Gepatit turlari va davosi


Download 416.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana16.06.2023
Hajmi416.94 Kb.
#1508285
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
GEPATIT

KUNDALIK HAYOTDA 
Virus jinsiy aloqa yo’li bilan yuqishi mumkin, lekin bu kamdan-kam hollarda kuzatiladi. Og’izda jarohatlar yoki yaralar 
bo’lganda o’pish orqali yuqishi mumkin, lekin bu ilmiy isbotlanmagan. So’lakda virus uchramaydi, albatta agar so’lakda 
qon bo’lmasa. Shaxsiy gigiena vositalari, masalan tish cho’tkasi va ustaralar umumiy ishlatilganda virus yuqishi 
mumkin. 
Virus bilan yangi tug’ilgan chaqaloq onasi orqali zararlanishi mumkin. Istisnolar, ona qonida virus uchramasa. Ona suti 
orqali gepatit C uzatilishi qayd qilinmagan. 
Tatuirovka urish orqali ham virus uzatilishi qayd qilingan, zero ko’pchilik salonlarda sterilizatsiyaga amal qilinmaydi. 
Gepatit C oziq-ovqat, suv orqali yuqmaydi. 
QANDAY QILIB ZARARLANISHNI OLDINI OLISH MUMKIN? 
Kasallikka qarshi hech qanday vaktsina kashf etilmagan. Zararlanishni oldini olish uchun: 

Jinsiy aloqa vaqtida himoyalanish

Boshqa insonning shaxsiy gigiena asboblaridan foydalanmaslik; 

Go’zallik salonlari va tatu salonlarda e’tiborli bo’lish, ularning asboblarida har xil viruslar, jumladan OIV yoki 
gepatit C virusi uchrashi mumkin; 
GEPATIT C NI TASHXISLASH 
Gepatit C bemorni so’roq qilish, puxta jismoniy ko’rik va laborotoriya tahlillari yordamida aniqlanadi. Shifokor kasallik 
belgilari qancha vaqt davom etayotganini aniqlashtiradi. Shuningdek xavf omillari tarixi haqida so’rashi mumkin, 
ularga: 

Qon quyish; 

Sayohat; 

Gemodializ; 

Pirsing va tatuirovkalar; 

Gepatit C bilan kasallangan inson bilan aloqa kiradi. 
LABORATORIYA VA QON TAHLILI 


Laboratoriya 
qon tahlili
kasal qonidagi turli moddalarni, fermentlar sonini aniqlash, jigar funktsiyasini baholash va 
gepatit C ga qarshi antitanalarni topish uchun amalga oshiriladi. Agar tahlillar virus borligini aniqlasa, bemor qonidagi 
virusning genetik materiali miqdori aniqlanadi. So’ngi tahlil natijasi davolash tartibini belgilashda muhim hisoblanadi 
va jarayonni nazorat qilishga yordam beradi. 

Download 416.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling