Gepatit turlari va davosi


GEPATIT B GA QARSHI EMLASH


Download 416.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana16.06.2023
Hajmi416.94 Kb.
#1508285
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
GEPATIT

GEPATIT B GA QARSHI EMLASH 
Gepatit B bilan kasallanishni oldini olish uchun odamlarga o’z vaqtida vaktsina olish tavsiya etiladi. Maxsus ishlab 
chiqilgan emlash ma’lum bir harorat sharoitida saqlanishi kerak. B guruhi gepatitiga qarshi emlash faqat mushak ichiga 
kiritiladi. Emlash paytida inyektsiya teri ostiga yuborilgan bo’lsa, u hisobga olinmaydi va bemorga qayta inyektsiya 
qilish kerak. 
Vaktsinani barcha odamlar olmaydi, chunki ba’zi bir qarshi ko’rsatmalar mavjud. Vaktsinani qo’llash kerak emas: 
Oziq-ovqatga allergiyasi bo’lgan odamlar (pivo, kvas va tarkibida xamirturush bo’lgan boshqa oziq-ovqat 
mahsulotlariga); 
Homilador ayollar; 
Emizikli onalar; 
Muddatidan oldin tug’ilgan chaqaloqlar. 
Bugungi kunga kelib, gepatit B ga qarshi emlash uchun ikkita sxema mavjud: 
Standart (0 — 1 oy — 6 oy). Birinchi inyektsiya tanlangan kunda bemorga qilinadi. Bir oydan keyin ikkinchi bor emlash 
amalga oshiriladi. Uchinchi bor inyektsiya birinchi vaksinaning kiritilishidan 6 oy o’tgach amalga oshiriladi. 
Alternativ (0 — 1 oy — 2 oy). Birinchi emlash tanlangan kun, ikkinchi marotaba 1 oy o’tgach, uchinchisi esa ikki oydan 
keyin amalga oshiriladi. Ushbu sxema bo’yicha emlashni amalga oshirilganda revaktsinatsiya dastlabki emlash paytidan 
boshlab 1 yil o’tgach amalga oshiriladi. Revaktsinatsiya bemorlarning muayyan toifasiga — buyraklar yoki immunitet 
tizimi bilan bog’liq muammolar bo’lgan kishilarga buyuriladi. 
Gepatitga qarshi emlashdan so’ng nojo’ya ta’sirlar yuzaga kelishi mumkin. Ko’pgina hollarda mahalliy ahamiyatga ega 
bo’lgan organizmning reaktsiyalari kuzatiladi: 
Vaksinani qo’llash sohasidagi terining qizarishi; 
Vaksinatsiya joyida kichik o’lchamdagi zichlanish; 
Harakat paytida yengil noqulaylik; 
Yengil harorat ko’tarilishi; 
Donachalar yoki toshma toshishi (qisqa vaqtdan keyin mustaqil ravishda o’tib ketadi); 
Shamollash belgilari
Mushaklarda yoki bo’g’inlarda og’riq sindromini rivojlanishi. 
Vaktsinani kiritishdan oldin, sog’liqni saqlash xodimi vaktsina yaroqlik muddatini tekshirib ko’rishi va bemorning 
yoshiga to’g’ri keladigan dozani yuborishi kerak. Barcha zamonaviy «Gepatit B» vaktsinalari o’zaro almashtirilsa 
bo’ladi. Buning natijasida, birinchi inyeksiyadan so’ng keyingi ikki emlash uchun boshqa kompaniya vaktsinalaridan 
foydalanish mumkin. 
Emlash shuningdek profilaktik maqsadlarda bemorni infektsiyalanganligi ehtimoli mavjud bo’lgan hollarda ham amalga 
oshirilishi mumkin. Gepatit B bilan kasallangan bemorning biologik materiallari bilan har qanday aloqa qilgandan so’ng, 


vaktsina bilan birga immunoglobulin (bu preparat virusga chidamli tayyor antitanalardan iborat) yuborilishi kerak. 
Bemorlarning ushbu toifasi alternativ sxema bo’yicha emlanadi: 0 — 1 oy — 2 oy — 1 yil. 
GEPATIT B NI TASHXISLASH 
Agar biror kishi gepatit B rivojlanishini ko’rsatadigan alomatlarni aniqlasa yoki ushbu kasallik bilan kasallangan bo’lishi 
mumkinligiga asos bo’lsa, u darhol tibbiy muassasaga tashrif buyurishi kerak. Qabul vaqtida mutaxassis jigarni 
palpatsiya yordamida tekshirish va kasallik anamnezini yig’ish bilan birlamchi tashxis qo’yadi. Birlamchi tashxisni 
tasdiqlash yoki rad etishga qon va siydikning laborator tahlillari yordam beradi. 
Barcha shunga o’xshash holatlarda bemorga quyidagilarga yo’llanma beriladi: 
Klinik va biokimyoviy qon tekshiruvlari (jigar bilan bog’liq muammolarni yuqori bilirubin, AST yoki ALT miqdori 
ko’rsatishi mumkin); 
Umumiy siydik tahlili; 
Gepatit B virusining antigenini aniqlaydigan qon tekshiruvi
IgG va IgM antitanalari uchun qon tahlili. 
Ko’pincha, gepatit B kasalligi ehtimoli mavjud bo’lgan bemorlar immunogramma deb ataladigan klinik-laborator 
tekshiruvdan o’tkaziladi, buning natijasida nafaqat organizmning bu kasallikka qanday munosabatda bo’lishini 
o’rganish, balki yaqin kelajakda kasallik o’zinin qanday tutishini ham aniqlash ham mumkin. Ushbu yuqumli virusli 
kasallikning genetik materiallarini aniqlash va replikatsiya tezligini o’rganish uchun shifokor qo’shimcha analiz — PZR 
ni belgilashi mumkin. Kasallik og’ri kechayotgan bo’lsa, shifokor gepatit B fonida rivojlanayotgan asoratlardan shubha 
qilsa, bemorlarda jigar biopsiyasi qilinadi. Ushbu tahlil yordamida jigar tuzilishi qanchalik o’zgarganligi va uning 
hujayralari saratoni mavjudligi aniqlanadi. 
GEPATIT B NI DAVOLASH 
O’tkir gepatit B yengil shaklda bo’lsa, bemor uy sharoitida davolanishi mumkin. Birinchidan, tanani detoksikatsiyasini 
(zaharlardan holi qilish) amalga oshirish kerak, buning uchun ko’p miqdorda toza suvdan foydalaniladi. 
Davolovchi shifokor bemorga dorilarni buyuradi, bu infektsiyani yo’q qilishga va jigar faoliyatini tiklashga yordam 
beradi. Davolanish vaqtida bemorlar yotoqda tartibida bo’lishlari va har qanday jismoniy zo’riqishlarni istisno qilishlari 
kerak. Majburiy ravishda bemorlar parhezga amal qilishlari kerak, bu orqali jigarni tiklash jarayoni tezroq kechadi. 
Ko’pgina bemorlarda o’tkir gepatit B mustaqil ravishda o’tib ketadi, shuning uchun ularga maxsus dori-darmonli 
davolash kursi buyurilmaydi. Shifokorlar bemorni virusli infektsiyani bartaraf etishga yordam yordam beradigan 
qo’llab-quvvatlovchi davolashni tavsiya etishlari mumkin. Kasallik rivojlanishida kasalning organizmida qattiq 
intoksikatsiya kuzatilgan bo’lsa, davolovchi shifokor tomchilatib yuborish usuli bilan tomir ichiga kiritiladigan maxsus 
eritmalar tayinlaydi. Gemodezli tomchilar orqali toksinlar qondan tezroq chiqarib tashlanadi va bemoningr umumiy 
sog’ligi yaxshilanadi. 
Gepatit B ni surunkali bosqichga o’tishi bilan bemorlarga kompleks davolash buyuriladi: 
Antivirus ta’sirga ega preparatlar (adefovir, lamevudin va boshqalar); 
Jigar sklerozining rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin bo’lgan preparatlar (interferonlar); 
Immunomodulyatorlar, bunda bemorning tanasida immunitet reaktsiyalari normallashadi; 
Gepatoprotektorlar, ularning vazifasi hujayra darajasida jigarning gepatit B virusiga qarshiligini ko’paytirishdan iborat; 
Maxsus vitamin va mineral komplekslar. 
Ushbu toifadagi bemorlarga kuniga ko’p miqdorda suyuqlik ichish tavsiya etiladi, bu orqali detoksikatsiyaga erishiladi. 
Surunkali B guruh gepatit rivojlanishning bir necha bosqichlariga mavjud va ular davriy kechadi: 
Replikatsiya — bu bosqichda virus bemorning tanasida faol ko’payib boradi; 
Remissiya — bu bosqichda virus o’z DNK sini gepatotsit (jigar hujayrasi) genomiga kiritishni boshlaydi. 
Dori-darmonlar bilan davolashdan ijobiy natija olish uchun shifokor asosiy tibbiy tadbirlarni aynan replikatsiya 
bosqichida amalga oshirishi juda muhim. Kasallikning fazasini to’g’ri aniqlash uchun bemorni laboratoriya 
tekshiruvlaridan o’tkazish kerak. Qonning serologik tahlillari tufayli mutaxassis surunkali gepatitning rivojlanish 
bosqichini aniqlik bilan topadi. 


Ba’zi hollarda, gepatit B dan muvaffaqiyatli davolangan bemorlarda virusning antigeni ko’p yillar davomida qonda 
saqlanib qoladi. Bunday toifadagi odamlar ushbu infektsiyaning tashuvchisi bo’lib, ular muntazam ravishda tibbiy 
ko’rikdan o’tib turishlari kerak. 
Gepatit B kasalligi tashxisi qo’yilgan bemorlar uchun kasallikning quyidagi rivojlanishi variantlari mavjud: 
Kishi kompleks terapiyadan o’tib, virusli infeksiyadan butunlay xalos bo’ladi, bu kasallikka qarshi mustahkam 
immunitetni qo’lga kiritadi; 
Bemorda o’tkir gepatit B shakli surunkali bosqichga o’tadi, bu organizm uchun jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi 
mumkin; 
Davolanishdan so’ng bemor, o’nlab yillar davomida unga bezovtalik tug’dirmaydigan gepatit B antigenining (HBsAg) 
tashuvchisi bo’ladi. 20 yilgacha bu virus bemorning qonida klinik ko’rinishlarsiz mavjud bo’lishi mumkin; 
Tibbiy muassasaga o’z vaqtida murojaat qilmagan bemorlarda jigar sirozi yoki jigar saratoni rivojlanadi, bu shoshilinch 
jarrohlik aralashuvini talab qiladi. Bemorlarning bunday toifasi uchun o’lim ko’rsatkichi sezilarli darajada oshadi. 
Davolash kursini o’tab bo’lganidan so’ng, har bir bemor bir necha yillar mobaynida davolashni o’tagan tibbiy 
muassasada ro’yxatda turadi. Har qanday asorat yuzaga kelishini istisno qilish uchun bemorlar muntazam profilaktik 
choralar ko’rishlari, shuningdek parhez va turmush tarziga e’tibor berishlari kerak. 
GEPATIT B DA PARHEZ 
Gepatit B jigarga salbiy ta’sir ko’rsatadigan kasallikdir. Infektsiya va yallig’lanish jarayonlari natijasida bu muhim 
organ hujayraviy darajasida shikastlanadi. Davolash paytida jigar faoliyatini osonlashtirish uchun bemor parhezli 
oziqlanishga amal qilishi kerak. Mutaxassislar bemorlarga maxsus tayyorlangan parhez dasturini qo’llashni tavsiya 
qiladi. 
Avvalo, kishi kundalik oziq-ovqat ratsionini teng ravishda 5-6 ta qismga ajratishi kerak. Davolanish davomida ko’pincha 
zararli oziq-ovqat va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish bilan birga kechadigan ommaviy bayramlarda ishtirok etish 
qat’iyan taqiqlanadi. Kechqurun bemor ovqat hazm qilish tizimiga kuchli ta’sir ko’rsatmaydigab yengil ovqatlar qabul 
qilishi kerak. 
Gepatit B bilan kasallangan bemorlar kundalik ratsionidan quyidagi mahsulotlarni chiqarib tashlashlari kerak: 
Achchiq ovqatlar va ziravorlar; 
Dudlangan va tuzlangan mahsulotlar; 
Ko’p miqdorda efir moylari mavjud bo’lgan sabzavotlar; 
Spirtli va gazlangan ichimliklar
Yaxna ichimliklar va muzqaymoq; 
Yog’li go’sht va baliq turlari; 
Suvda suzuvchi parrandalar go’shti; 
Tarkibida xolesterin yuqori bo’lgan ovqatlar. 
Bemorlarga kundalik ratsionga quyidagilarni kiritish tavsiya etiladi: 
Yormalar, ayniqsa suli yormasi; 
Sut mahsulotlari; 
Soya, zaytun va o’simlik moyi; 
Tovuq tuxumining oqi; 
Go’sht va baliqning kam yog’li navlari. 
Mahsulotlarni bug’da tayyorlash kerak, chunki bunday ishlov berishda mahsulot maksimal foydali moddalarni saqlab 
qoladi. Kundalik ratsionda 3500 kkal (100 gramm oqsil, 100 gramm yog ‘, 450 gramm uglevod) bo’lishi kerak. 
GEPATIT B NING ASORATLARI 
Gepatitning og’ir kechishida bemorlarda turli xil asoratlar rivojlanishi mumkin: 


Miyaning yallig’lanishi; 
Ko’pgina bemorlarda jigar ensefalopatiyasi kuzatiladi. Bemor bezovtalik, gallyutsinatsiya, qo’rquvni boshdan 
kechiradi. Vaqt o’tishi bilan asab tizimining vazifalari buziladi, natijada ahvolning yomonlashuvi, uyquning buzilishlari 
va boshqalar kuzatiladi. Ensefalopatiyaning so’nggi bosqichida bemor komaga tushishi mumkin. 
Jigar yoki nafas olish yetishmovchiligi; 
Jigar sirozi yoki gepatotsellyulyar saraton. 
Gepatit B bilan bilan og’rigan bemorlarni ushbu kasallikning o’tkir yoki surunkali davrga o’tishiga yo’l qo’ymaslik 
uchun o’z vaqtida davolanishlari kerak. Kasallikning rivojlanishi bemorlarning o’rtacha umr ko’rish darajasiga bog’liq 
bo’ladi. 
GEPATIT B NI PROFILAKTIKASI 
Gepatit B ni oldini olish uchun oddiy qoidalarga rioya qilish kerak: 
Kundalik shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qiling (ayniqsa, ko’p odamlar bilan, shuningdek, pul va umumiy foydalanish 
ob’ektlari bilan aloqa qilishdan keyin qo’lingizni yuvish juda muhimdir); 
Pala-partish jinsiy aloqa qilishdan saqlaning va aloqaga kirganda ushbu kasallik bilan kasallanish xavfini sezilarli 
darajada kamaytiradigan prezervativlardan foydalaning
Gepatit B ga qarshi o’z vaqtida vaktsina qabul qiling; 
Manikyur salonlarni, go’zallik salonlariga tashrif buyurganda ishchilar tomonidan sanitariya qoidalariga rioya qilishiga 
e’tibor bering; 
Muntazam ravishda rivojlanishning dastlabki bosqichida virusni aniqlashga qodir bo’lgan uchun qon tahlillarini 
topshirish; 
Boshqalar qoni yoki boshqa biologik materiallar bilan aloqalar qilmaslik; 
Sog’lom turmush tarzini saqlash; 
Spirtli ichimliklar va chekishdan voz kechish; 
Immunitetni kuchaytirish; 
Vitamin va mineral komplekslarni qabul qiling; 
Sport bilan shug’ullaning; 
Toza havoda sayr qiling; 
Har kuni iloji bo’lsa xonani shamollating. 
Agar biror kishi gepatit B kasaliga chalingan bemor bilan yaqin aloqada bo’lgan bo’lsa, u mutaxassislar kasallik 
rivojlanishini tezkor oldini olish uchun tibbiy muassasaga murojaat qilishlari kerak: 
Qonda virusni bloklash xususiyatiga ega maxsus preparatni yuborishadi (immunoglobulin); 
B guruhi gepatitiga qarshi vaktsinani yuborishadi; 
Muayyan vaqtdan so’ng ikkinchi emlash maxsus sxema bo’yicha amalga oshiriladi. 

Download 416.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling