Tuproqlarning organik qismi. Tuproqning paydo bo‘lishini
avvalo tog‘ jinslariga biologik omillaming ta’siri natijasi deyish mumkin. Shu tufayli tuproq hosil bo‘lishida biologik omilni ko‘pincha „yetakchi” sifatida qaraladi. Ular tuproqning organik moddalarini sintezlab, lining kimyoviy va mineralogik tarkibi, fizik xossalari, shuningdek, issiqlik hamda suv tartibiga ta’sir koTsatadi.
Tuproqning organik qismining asosiy manbai - tuproq gumusi4 - o‘simliklar hisoblanadi. Uning bir qismining chirishi tufayli to‘q tusli va murakkab tarkibli majmuali organik birikma - chirindi (gumus) vujudga keladi. Gumusning shakllanishi murakkab jarayon. U turli geografik zonalarda turlicha - o‘ziga xos tarzda ke- chadi. Uning zaxirasi podzol tuproqlarda 100 t/ga, qo‘ng‘ir o‘rmon tuproqlarda - 150-300, oddiy qora tuproqlarda 700 t/ga dan ortadi.
Uning asosiy qismi (yarmi) tuproqning 0-20 sm yuqori qismida
mujassamlashadi. Gumus massasining asosiy qismini (60-70 %) gu min kislota va fulvokislotalar tashkil etadi.
13.Tuproqning issiqlik tartibi deb, yerning yuza qatlamidagi havo - tuproq - tuproq hosil qiluvchi ona jins tizimidagi issiqlik almashinuvi bilan bog'liq barcha hodisalar yig'indisiga aytiladi.
Radiatsiya muvozanati (balansi)ning o‘zgarishi joyning keng- ligi va yil mavsumlariga bog‘liq. Bu tundrada - 10-20 kkal/sm2, janubiy taygada - 30-40 kkal/sm2, qora tuproq zonasida - 30-50 kkal/sm2, tropiklarda esa yiliga 75 kkal/sm2 dan ortadi.
Tuproqning issiqlik tartibi atmosferaning yer yuzasiga yaqin qismidagi issiqlik tartibiga bo‘ysinadi, ammo undan farqlanadi. Havo va tuproqning o‘rtacha yillik harorati shimoldan janubga va sharqdan g‘arbga tomon ko‘tariladi. Havo haroratining ortishi bilan tabiat min- taqalarining issiqlik bilan ta’minlanishi ham o‘zgaradi. Issiqlik tartibi bo‘yicha shimoliy yarim sharda 5 ta mintaqa ajratiladi
Geografik mintaqalarning issiqlik bilan ta’minlanganligi
Tuproqqa energiya kelishining yana bir manbai biokimyoviy modda almashinuvi jarayonidir, bunda moddalaming biokimyoviy akkumulyatsiyasi va migratsiyasi muhim rol o‘ynaydi.
Tuproqning energiya sarfi ham tabiat zonalari bo‘yicha har xil: tundra va cho‘llarda yiliga - 2-5 kkal/sm2, qora tuproqli dashtlarda- 15-30 kkal/sm2, nam tropiklarda - 70 kkal/sm2 gacha o ‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |