Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari
Tuproqlaming morfologiyasi va kimyoviy tarkibi
Download 1.67 Mb.
|
geologiya edu print (2)
19.Tuproqlaming morfologiyasi va kimyoviy tarkibi
Tuproqda ona jins tarkibida bo‘Imagan bir qancha modda va birikmalar ham paydo bo‘Iadi. Shu bois tuproq o‘z ona jinsidan faqat unumdorligi bilangina emas, balki o‘zining tashqi ko‘rinishi (morfologiyasi) bilan ham farqlanadi. Demak, u tog‘ jinslaridan hamda bir-birlarida tusining boshqachaligi bilan ham farqlanadi. Tuproqlar geografiyasi jihatidan bu muhim ahamiyatga ega. Chunki tuproq morfologiyasini o‘rganish bilan tuproq hosil qiluvchi jarayonlarning yo‘nalishi va darajasi to‘g‘risida aniq tasavvurlar vujudga keladi - boyiydi. Tuproq morfologiyasiga oid usullar ham bevosita V.V.Doku- chayevning dala ilmiy tadqiqotlari bilan bog‘liq. Tuproq qoplamining o‘ziga xos morfologik belgilari quyida- gilami o‘z ichiga oladi: tuproqning genetik qatlamlari, tuproq qoplami qalinligi, tuproq tusi, mexanikaviy tarkibi, tuzilmasi, qovushmasi, yangi yaralmasi va qo‘shilmasi. Tuproqning genetik qatlami, uning bir qancha (haydalma o‘rmon qiyi, torfli, chirindili, akkumuliyativ, elyuvial yoki yuvilma, olkuvchi - oraliq yoki illyuvial - shimilma, tuproq osti) qatlamdan tashkil topganligini bildiradi. Tuproq qoplami qalinligi - barcha genetik qatlamlar yig‘indisi bo‘ lib (40-150 sm, ayrim hollarda - 300 sm), tuproqning agronomik sifatlari va tuproqlar geografiyasining ayrim qonuniyatlarini aniqlashga yordam beradi. Tuproqning tusi uning kimyoviy tarkibi (chirindi, kremniy, temir) va gumus miqdoriga bog‘liq tarzda o‘zgarishi aniqlangan. Tuproqning mexanik tarkibi uning tarkibidagi qum, loy miqdorlariga qarab aniqlanadi. Tuproq tuzilmasi tuproq tarkibidagi mayda mineral zarra- chalarning, biokimyoviy omillar ta’sirida bir-birlari bilan yopishib, donador holga (tuzilma agregatlari) o‘tishidan vujudga keladi. Ana shu donadorlik holati tuzilmani tashkil etadi. Tuproq qovushmasi tuproq qatlamlaridagi zarra va bo‘lak- chalar evaziga yuzaga keladi. Yangi yaralmasi tuproq paydo bo‘lishida qatlamiarda to'plangan shakli va kimyoviy tarkibi turlicha bo‘lgan moddalardir. Ular genetik jihatdan: kimyoviy va biologik guruhlarga bo'linadi. Tuproq qo‘shilmasi unga u hosil boMgandan so‘ng qo‘shilgan, asosan turli qoldiqli moddalar majmuasidir. Tuproq tarkibining deyarli 90 % ini mineral moddalar tashkil etgan bo‘lib, unda barcha kimyoviy elementlaming rnavjudligi aniqlangan. Biroq, litosfera bilan tuproq tarkibida ularning nisbati turlicha . Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling