Gepatit turlari va davosi


Download 416.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana16.06.2023
Hajmi416.94 Kb.
#1508285
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
GEPATIT

BOSHQA TAHLILLAR 
Kasallikka tashxis qo’yilgandan keyin bemorda jigar fibrozi yoki sirrozi alomatlari bor-yo’qligini tekshiruvchi tahlillar 
o’tkazilishi mumkin. Bu jigar to’qimasi biopsiyasi yordamida amalga oshiriladi va mikroskop ostida jigar hujayrasi 
tekshirib ko’riladi. Jigar biopsiyasi bugungi kunda kamdan-kam hollarda amalga oshiriladi, chunki noinvaziv testlar 
ko’proq samarali, oson va arzonroqdir. 
Jigar fibrozini ultratovush tekshiruvi va 
MRT
yordamida aniqlash mumkin. Bundan tashqari, turli xil qon tahlillari 
yordamida yallig’lanish darajasi va fibroz mavjudligini oldindan aniqlash mumkin. Asosan qon tahlili virus genotipini 
aniqlash uchun keng foydalaniladi. Shuningdek, bemorda OIV, gepatit A va B bor yoki yo’qligini aniqlash lozim, chunki 
ular kasallikni davolashda qiyinchilik tug’dirishi mumkin. 
GEPATIT C NING DAVOSI BORMI? 
Eng so’nggi viruslarga qarshi preparatlar bilan ko’pchilik kasallarda gepatit C ning eng ko’p tarqalgan turlarini butunlay 
davolash imkoni mavjud. 
QANDAY DAVOLANADI? 
So’nggi yillarda gepatit C kasalligini davolash keskin o’zgardi. 2016 yil yanvar oyida FDA bir martalik Elbasvir va 
Grazoprevir birlashmasidan iborat Zepatier nomli preparatni tasdiqladi. Bu preparat kasallikni deyarli 100% davolashga 
qodir ekanini namoyish etdi. Bundan oldin eng kuchli preparatlar bu 8-12 haftadan so’ng eng odamlarda kasallik 
belgilarini yo’qotadigan «Harvoni» deb nomlangan, «Sofosbuvir» va «Ledipasvir» dan iborat preparat edi. U preparat 
bemorlarda charchoq va bosh og’rig’iga sabab bo’lar edi. 
TIBBIYOT OLAMIDA YANGILIKLAR 
Yaqinda kashf qilingan dorilar : 

Ombitasvir-Paritaprevir-Dasabuvir-Ritonavir (Viekira Pak); 

Ombitasvir-Paritaprevir-Ritonavir (Technivie); 

Daklastavir (Daklinza). 
Bu preparatlar interferon talab qilmaydi va kam vaqt ichida ko’p odamlarni davolaydi. Dastlabki ikki dorilar 
faqat kasallik rivojlanishining erta bosqichlarida tavsiya etiladi, chunki ular jigarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bu 
dorilar juda qimmat turadi. 
Buning o’rniga shifokor Botseprevir (Victrelis), Simeprevir (Ossio), Sofosvivir (Sovaldi) yoki Telaprevir (Incivek) 
kombinatsiyasi bilan Interferon birlashmasini tavsiya qilishi mumkin. 

Download 416.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling