Geologiya va tuproqlar geografiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari


Tuproqning fizik-mexanik xossalari


Download 1.67 Mb.
bet24/33
Sana14.05.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1461377
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
geologiya edu print (2)

Tuproqning fizik-mexanik xossalari. Tuproqqa sifatli ishlov
berish hamda o‘simlik ildizlarining tuproqning turli qatlamlariga kirib borishi uning plastikligi, yopishqoqligi, ko‘pchishi, cho‘kishi,
ilashimligi, qattiqligi, solishtirma qarshiligi va fizikaviy yetilishi kabi fizik-mexanik xossalariga bog‘liq bo‘ladi.
Fizik-mexanik xossalar, birinchidan tuproqning xususiyatlarini o‘zida aks ettirsa, ikkinchidan tuproqqa ishlov berish nuqtayi nazaridan uni baholashda muhim rol o‘ynaydi. Bu xossalami o‘rganish tuproqqa ishlov berishda qo‘llaniladigan xilma-xil ishlov qurollarini joriy qilishda katta ahamiyatga ega. Haydov mashinalari, ayniqsa ularning ishchi qismlari, tortish kuchi, ishlov berish uchun sarf bo‘ladigan yoqilg‘i miqdori yoki tuproq tuzilmasini saqlash uchun kerakli namlik chegarasi, unga ishlov berish va boshqa shunga o‘xshash muhim texnologik jarayonlar tuproqning fizik- mexanik xossalariga bog‘liqdir.
22.Tuproqlarni tasniflash
Yer yuzasi tuproq qoplami, o‘zining murakkab tuzilishi va xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Tuproqlarni o‘rganishda va ulardan oqilona foydalanishda, ulami to‘g‘ri aniqlash, ya’ni tasnif- lash muhim ahamiyatga ega.
Tuproqlarni o‘xshash belgilari, kelib chiqishi va unumdorligi kabi xususiyatlariga ko‘ra muayyan guruhlarga birlashtirishga
tuproq tasnifi deyiladi.
Tuproqlarni tasniflashda ekologik - genetik, morfogenetik, evolyutsion - genetik, tarixiy - genetik hamda g'arbiy Yevropacha yondoshuvlar mavjud8.
Tuproqlarni ilmiy jihatdan tasniflash ulaming genetik xossalariga asoslangan bo‘lib, bu tasnif quyidagilami: tuproq paydo bo‘lishining barcha shart-sharoitlari va jarayonlarini, tuproqlarning hududlar bo‘yicha tarqalishini va tuproqlarning ishlab chiqarish vositasi jihatidan ahamiyatli bo‘lgan (biologik, fizik va kimyoviy) xossalarining umumiy tavsifini aks ettirishi lozim. Tuproqlarni tasniflash muammolari tuproqlar geografiyasidagi dolzarb va munozarali masalalardan biri hisoblanadi. Fanning rivojlanishi va yangi ilmiy dalillaming to‘planishi natijasida ilgari tuzilgan, bunday qaraganda ilmiy asoslangan tasniflarga ayrim qo‘shimchalar kiritish yoki ularni qayta toMdirish zarur bo‘ladi. Bu muammolar qishloq va o‘rmon xo‘jaligi talablari asosida ham yuzaga keladi. Ilmiy tasnif fanning hozirgi holatini aks ettiradi. Ilm-fanning rivojlanishi bilan tuproqlar tasnifi ham murakkablashib borishi tabiiy hoi.
Respublikamizda qishloq xojaligining yanada rivojlanishi, vatanimizning yer fondlarini atroflicha o‘rganish, har bir xo‘jalik uchun mukammal tuproq xaritalari hamda yagona umumdavlat yer kadastrini tuzish vazifalarini qo‘yadi. Bu yangi vazifalar tuproqni tasniflash masalalarini qayta ko‘rib chiqish va yangi tasnif ishlab chiqish masalasini qo‘ydi. Tuproqshunos olimlarimizning ko‘p yillik izlanishlari, tajribalari natijasida 1967 yilda tuproqlarning yangi tasnifiga taalluqli „Tuproqlarni tasnifi va diagnostikasi”ga doir qoTlanma nashr etildi, keyinchalik esa 1977 yilda nashr etilgan ,,MDH tuproqlarining tasnifi va diagnostikasi” qo‘llanmasida tasniflashning yangi tizimi berildi. Unda MDH dagi 80 ga yaqin tuproq tiplarining taksonomik (tuproq taksonomiyasi - turli tuproqlarning guruhlarga bo‘finish birliklari tizimi) birliklari asosida
bo‘linishi va tashxisi diagnostikasi berilgan. Qo‘llanmada tuproqlar genetik tiplarining ro'yxati, tuproq tiplarining ancha kichik taksonomik birliklari, tuproq tipchalarining fatsial (iqlim sharoitiga ko'ra) bo‘linishi va tuproqlar tashxis belgilarining qisqacha tavsifi yoritilgan. Tuproq tasnifini o‘rganishning qulay bo‘lishi uchun qo‘l- lanmada har bir tuproq tipining qaysi genetik qator va ekologik - genetik sinfga kirishi ko‘rsatilgan. Bu yangi tasnifda ham tup- roqning genetik tiplari asos qilib olingan.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling