Geometrik optika qonunlari


Mustaqil yechish uchun masalalar


Download 1.19 Mb.
bet6/7
Sana15.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1483815
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-amaliy mahgulot

Mustaqil yechish uchun masalalar
1. Yorug‘likning qaytish va sinish qonuni

  1. Quyosh nurlari gorizontga 600 burchak ostida tushmoqda. Bo‘yi 1,6 m bo‘lgan tik turgan odamning boshi soyada bo‘lishi uchun balandligi 7 m bo‘lgan binodan ko‘pi bilan qanday uzoqlikda bo‘lishi kerak?

    1-rasm

  2. N uqtaviy yorug‘lik manbai doiraviy noshaffof plastinka markazidan a=1 m balandlikda joylashgan (1-rasm). Plastinkaning ekrandagi soyasining diametri d=3 m bo‘lib, plastinkadan ekrangacha bo‘lgan masofa b=0,5 m ga teng. Plastinka radiusi aniqlansin.

  3. Quyosh yoritib turgan daraxt soyasining uzunligi 6 m, balandligi 1,5 m bo‘lgan simyog‘och soyasining uzunligi 3 m bo‘lsa, daraxtning balandligini toping.

  4. Agar Quyosh va Yerning radiuslari mos ravishda va hamda Quyoshdan Yergacha bo‘lgan masofa . Yer shari soyasidan hosil bo‘ladigan konus o‘qining uzunligini toping.

  5. O‘zaro 300 burchak ostida joylashgan ikkita yassi ko‘zguda buyumning nechta tasviri hosil bo‘ladi (ko‘rinadi)?

  6. Gorizontga 400 burchak ostida tushib, ko‘zgudan qaytgan quyosh nurlari vertikal tik yuqoriga yo‘nalishi uchun ko‘zguni gorizontga qanday burchak ostida joylashtirish kerak?

  7. O‘zaro 600 burchak ostida joylashgan ikki yassi ko‘zgulardan bir xil masofada va ko‘zgular kesishish chizig‘idan 6 cm masofada o‘rnatilgan buyumning ko‘zgulardagi birinchi tasvirlari orasidagi masofani aniqlang.

  8. OA ko‘zgu ω burchak tezlikda aylanmoqda (2-rasm). S buyumning tasviri qanday tezlikda harakatlanadi? O va S nuqtalar orasidagi masofa l.


2-rasm

  1. Nur suv sirtiga 600 burchak ostida tushganda dastlabki yo‘nalishidan qanday burchakka og‘adi?

  2. Havodan suvga o‘tishda nur  burchakka buriladi. Agar suv sirti moy bilan qoplansa, bu burchak qanday o‘zgaradi?

  3. Shisha va olmosning absolyut sindirish ko‘rsatkichlari mos ravishda n1=1,57 va n2=2,42. Shishaning olmosga nisbatan va olmosning shishaga nisbatan sindirish ko‘rsatkichlari n1,2 va n2,1 ni toping.

  4. Nur shisha sirtiga qanday burchak ostida tushganda sinish burchagi tushish burchagidan ikki marta kichik bo‘ladi? Shishaning sindirish ko‘rsatkichi n=1,6.

  5. Suv ostida turgan g‘avvosga quyosh nurlari suv sirtiga 300 burchak ost ida tushayotgandek tuyuladi. Quyoshning gorizontdan burchak balandligi qanday?

  6. Agar vertikal yo‘nalish bo‘yicha chamalab aniqlangan basseynning chuqurligi 2 m ga teng bo‘lib ko‘rinsa, uning haqiqiy chuqurligini aniqlang.

  7. Kuzatuvchi va buyum orasiga 24 mm qalinlikdagi shisha plastina o‘rnatildi. Buyumning ko‘rinma vaziyati qanchaga siljiydi? Shishaning sindirish ko‘rsatkichi 1,5.

  8. Shishadan yasalgan radiusi R=4 cm bo‘lgan yarim sharning asosiga perpendikulyar ravishda radiusi a=2 cm bo‘lgan parallel nurlar dastasi tushmoqda (3-rasm). Nurlar shardan o‘tgandan so‘ng qanday masofaga yig‘iladi? Shishaning sindirish ko‘rsatkichi n=1,6.


3-rasm

  1. Radiusi r=2 cm bo‘lgan yarim sharning asosiga perpendikulyar ravishda radiusi sharning radiusiga teng bo‘lgan parallel nurlar dastasi tushmoqda (4-rasm). Shar sirtidan L=4.82 cm masofada joylashgan ekrandagi yorug‘ dog‘ning radiusini toping. Shar materialining sindirish ko‘rsatkichi n=1,41. Ekran yarim shar asosiga parallel.


4-rasm

  1. Radiusi 10 cm bo‘lgan sharning optik o‘qiga parallel va optik o‘qidan 5 cm masofada yorug‘lik nuri tushmoqda. Yorug‘lik nurining sharga tushish va chiqish nuqtalari orasidagi masofa topilsin. Shar materialining sindirish ko‘rsatkichi n=1,41.

  2. Shaffof materialdan yasalgan radiusi 10 cm bo‘lgan sharning ichki sirtida nuqtaviy yorug‘lik manbai joylashgan. Ekranda hosil bo‘lgan yorug‘ dog‘ning radiusi 2 cm ga teng bo‘lishi uchun ekranni shar sirtidan qanday masofada joylashtirish kerak? Shar materialining sindirish ko‘rsatkichi n=2.


Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling