Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari
Moddalar migratsiyasida relyefning roli
Download 1.67 Mb.
|
geologiya edu print (2)
17.Moddalar migratsiyasida relyefning roli
Yerning yuza qismidagi oqim, qorlaming erishi va yomg4r suvlari natijasida tuproq qatlamining yuqori qismi yuviladi va oqiziladi hamda suv bilan aralashgan tuproq zarrachalari nisbatan pastqamlik joylarga yotqiziladi. Tuproq yuvilishi (eroziya)ning jadalligining muhim omillari: 1) yog‘adigan atmosfera yog‘inlari- ning miqdori va xarakteri; 2) yonbag‘ir ekspozitsiyasining qiyaligi, uzunligi, shakli, yuzasining holati (o‘simliklar bilan qoplanganligi, mikrorelyef va b.); 3) tuproqning xossalari (suvni shimish qobiliyati, tuzilmalarining eroziyaga qarshi barqarorligi va b.) hisoblanadi. Yog‘inlar yog‘ishining jadalligi yuviladigan tuproq miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ayova shtati (AQSH)da eroziyani o‘rgangan G.M.Braunning ma’lumoti bo‘yicha ikki soat mobaynida yoqqan kuchli yomg‘ir (101,6 mm) natijasida 9° qiyalikdagi changli qumoqli tuproqda yuvilish 179,20 t/ga ga yetgan7. Eroziya nafaqat tuproq qoplamini buzadi, balki yonbag‘ir- lardan keltirilgan yuvilgan kimyoviy moddalar tufayli yer usti suvlarini ham ifloslantiradi, kichik daryolarning degradatsiyasiga sabab bo‘ladi, umuman atrof-muhitning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Relyef elementlari bo'yicha namning qayta taqsimlanishi bilan nurash va tuproq hosil qiluvchi suvda eruvchi mahsulotlar mig- ratsiyasi o‘rtasida o‘zaro bog41 iqlik mavjud. Shunday qilib relyef, nurash va tuproq hosil qiluvchi mahsu- lotlar hamda suvning yer yuzasida qattiq va suyuq ko‘rinishda ko‘chib yurishida muhim rol o‘ynaydi. Nurash po‘stining asosiy turlari - qoldiq va akkumuliyativ jinslar taqsimlanishi bevosita geomorfologik sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Nurash po‘stining qoldiqlari suvayrig‘ichlarga xos bo‘lib, akku- mulyativ jinslar suvayrig‘ichdagi nurash po‘stining rivojlanish faza- lariga bog‘liq tarzda yonbag‘ir bo‘ylab ma’lum tartibda joylashadi. Eruvchan moddalar migratsiyasida nafaqat relyefning tashqi shakli, shu bilan birga uning genetik tabiati ham ahamiyatga ega. Bu holat gipergenez zonasida moddalaming migratsion jarayonlarini o‘r- ganishda geomorfologik tahlil rolini birinchi darajali ekanligini bil- diradi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling