Germaniya davlatchilik taraqqiyotining asosiy bosqichlari


XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Germaniyada siyosiy tuzumning o‘zgarishi


Download 89 Kb.
bet6/8
Sana29.01.2023
Hajmi89 Kb.
#1138385
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
joni

XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Germaniyada siyosiy tuzumning o‘zgarishi


Germaniya imperiyasining 1871-yilgi Konstitutsiyasi. 1871-yil 16-aprelda Ta’sis reyxstagi umumgerman Konstitutsiyasini qabul qildi. Unda oldingi davrlarda qabul qilingan barcha huquqiy hujjatlar inobatga olingan.
Imperiya o‘z mohiyatiga ko‘ra ittifoqchilar davlati hisoblangan. Uning tarkibiga qirol va knaz sulolalari boshqaruvidagi 22 ta monarxiya va 3 ta erkin shahar kirgan. Germaniyaga qo‘shib olingan ElzasLotaringiya hududi imperiyaga hokim (shtatgelter) tomonidan idora etiladigan maxsus imperiya provinsiyasi bo‘lib kiritilgan.
A’zolarning ayrimlari o‘z Konstitutsiyasi, landtag – vakillik muassasalarini saqlab qoladi. Davlat funksiyalarining ma’lum bir qismi, ya’ni cherkov ishlari, maorif, soliq va ichki biror muhim soha boshqaruvi ular hukumatlarning ixtiyorida qoldiriladi. Joylarda xalq vakolatlari tor bo‘lib, tabaqa imtiyozlari davom etgan.
Mayda nemis davlatlarining Prussiya harbiy va iqtisodiy qudratiga qaramligi Prussiyaning hukmronligini ta’minlagan. Imperiya boshqaruvida «armiya va qal’alar» bo‘yicha qirol tomonidan tayinlanadigan komitet, tor doiradagi davlatlar vakillaridan iborat «tashqi ishlar» komiteti tashkil etilgan.
Ittifoq miqyosida qonun chiqarish huquqi umumimperiya hokimiyati imperatori va imperiya kansleri qo‘lida to‘plangan. Konstitutsiyaga binoan federal kengash ikki palatadan, yuqori palata – bundesrat, ya’ni ittifoq kengashi hamda quyi palata – reyxstagdan tuzilgani holda qonunchilik vakolatlari unga berilgan. Aynan shu ikki palata oliy vakolatli muassasalar hisoblangan.
Germaniyaga faqat Prussiya qiroligina imperator bo‘lishi mumkin bo‘lgan. Imperator ijroiya hokimiyatni boshqargan va shakllantirgan. Uning vakolatlari keng bo‘lib, reyxstag va ittifoq kengashi sessiyalarini chaqirish va tarqatish vakolatiga ega bo‘ladi. Imperiya nomidan ish ko‘radi. Shuningdek, imperiya qonunlarini ishlab chiqish va e’lon qilish ham uning vakolatiga kirgan. Imperatorning mutlaq hokimiyati faqat kanslerning kontrassignatura (ma’lum hujjatning kuchga kirishi uchun kanslerning imzosi shartligi) huquqi bilan tiyib turilgan. O‘z navbatida qatori vakolatlarini, xususan, urush va tinchlik e’lon qilish, shartnomalar tuzish, ittifoqda o‘z majburiyatlarini bajarmagan davlatlarga nisbatan jazo berish huquqlarini Ittifoq kengashining roziligi bilan amalga oshirgan.
Ittifoq ministrligi tashkil etilmagan. Ittifoqning yakka ministri imperiya kansleri edi. U reyxstag oldida javobgar bo‘lmagan. Imperator tomonidan lavozimga tayinlangan va bo‘shatilgan, uning oldida javobgar bo‘lgan. Imperiyaning ayrim markaziy idoralariga stats-sekretarlar rahbarlik qilgan, ular kanslerning yordamchilari hisoblangan.
Imperiya kansleri bir vaqtning o‘zida imperiya hukumati bo‘lib, qonunlarda uning irodasi mujassamlangan. Imperiya kansleri lavozimida Prussiya ministr-prezidenti faoliyat ko‘rsatgan. U bir vaqtning o‘zida
Prussiya ministrlar kabinetining boshlig‘i ham hisoblangan. XIX asrda Germaniyaning eng yirik siyosiy arboblaridan biri Otto fon Bismark bu mansabni 1862-yildan 1890-yilgacha egallab turgan.
Kansler bundesratning raisi ham hisoblangan. Yuqori palatada ovozlar teng bo‘lib qolganda uning ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Bundesratda harbiy masalalar bo‘yicha kelishuvga erishilmay qolganda kanslerning ovozi asosiy hisoblangan. Bundan tashqari, u budjetni to‘ldirish uchun to‘lovlar tayinlash huquqiga ega bo‘lgan. Shuningdek, u har yili ittifoq kengashi va reyxstagga xarajatlar haqida hisobot taqdim qilishi lozim bo‘lgan.
Imperator va kansler o‘z faoliyatida bundesratning muhim Konstitutsiyaviy vakolatlariga tayangan. 1871-yilgi Konstitutsiyada hatto rasman bo‘lsa ham «xalq suvereniteti» prinsipi e’lon qilinmaydi. Konstitutsiya hukmron doiralarning monarxning davlat hokimiyati haqidagi konservativ tasavvurlari bilan to‘la qarama-qarshiliklarni mujassam etgan. Unga binoan imperator nomidan ham ijroiya hokimiyati, ham qonun chiqarish hokimiyati amalga oshirilgan. Davlat muassasalari va mansabdor shaxslarning vakolatlari ham imperator nomidan belgilangan.
Reyxstag – quyi palata umumiy saylov huquqi asosida va yashirin ovoz berish yo‘li bilan 5 yil muddatga saylangan. Lekin, amalda quyi darajadagi harbiy xizmatchilar, mulksiz kambag‘allar va ayollardan tashqari 25 yoshga to‘lgan erkaklargina saylov huquqiga ega bo‘lgan. Reyxstag a’zolari o‘z mehnatlari uchun hech qanday maosh yoki haq olmaganlar (V bo‘lim, 32-modda).
Qonun chiqarish tashabbusi reyxstag qo‘lida bo‘lib, ittifoq kengashi va imperator uning qarorlarini tasdiqlamaslik huquqiga ega bo‘lgan. U imperator nazorati ostida bo‘lgan. U qabul qilgan birorta ham qonun bundesratning tasdig‘isiz amalga kiritilmagan.

Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling