Gereford go`sht yo`nalishidagi qoramol


Download 77.95 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi77.95 Kb.
#1588488
Bog'liq
GEREFORD GO`SHT YO`NALISHIDAGI QORAMOL


GEREFORD GO`SHT YO`NALISHIDAGI QORAMOL

Gereford qoramol zoti - goʻsht uchun boqiladigan zot. 18-asrning 2-yarmida Angliyaning Gereford (Xerefordshir) grafligida mahalliy zotlardan tanlash va saralash yoʻli bilan yetishtirilgan. Rangi toʻq qizil, boshi oq, boʻynining usti, koʻkrak osti, qornining pastki qismi, oyogʻi va dumida oq belgilari bor, gavda tuzilishi goʻshtdor mollar tuzilishiga xos. Yangi tugʻilgan buzoqlarining vazni 30-33 kg, 18 oyligida 400-450 kg. Sigirlarining vazni 550-600 kg, ayrimlariniki 750 kg, buqalari 850-1000 kg, ayrimlari 1100 kg gacha. Har bir sigiri oʻrtacha 1200-1400 kg yogʻli (4%) sut beradi. Boʻrdoqiga boqilganda 65-68% goʻsht-yogʻ qiladi. Goʻshti yumshoq va mazali. Gereford qoramol zoti tez yetiladi, yem-xashak tanlamaydi, sharoitga nisbatan chidamli, yaylovlarda boqishga moslashgan. Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Rossiya va Qozogʻistonda keng tarqalgan. Qozogʻistonda qozoqi va qalmiq qoramol zotlarini Gereford qoramol zoti bilan chatishtirib oqbosh qozoqi qoramol zoti yaratilgan. Oʻzbekistonga Gereford qoramol zoti buqalari 1963-yilda keltirilgan va "Zomin-1" naslchilik xoʻjaligida mahalliy zotlarni yaxshilashda foydalanilgan, chatishtirish natijasida mahsuldorligi yuqori duragaylar olingan.
Download 77.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling