Geometrik optika qonunlari


Download 1.19 Mb.
bet3/7
Sana15.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1483815
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-amaliy mahgulot

O1ob’ektiv,
O2okulyar,
A′2B′2buyumning kattalashgan mavhum tasviri.

Masala yechishga doir masalalar
1-masala
O‘zaro 45˚ burchak tashkil qilib joylashgan ikki yassi ko‘zgu o‘rtasiga nuqtaviy yorug‘lik manbai joylashgan. Bu manbaning ko‘zgular yordamida nechta tasviri hosilbo‘ladi?

Berilgan:φ=45˚
Topishkerak:N=?
Yechish:Agar yorug‘lik chiqadigan A0 nuqtani 1 va 2 ko‘zgular orasiga joylashtirilsa, undan chiqqan nurlar ko‘zguga tushadi va harsafar o‘z yo‘llarida mavhum tasvirlar hosil qilib, ulardan tarqalgan dasta bilan ko‘p qirrali qaytadi.
Biz ko‘rgan sodda holda ham nurlarning hamma yo‘llarini chizish va tasvirlarni yasash amalda mumkin emas, chunki juda katta chizma hosil bo‘ladi. Shuning uchun birinchi ko‘zgu hosil qilgan mavhum tasvirni ikkinchi ko‘zgu uchun buyum sifatida qarashdan foydalanib, tasvirni sxematik yasash bilan chegaralanishi mumkin.

A0 nuqtada 1 ko‘zguga tushayotgan nurlar dastasini ko‘raylik. Agar A0 buyumning birinchi ko‘zgudagi tasviri A1 dan chiqqan nurlar bo‘lsa, bu nurlar qaytgandan keyin 2 ko‘zguga tushadi. qaytgan nurlar dastasidan tashqarida ikkinchi ko‘zguga A0 dan chiqqan nurlar dastasi ham tushadi (bu nurlar rasmda ko‘rsatilmagan). Bu ikkala dasta o‘z yo‘llari davomida kesishib, 2 ko‘zgudan A0va A1 nuqtalarning tasviri bo‘lgan A2 va A3 nuqtalar hosil bo‘ladi.
A4va A5 nuqtalarni ikkinchi ko‘zgu uchun buyum sifatida qarash mumkin. Ularning tasvirlari xizmatini 2 ko‘zguning orqa tomonidagi simmetrik A6 va A7 nuqtalar o‘taydi.
Ko‘zgular bir-biri bilan 45˚ burchak tashkil qilib joylashganlarida hosil bo‘lgan tasvir eng oxirgi ekanligini payqash qiyin emas. O‘z yo‘llari davmida A6 va A7 nuqtalarni hosil qilgan ikkinchi ko‘zgudan qaytgan nurlar qaytarilganda dastavval hosil bo‘lgan tasvirlarga mos tasvirlar hosil qiladigan bo‘lib tushadi.
Bir-biri bilan 45˚ burchak tashkil qilib qo‘yilgan ko‘zgularda hammasi bo‘lib yettita tasvir hosil bo‘ladi.
A0 nuqta va uning hamma tasvirlari markazi ko‘zgular kesishgan O nuqtada bo‘lgan OA0 radiusli aylana bo‘ylab joylashgan bo‘ladi. Quyidagi tenglikni isbotlab, buning haqiqiy ekanligini oson ishonsa bo‘ladi:
OA0 = OA1= … = OAn
O‘tkazilgan yasashlarga asoslanib, ko‘zgular bir-biri bilan α burchak (α-bunda 360˚ ning butun sonli bo‘luvchisi) tashkil qilib qo‘yilganda umumiy holda olingan natijalarni umumlashtirib ko‘zgular orasiga joylashgan buyum tasvirlarining soni uchun quyidagi formulani yozish mumkin:

α=45˚ uchun bu formuladan:

.
α=180˚ da ko‘zgular yoyilganda va amalda bo‘lib qolganda, N=1 bo‘ladi. Agar α=0˚ bo‘lsa (ko‘zgular parallel joylashgan), tasvirlar cheksiz ko‘p hosil bo‘ladi.
Javob: N=7 ta tasvir hosil bo‘ladi.


Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling