Germaniya davlatchilik taraqqiyotining asosiy bosqichlari
Prussiyaning 1850-yilgi Konstitutsiyaviy xartiyasi
Download 89 Kb.
|
joni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1867-yilgi Avstriya-Vengriya ittifoqi.
Prussiyaning 1850-yilgi Konstitutsiyaviy xartiyasi. Prussiya qiroli dastlab inqilob davrida 1848-yilda Konstitutsiya taqdim etadi. Bir yildan keyin, ya’ni 1850-yil 31-yanvarda qirol yangi Konstitutsiyaviy xartiya chiqaradi. U oldingisiga nisbatan ancha demokratik xarakterda bo‘lgan. U shaxsiy, siyosiy va fuqaroviy huquqlar, sud tizimi, armiya, ta’lim sohasi, hokimiyat organlarining tizimi, ularning vakolatlari va o‘zaro munosabatlari kabi masalalarni belgilab bergan. Konstitutsiyaviy xartiya ba’zi tuzatishlar bilan 1919-yilgacha harakatda bo‘lgan.
Oliy hokimiyat organlari qirol, ministrlar (ministr-prezident), ikki palatali parlament va oliy suddan iborat bo‘lgan. Landtagning yuqori palatasi – Janoblar palatasi, quyi palatasi – Deputatlar palatasi deb atalgan. Mamlakatda qirol hokimiyati kuchli bo‘lib, landtag maslahat organi bo‘lgan va hukumat unga hisob bermagan. Sudyalar qirol nomidan ish ko‘rgan, u tomonidan tayinlangan. 1867-yilgi Avstriya-Vengriya ittifoqi. XIX asrning o‘rtalarida Avstriya ichki, ya’ni inqilobchi kuchlar, mustamlaka aholining chiqishlari va tashqi ta’sirlar, ya’ni Prussiyaning zarbasi natijasida siyosiy inqirozga uchraydi. German davlatlari orasida obro‘sizlanadi. Monarxiyani kuchaytirish maqsadida 1867-yilda Avstriya parlamenti – Reyxsrat Avstriya-Vengriya monarxiyasini tashkil etish haqidagi bitimni tasdiqlaydi. Bitim Vengriya parlamenti (Seym) tomonidan ham tasdiqlanadi. Seym bir palatali bo‘lib, unda asosan dvoryan va yirik burjuaziya vakillari yig‘ilgan. Avstriya-Vengriya Leyta daryosi bilan ajralib turuvchi ikki qism – Sisleytaniya va Transleytaniyadan iborat bo‘ldi. Uning tepasida Avstriya imperatori turgan, u bir vaqtning o‘zida Vengriya qiroli unvonini ham olgan. Vengriya o‘z parlamenti va hukumatiga ega ɛʆɥɢɲ ԟɭԕɭԕɢɧɢ oladi. Uchta umumiy ministrlik – tashqi ishlar, harbiy va dengiz hamda moliya ministrliklari ta’sis etilgan. Ittifoqning vujudga kelishi bilan Avstriyada liberal islohotlar o‘tkaziladi. Ittifoq boshqaruvida parlamentga nisbatan hukumatning roli katta bo‘lgan. Imperator favqulodda farmonlar chiqarish vakolatiga ega bo‘lib, ijroiya hokimiyati tepasida turgan va davlat boshlig‘i hisoblangan. Avstriya-Vengriya monarxiyasi ba’zi o‘zgarishlari bilan Birinchi jahon urushining oxirigacha saqlanib qolgan. Download 89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling