Gepatit turlari va davosi
Download 416.94 Kb. Pdf ko'rish
|
GEPATIT
- Bu sahifa navigatsiya:
- PREPARATLARNING NOJO’YA TA’SIRI QANDAY
- GEPATIT C NING KISHI HAYOTIGA TA’SIRI
Interferon va Ribavirin gepatit C ni davolash asosiy vosita edi. Ular charchoq,
shamollash belgilari , kamqonlik, teridagi toshmalar, ruhiy tushkunlik, ko’ngil aynishi va diareya kabi nojo’ya ta’sir chaqirishi mumkin. Davolash virus genotipiga qarab o’zgaradi. Eng keng tarqalgan turi 1 genotip gepatit C virusidir, undan keyin 2 va 3 genotip, ularning ortidan 4, 5 va 6 uchraydi. PREPARATLARNING NOJO’YA TA’SIRI QANDAY? Dorilarning eng keng tarqalgan nojo’ya ta’siri quyidagilardir: Gripp dagi kabi alomatlar; Charchoq; Soch to’kilishi ; Kamqonlik ; Fikrlash bilan bog’liq muammolar; Asabiylashish; Depressiya. Bugungi kunda mavjud bo’lgan va keng foydalaniladigan virusga qarshi dorilarga: Simeprevir (Ossio); Paritaprevir / ritonavir (har doim birga); Ledipasvir; Ombitasvir; Daklatasvir (Daklinza); Sofosbuvir (Sovaldi); Dasabuvir kiradi. Ulardan ba’zilari (qavs ichida nomi yo’q dorilar) kombinatsiyalangan holda uchraydi, masalan: Ombitasvir, Paritaprevir / Ritonavir (Technivie); Ombitasvir, Paritaprevir / Ritonavir va Dasabuvir (Viekira Pak); Ledipasvir, Sofosbuvir (Harvoni). GEPATIT C NING KISHI HAYOTIGA TA’SIRI Ko’p odamlar bu kasallik bilan yashashadi. Agar sizda kasallik mavjud bo’lsa, o’zingizga va boshqalarga yordam berish uchun bir necha muhim narsalarga amal qilishingiz lozim : Parhezga amal qiling va ko’proq dam oling; Spirtli ichimliklar qabul qilmang; Jigarni zararlovchi dorilarni qabul qilmang (shifokor tomonidan aniqlanishi mumkin); Agar olmagan bo’lsangiz gepatit A va B ga qarshi vaktsina oling. Boshqa birovga infektsiya yuqtirmaslik uchun quyidagi chora-tadbirlarga amal qiling: Boshqalar bilan tish cho’tkasi yoki ustarani baham ko’rmang; Boshqalarga sizning qoningiz bilan aloqa qilishga yo’l qo’ymang; Jinsiy aloqa paytida himoyalaning; Go’zallik salonlarida sizni qoningiz o’tishi mumkin bo’lgan amallarni qildirmang (manikyur, tatuaj); Sizning kasalligingiz haqida yaqinlaringiz bilishi kerak, zero ular ehtiyot choralariga amal qilishadi. Download 416.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling