Georeshetka bilan asfaltbeton qoplamalarini armaturalash


Download 455.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana31.12.2022
Hajmi455.84 Kb.
#1073789
1   2   3   4
Bog'liq
georeshetka-bilan-asfaltbeton-qoplamalarini-armaturalash

NATIJALAR VA MUHOKAMA 
Avtomobil yo‘llari qoplamalari keyingi yillarda jadal deformatsiyalanishi va 
buzilishining sabablardan biri – ularning ishlash sharoitlari o‘zgarishidir. Transport 
oqimi miqdor va sifat jihatdan o‘zgardi, harakat jadalligi, yuk transport vositalarining 
o‘qiga tushadigan yuklama, hisobiy xarakat tezligi, yengil va yuk avtomobillarining 
dinamik imkoniyatlari oshdi. Kam yuk ko‘taradigan, ko‘p o‘qli yuk avtomobillari, 
qulay turistik avtobuslar ko‘paydi. Transport oqimi tartibida yuqori dinamik 
xususiyatlariga ega bo‘lgan xorij avtomobillari ortib borayapti. Bu avtomobillarda 
o‘qqa tushadigan yuklama meyoridan katta bo‘lib 13 tonnagacha yetadi. 
Qoplamalarga transport vositalaridan va tabiiy iqlimiy omillardan tushadigan 
zo‘riqishlar ruxsat etilgan meyorlardan ortib ketganda qoplama deformatsiyalanadi. 
Yilning turli fasllarida havo haroratining o‘zgarishlari, qoplamalarda muzlash – erish 
jarayonlarining kechishi natijasida asfaltbeton qoplamalarda kuchlanishlar hosil 
bo‘ladi. 
Asfaltbeton qoplama elastik – plastik material bo‘lgani, qizish - sovish 
jarayonlarda xususiyatlari o‘zgarishi, mo‘rt holatdan plastik xolatga o‘tishi 
sabablaridan 
plastik 
deformatsiyalar 
yuzaga 
keladi. 
Bunda 
qoplamaning 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
261 
w
www.oriens.uz
June 
2021
 
 
deformatsiyaga bardoshliligi turli yuklamalarning tasir etish davomiyligiga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Yilning issiq vaqtlarida qoplama harorati ancha ko‘tarilib asfaltbeton yumshab 
qoladi va transport vositalari tasir etaverganidan qoldiq deformatsiyalar to‘planib 
qoladi. Haroratning keskin o‘zgarishi va transport vositalaridan tushadigan 
yuklamalar ta’sirida qoplama qatlamlarida hosil bo‘ladigan cho‘zuvchi kuchlanishlar 
yoriq hosil bo‘lishiga olib keladi [1]. 
Avtomobil yo‘llaridan foydalanish tajribasidan malumki asfaltbeton 
qoplamalarining ko‘p uchradigan buzilishi yoriqlar, o‘yiqlar, uvalanish va g‘ildirak 
izlari (koleya) ko‘rinishida bo‘ladi. Davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil 
yo‘llarining o‘ngdagi chekka tasmalarida yuk avtomobillarining izlari hosil bo‘lishi 
ko‘p uchraydi. Shahar yo‘llari va ko‘chalarida chorrahalarda, temiryo‘ldan o‘tish 
joylarida, svetoforlar oldida avtomobillar keskin tormozlanishi va yurishni boshlashi 
natijasida yopishgan qoplamaning yuza qatlamlari suriladi, to‘lqinlar hosil bo‘ladi. 
Avtomobillarning g‘ildiragidan gorizontal va vertikal kuchlar hosil bo‘ladi. Bu 
kuchlar avtomobillarning tormozlashdan oldingi tezligiga, tormozlash jadalligiga, 
yo‘lning bo‘ylama nishabligiga bog‘liq bo‘ladi. Qoplamalarning holati avtomobillar 
ish unumdorligiga jiddiy ta’sir etib, qoplamadagi turli buzilishlar yonilg‘i sarfini 
ko‘paytiradi. Yuqori darajada titrashlar hosil bo‘lishi yo‘l qoplamasining ham, 
avtomobillarning ham yeyilishini tezlashtiradi. Hisoblardan ko‘rinishicha, buzilgan 
qoplama yuzasi 1 % ga oshsa, unda harakatlanadigan avtomobillarning yonilg‘i sarfi 
ham 1 % ga ortadi [2]. 
Shahar avtomobil yo‘llarining deformatsiyalanishi va buzilishiga transport 
oqimida katta sig‘imli passajir transport vositalarining ko‘pligi o‘z hissasini qo‘shadi. 
Ularning o‘qidagi yuklama meyordan ancha ko‘p bo‘ladi, katta tezlanish hosil qiladi, 
tormozlanishda katta manfiy kuchlar hosil qiladi.
Avtomobil yo‘llarining ekspluatatsiya qilishning muayyan sharoitlarida 
deformatsiyalar va yemirilishlarning yuzaga kelishi konstruktiv qatlamlarning 
materiallari toliqishi, yo‘l to‘shamasining mustahkamligi va qatlamning qatlamlari 
turg‘unligidan tashqari, yo‘l to‘shamasi va pastki qatlamlarning shunday 
xususiyatlariga ham bog‘liq. 
Asfaltbeton qoplamalarining deformatsiyalanishi va yemirilishida, avtomobil 
yo‘llarini loyihalash meyorlarining kamchiliklari ham muhim omil bo‘ladi. Shulardan 
biri-turli tasmalar uchun, bir o‘qqa ruxsat etilgan yuklar miqdorlari bir xilligidir. 
Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilishning dunyo tajribalarini tahlil qilishdan 
malum bo‘ladiki, qoplamalarning deformatsiyalanishi va buzilishiga va bu 



Download 455.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling