Gepatit turlari va davosi


Download 416.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana16.06.2023
Hajmi416.94 Kb.
#1508285
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
GEPATIT



Gepatit turlari va davosi 
— Bugungi kunda gepatitni barcha turini davolash imkoni bormi? 
— Gepatitning A turini to‘liq davolash mumkin. Uni davolamasa ham tabiiy yo‘l bilan tuzalib ketadi. Surunkaliga 
o‘tmaydi, serrozga ham aylanmaydi. Ye turining tarqalishi suv bilan bog‘liq. Hozirgi vaqtda bunday epidemiyalar 
uchramayapti. Lekin uni ham davolasa bo‘ladi. Faqat gepatit Ye homilador ayollarda o‘ta og‘ir kechadi. Katta foizda 
o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Gepatit C ning to‘liq davosi bor, desak, bo‘ladi. B bilan D turlarini davolash 
muammo. V virusini kamaytiradigan maxsus dorilari bor, lekin yo‘qotishga qurbi yetmaydi. Shu bois ayni paytda dunyo 
miqyosida katta izlanishlar olib borilyapti. Ajab emas, ijobiy natijalarga erishilsa. 
Shunga o‘xshash D virusi ham muammo, chunki u B virusga bog‘liq bo‘lgan chala virus. O‘zi kasallik chaqirmaydi. B 
virusining oqsilidan foydalanib, chala delta virus o‘ziga qobiq yasaydi. Keyin to‘liq virus holatiga o‘tib, jigarni 
shikastlaydi. Shuning uchun D virusni davolash V virusni davolash bilan bog‘liq. 
 
 
 
GEPATIT A — BELGILARI, TASHXIS, DAVOLASH, XUSUSIYATLARI, QO’ZG’ATUVCHISI, PERHEZ 
TUTISH 
Gepatit A (Botkin kasalligi) — RNK-virus bo’lib, Picornavirus oilasiga, Enterovirus sinfiga mansub, o’tkir virusli jigar 
shikastlanishiga olib keladi. Uning o’lchami 27-30 nm. Virusning qobig’i yo’q. Bundan tashqari, virusning yana to’rtta 
inson virusi genotipi va uch xil maymun virusi genotipi aniqlangan. 
Genotiplardan qat’i nazar, barcha A turdagi viruslar o’xshash antigen, immunogen va himoya xususiyatlariga 
ega ekanligi aniqlandi. Ya’ni virusning bir serotipi bir xil standart reagentlar bilan aniqlanadi va bir xil vaktsina bilan 
oldi olinadi. 

Download 416.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling