Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


Download 1.67 Mb.
bet21/33
Sana14.05.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1461377
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
Bog'liq
geologiya edu print (2)

20.Tuproq tuzilmasi
Har qanday tizimlar tuzilma (struktura)si — bu uning qismla- rining o‘zaro munosabati bilan bog‘liqdir. Har xil shakl va o‘lcham- dagi tuproq element (qism, agregat)lari yig‘indisidan tuproq tuzilmasi vujudga keladi. Tuproq qancha donador bo‘lsa tuzilmali tuproq, donador bo‘lmasa tuzilmasiz tuproq deyiladi.
Tuproqning qator fizik - kimyoviy xossalarini va suv - havo, issiqlik, oziqa tartibining yaxshilanishi hamda mikrobiologik jarayonlaming rivojlanishida tuzilma muhim rol o‘ynaydi. Tuzilmali tuproqlar agregatlarining o‘lchamlariga ko‘ra makrotuzilmali va mikrotuzilmali guruhlarga bo‘linadi (palaxsa, kesakcha, changli, yong‘oqsimon, donador, ustunsimon, ustunnamo, prizmasimon, plitasimon, tangachasimon).
Dehqonchilikda haydalma qatlamda hajmi 10-1 mm li agre- gatlaming to‘planishi eng tuzilmali holat ekanligi ma’lum.
Tuproq unumdorligida yana, ayniqsa 0,25 dan 0,05 mm gacha o‘lchamli mikrotuzilmalaming roli ham sezilarli. Ular O‘rta Osiyo- ning bo‘z tuproqlarida ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlaydi.
Tuproq tuzilmasining paydo bo‘lishining nazariy asoslari olim- lar tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Tuproqlar geografiyasi jihati- dan qaralganda turli tabiat zonalarida tuproqning haydalma qatla- mida 10 dan 0,25 mm gacha bo'lgan suvga chidamli agregatlar 60- 70 %, bo‘z tuproqlarda esa bu ko‘rsatkich.5-10 % atrofida bo‘ladi.
Tuproqning to‘la agregatlarga ajralib ketishi o'simliklar ildiz tuzilmasining rivojlanishi tufaylidir. Shuningdek, tuproqda yashay- digan jonivorlarning faoliyati hamda tuproqning davriy ravishda muzlab, namlanib turishi, yeming qurishi hamda uni ishlash natijasida ham ro‘y beradi.
O‘simliklaming zich ildizlari tuproqning barcha bo‘shliqlari bo‘ylab kirib boradi va tuproqni alohida bo‘laklarga ajratadi; mexanik elementlar va mikroagregatlami mustahkamlaydi.
O‘simliklar qoldig‘idan hosil bo‘ladigan gumus tuproq tuzilmasining suvga chidamliligini oshiradi. Bu jarayon o‘simliklar ildizi ko‘p tarqalgan tuproqning yuqori qatlamlarida yaxshi boradi.
Tuproqdagi suvga chidamli agregatlarning hosil bo‘lishida yomg‘ir chuvalchanglarining roli ham alohida ahamiyatga ega. Bu tuzilmalar serg‘ovak, mustahkam bo‘lishi bilan birga, o‘simliklar uchun zarur oziq moddalami ham ko‘p saqlaydi.
Tuproqning davriy ravishda muzlashi, erishi, qurishi tufayli tuzilma agregatlari paydo bo‘!adi.
Tuproqning nam sig‘imi 60-90 % bo‘lgan sharoitda yer muzla- ganda, eng ko‘p tuzilma hosil bo‘ladi, ammo ular suvga chidam- sizdir.
Tuzilmaning hosil bo‘lishida tuproqning mexanik tarkibi, gumus miqdori va singdirilgan kationlaming ahamiyati ham katta.
Og‘ir mexanik tarkibli, gumusga boy va ikki, uch valentli kationlar bilan to‘yingan tuproqlarda davriy ravishda namlanib, qurib turgan sharoitda, yaxshi tuzilma agregatlari hosil bo‘ladi.
Tuproqda agregatlarning yuzaga kelishida yerga mexanik ishlov berish ham muhim rol o‘ynaydi. Bunda yerga ishlov berishning ijobiy va salbiy ta’sirlari bo‘lishi mumkin.
Tuzilmaning hosil bo‘lishi uchun yerga mexanik ishlov berish tuproqning maqbul namligida, ya’ni yetilgan davrida olib borilishi lozim. Har bir tuproq uchun (ayniqsa, mexanik tarkibiga ko‘ra) uning yetilish holatini belgilaydigan namlik oralig‘i bo'ladi. Soz va og‘ir qumoq, gumusga boy tuproqlarda nam yuqoriroq va oralig‘i keng bo‘lib, yengil, o‘rta qumoq va kam gumusli yerlarda past va qisqaroqdir.
Tuproqdagi agronomik jihatdan qimmatli tuzilmalarining buzi- lish sabablari xilma-xil bo‘lib, ularni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling