Gepatit turlari va davosi


GEPATIT C — YUQISH YO’LLARI, ALOMATLARI, TASHXISLASH, DAVOLASH, OLDINI OLISH


Download 416.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana16.06.2023
Hajmi416.94 Kb.
#1508285
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
GEPATIT

GEPATIT C — YUQISH YO’LLARI, ALOMATLARI, TASHXISLASH, DAVOLASH, OLDINI OLISH 
Gepatit C — gepatit C virusi sabab jigarning yallig’lanishidir. Gepatit so’zi yunoncha «hepar» — jigar va «itis» — 
yallig’lanish so’zlaridan olingan. Dori, toksinlar, zahar, spirtli ichimliklar, allergik reaktsiyalar, autoimmun kasalliklar 
faqat gepatitning o’ziga sabab bo’lishi mumkin, lekin virusli gepatitlar quyidagi viruslar tomonidan qo’zg’atiladi: 

Gepatit A virusi
 

Gepatit B virusi
 

Gepatit C virusi 


Bulardan boshqa gepatit viruslari ham mavjud, lekin asosan bu uchta turi uchraydi. Bundan tashqari, boshqa, gepatitga 
oid bo’lmagan viruslar ham gepatitning rivojlanishiga hissa qo’shishi mumkin. Masalan 
OIV

sitomegalovirus
, EB 
virusi. 
GEPATIT C NIMA? 
Kasallikning ikkita kechish turi farqlanadi: o’tkir va surunkali. O’tkir gepatit C ning rivojlanishi virus bilan 
zararlangandan keyin boshlanadi. Bu vaqtda ko’pchilik kasallanganlarda hech qanday belgilar kuzatilmaydi. Taxminan 
50- 80% zararlangan insonlarda kasallik keyinchalik esa surunkali gepatit C shakliga o’tadi. Surunkali bosqich o’n yillar 
davomida shakllanadi va u ham hech qanday alomatlarsiz kechishi mumkin. Agar kasallik davolanmasa, bemor oxir-
oqibat jigar kasalliklariga duchor bo’ladi va kasallik tashuvchisiga aylanadi. 
Gepatit C ning bir necha genotipli turlari uchraydi. Ular 1a, 1b, 2, 3, 4, 5 va 6 ga bo’linadi. Bu genotiplar o’rtasidagi 
farq kasallikni davolashda muhim o’rin tutadi (dori turi, dozalari va davolash muddati). 
GEPATIT C BELGILARI 
Kasallikning turli bosqichlarida ma’lum bir alomatlari seziladi. 
O’TKIR GEPATIT C BELGILARI VA ALOMATLARI 
O’tkir bosqichda 65% insonlarda aniq belgilar kuzatilmaydi. Kasallik rivojlanib borishi bilan belgilar ham yaqqolroq 
namoyon bo’la boshlaydi (2-26 haftadan so’ng) va 2-12 hafta davom etadi. Ular: 

Qorinning yuqori qismidagi og’riq, ayniqsa o’ng tarafda; 

Siydik rangining to’q bo’lishi; 

Rangsiz axlat (oqimtir); 

Sariqlik (teri va ko’z sarg’ayishi); 

Ko’ngil aynishi va ichak faoliyatining buzilishi

Charchoq; 

Biroz 
isitma
 va titroq; 

Mushaklardagi og’riq; 

Ishtaha yo’qolishi; 

Kayfiyatning tezda o’zgarishi; 

Bo’g’imlardagi og’riq. 

Download 416.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling