sekin zichlashib tuproq qovushmasining zichligi jihati- dan o‘rtacha o‘rinda turadi. Turli tipdagi sug'oriladigan tuproqlar qovushmasining zichligi jihatidan bir-biriga yaqin turadi. Shunday bo‘Isa ham, cho‘l zonasidagi va gidromorf sharoitdagi tuproqlar, ayniqsa kuchli zichlashgan bo‘ladi. Umuman, quyi qatlamlardagi tuproqning hajm og‘irligi ustki qatlam tuproqning hajm og‘irligiga nisbatan kattaroq bo‘ladi. Eng katta hajm og‘irligi haydalrna qavat tagidagi qatlamdir.
Tuproqning hajm og‘irligi - uning unumdorligini belgilashda, ayniqsa madaniy o‘simliklaming meyoriy rivojlanishida, ulaming hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Tuproqning zichligiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: o‘ta zich tuproq, zich tuproq, g‘ovak tuproq, sochiluvchan tuproq.
Tuproqning hajm og‘irligi ko‘rsatkichi tuproq g‘ovakligini hamda uning tarkibida qancha miqdorda tuz, gumus, oziq moddalar, suv borligini hisoblab chiqishda keng qo‘llaniladi.
Tuproq hosil bo‘lish jarayonida bo‘shliqlaming umumiy hajmiy yig‘indisiga tuproq g‘ovakligi deyiladi. Tuproqning g‘ovakligi uning solishtirma og‘irligi bilan hajm og‘irligiga bog‘liq.
Ulaming o‘zgarishi bilan g‘ovaklik ham o‘zgarib boradi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling