Mamlakatda mavjud xom-ashyo hisobida ishlab chiqarilgan mahsulot turlari
Germaniya transporti yo'llarining zichligi bo'yicha dunyoda oldingi o'rinlardan birini egallaydi. Yevropa kengashi bo’yicha sheriklari bilan bo’lgan iqtisodiy aloqalarning jadalligi va Yevropaning markazida joylashganligi bilan bog’liq holda transportning barcha turi rivojlangan. Mamlakatning asosiy transport turini temir yo'llar tashkil etadi. Temir yo'llarning umumiy uzunligi 44 ming km atrofida bo'lib, shundan jami temir yo'llarning qismi elektrlashtirilgan.
Jami tashiladigan yuk aylanmasida avtomobil transportining hissasi 60 foizni, temir yo'l transportiga20 foiz, daryo transportiga 15 foiz to'g'ri keladi. Yo'lovchi tashish aylanmasida esa avtomobil transportining hissasi yanada yuqori ya'ni 90 foizni tashkil etadi.Umumiy avtomobil yoʻllari uzunligi — 496,6 ming km.
Oliy darajadagi avtomabil yo’llarining umumiy uzunligi 12 ming km dan ortiq.
Avtomabil yo’llari
Germaniyada ichki suv yo'llarining uzunligi 7 ming km atrofida. Mamlakatning Reyn daryosidagi xalqaro magistral suv yo'lida ko'plab yirik portlar joylashgan bo'lib, unda yillik yuk aylanmasi 50 mln tonna bo'lgan dunyodagi eng yirik daryo porti-Duysburg joylashgan.[18]
Germaniya kemalarda konteynerlarda yuk tashish tonnasi bo'yicha dunyoda AQSH, Panama va Tayvandan so'ng 4-chi o'rinda turadi. Germaniya dengiz portlari yuk aylanmasi hajmiga ko'raYеvropa mamlakatlarining yirik portlaridan keyinda turadi. Mamlakatda Gamburg, Vilgelmsxafen, shuningdek Bremen, Emden, Rostok kabi yirik portlar ishlab turibdi. [15]
Suv transporti
Havo transporti.Mamlakat tashqi aloqalarida dengiz transporti qatorida havo transporti ham muhum ahamiyatga ega.Barcha yirik yarmarkalar markazida aeroportlar mavjud. Germaniyada jami 16 ta xalqaro aeraportlar bo'lib, shu bilan birgalikda Frankfurt aeroporti yuk aylanmasi bo'yicha Yevropada birinchi, yo'lovchitashish hajmi bo'yicha uchinchi o'rinni egallaydi.Eng katta aeroporti — Frankfurtmayn shahrida. Boshqa yirik aeroportlari:Berlin — Tegel, Berlin — Shenefeld, Bremen,Gamburg, Gannover, Drezden, Dyusseldorf, Kyoln Bonn, Leypsig, Myunxen, Nyurnberg, Saarbryukken va Shtutgart.[15]
Do'stlaringiz bilan baham: |