Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


Download 1.67 Mb.
bet4/33
Sana14.05.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1461377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
geologiya edu print (2)

Kartografik usul tuproqlar geografiyasida azaldan foydalanib kelinsa-da. tuproqning ifloslanishi va buzilishiga makonda turli sabablarning bisyorligi bu murakkab jarayonlarni kartografik tadqiq qilishni zarurligini hamda istiqbolli ekanligini taqozo etadi. Shu tufayli tuproqlami xaritalashtirishda tuproqlami muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish xaritalarini yaratish bo'yicha yangi yo'nalishlami rivojlantirish loziin.


4.Tabiiy geografiyada tuproq va tuproqlar geografiyasining o‘rni
Tabiiy geografiya Yeming turli tabiiy hodisalar va organik hayotga makon bo‘lgan tashqi qobig'i - geografik qobiqni o‘rgana- di. Bu qobiq bir-biriga tutash bo‘lgan, o‘zaro ta’sir va aloqadorlikda rivojlanuvchi: litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferadan tashkil topgan.
Geografik qobiqni tashkil etuvchi va uni rivojlantiruvchi komponentlarning o‘zaro ta’sir va aloqadorliklari ular o‘rtasida muttasil tarzda ro‘y beradigan modda va energiya almashinuvi natijasi bo‘lib, bu almashinuv moddalaming aylanishi va energiya oqimi shaklida bo‘ladi. Ushbu harakat geografik qobiqning tarkibiy qismlarini bog‘lab turadi va bir butunligi - yaxlitligini ta’minlaydi.
Demak, geografik qobiq tarkibidagi biosferaning turg‘unligini saqlanishi va uning mavjudligi tuproq qoplami bilan chambarchas bog‘liq. Agar tuproq bo‘lmaganda biosfera to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi. Tuproq bor - biosfera mavjud.
shuningdek, inson faoliyatining murakkab o‘zaro ta’siri natijasi ekanligini isbotladi. Bundan xulosa shuki, tuproq mazkur hududning barcha tabiiy sharoitlari majmuasini bir butun-yaxlitlikga birlashtiradi. Shu ma’noda tuproqni landshaftning „ko‘zgusi” deb ataydi. V.S.Jekulin ta‘biri bilan aytganda esa: tuproq - bu landshaftning „xotirasi”, qaysiki u insonning tabiatga nisbatan barcha ijobiy va salbiy ta’sirlarini o‘zida muhrlaydi.
Vohalarda tuproqning sho‘rlanishi grunt (zamin) - grunt suvi - tuproq tizimidagi o‘zaro aloqadorlikning mustahkamligidan dalo- latdir, bu esa butun agromajmuaning transformats iyalanishiga qodir holatdir. Ko‘rinib turibdiki, tuproq tabiiy geografiya (meliorativ geografiyada ham) fanlari tizimida muhim tabiiy komponent hisob- lanib, boshqa komponentlar bilan o‘zaro aloqa va ta’sirda asosiy bo‘g‘in hisoblanadi hamda ularning barqarorligini ta’minlashda o‘z o‘rniga egadir.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling