Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


Download 1.67 Mb.
bet19/33
Sana14.05.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1461377
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
geologiya edu print (2)

18.Relyef va tuproqlar geografiyasi
Turli relyef elementlarida tuproqning yoshidagi tafovutlar va tuproq sharoitining differensiyalanishi bilan bog‘lanishda relyef tuproqlaming makonda taqsimlanishiga jiddiy ta’sir ko'rsatadi.
Relyefning uchta guruhi ajratiladi: makro, mezo va mikro- relyef. Makrorelyef - bu yer yuzasining yirik shakli bo‘lib, katta hududlami egallaydi va balandligi bir qancha o‘n metrdan yuzlab metrgacha boradi (tog‘ tizmalari, yassi tog‘lar, tekisliklar va h.k).
Mezorelyef - nisbatan kichik hududlami egallagan, o‘nlab va yuzlab kvadrat metrlarni qamragan shakl bo‘lib, balandligi 1-10 m va undan balandroqda tebranadi (yonbag‘ir, qir va h.k). Mikrorelyef - unchalik katta bo‘lmagan hududlami egallagan relyefning mayda elementlari bo‘lib, nisbiy balandligi 1 m dan oshmaydi.
Makrorelyef eng avvalo tog‘larda tuproqlaming joylashishida balandlik mintaqalari qonuniyatiga daxldordir. Bu yerda joyning balandligiga qarab iqlim sharoitining o‘zgarishi tuproq qoplamining differensiyalanishida, shuningdek, tog‘laming ,,to‘siq” samarasi va moddalaming gravitatsion ko‘chishi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Mezorelyef namning qayta taqsimlanishi, erigan (suyuq) mod­ dalaming migratsiyasiga sabab bo‘ladi; yonbag‘ir ekspozitsiyasi aniq ta’sir ko‘rsatishi mumkin (biroq, har doim emas). Tuproqlar
almashinuvining mezorelyef dementiari bilan mustahkam aloqa- dorligi qonuniyat.
Turli tuproqlardagi dog‘laming qonuniy almashinuvi mikro- relyef elementlarining takrorlanishi bilan bog‘liq. Shuningdek, tuproq qoplamining tuzilmaviy (struktura) qonuniyatlari joyning relyefi bilan bevosita bog‘liq.
Aksariyat hududlarda yer osti suvlari chuqurligi ham ko‘p hollarda joyning relyefiga bog'liq tarzda shakllanadi. Tekis yuza va yonbag‘irlardan yog‘in suvlari erkin oqib ketadigan hududlarda yer osti suvlari ancha chuqurda bo‘ladi, shu tufayli bunday hududlarda odatda avtomorf tuproqlar uchraydi. Yer usti suvlari vaqtincha to‘planadigan hamda yer osti suvlari 3-6 m chuqurlikda joylashgan sharoitda yarim gidromorf tuproqlar shakllanadi. Yer yuzasining yassi yoki botiq - pastqamliklarida yer usti suvlari muntazam - uzoq muddat to‘planadigan, yer osti suvlari sathi yer yuzasidan 3 m gacha bo‘lgan chuqurliklarda joylashgan maydonlarda gidromorf tuproqlar rivojlanadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling