Germaniya davlatchilik taraqqiyotining asosiy bosqichlari
Prussiyaning gegemonlik uchun kurashi va Shimoliy Germaniya ittifoqi
Download 89 Kb.
|
joni
Prussiyaning gegemonlik uchun kurashi va Shimoliy Germaniya ittifoqi. Prussiya Germaniyada ustunlik qilish uchun kurashni nemis davlatlarining yagona iqtisodiy makonini tashkil qilishda o‘z liderligi o‘rnatish bilan ancha ilgari boshlagan edi. Prussiya o‘z qirolligi miqyosida 1818-yilgi qonuni bilan dastlab bojxona chegaralarini bekor qilib barcha provinsiyalar bo‘yicha ko‘chib yurish erkinligini e’lon qiladi. Pruss tovarlariga homiylik qiladigan umumiy bojxona ta’rifi o‘rnatiladi.
1819-yilda ushbu islohotlarni butun ittifoqqa tatbiq etish tashabbusi bilan chiqadi. Avstriya hukumati va uning izdoshlari esa inkor qiladi. 1834-yilda Prussiya boshchiligida german davlatlarining bojxona ittifoqi tashkil etiladi. Unga 22 ta a’zo kirib, aholisi 23 mln. kishidan ortiq bo‘ladi. Ittifoq iqtisodiy sohada rivojlanib, savdo va veksel huquqlari birxillashtiriladi. 1847-yilda Konferensiyada Umumgerman veksel ustavi qabul qilindi. Prussiyaning huquqiy sohadagi mavqei mustahkamlanib, qonunchilik sohasida faollashib boradi. U tomoni kodifikatsiya ishlari jadal olib boriladi. 1860-yilda Umumgerman savdo qonunnomasining qabul qilinishi mislsiz voqea bo‘ladi. U mahalliy separistik kayfiyatlarga zarba berib, Germaniyaning yagona iqtisodiy va huquqiy makonini yaratishda Prussiyaning yetakchi rolini batamom mustahkamlaydi. XIX asrning 60-yillarida Prussiya oshkora harbiy yo‘l bilan Germaniyani birlashtirishga kirishadi. 1866-yilda Avstriya-Prussiya, Avstriya-Italiya urushlari bo‘lib o‘tadi. Napoleon III vositachiligida Avstriya-Prussiya o‘rtasida va u taklif etgan bitim (Praga, Nikolsburg yarash imzolanadi) imzolanadi. Natijada Prussiya kansleri Bismark bir qancha nemis davlatlari va erkin shahar Frankfurt-Maynni tugatib, o‘z hududiga qo‘shib oladi. Bir nechta kuchli nemis davlatlari bilan 5 yillik harbiy konvensiya tuziladi. Janubiy nemis davlatlari hududiy da’vogar Napoleon III ga qarshi va Bismarkka moyil bo‘lsa-da, betaraf qoladi. Shunday bo‘lsa-da, ular (Bavariya, Vyurtemberg, Baden, Gessen-Darmshtadtning bir qismi) ham Prussiya bilan harbiy va iqtisodiy jihatdan yaqindan bog‘langan. Natijada qattiq kurashlar davomida oldingi German ittifoqi buziladi. Avstriya umumgerman ishlarida ishtirok etishdan abadiy chetlashtiriladi. Bismark Prussiya boshchiligidagi yangi German ittifoqini tuzishga kirishdi. 1866-yil 4-avgustda Bismark Prussiya nomidan shimoliy nemis davlatlariga murojaat etib, nemis davlatlari ittifoqini tuzishni taklif etadi. 18 davlat va 3 ta erkin shahar (Gamburg, Bremen, Lyubek) ittifoq shartnomasini imzolaydi. Prussiyaning ilgari surgan loyihasi va Berlindagi muhokamadan so‘ng 1867-yilning boshida Konstitutsiya qabul qilinadi. Unga binoan Shimoliy German ittifoqi tuziladi. Unda prussiya hukmron mavqeni egallaydi. Ittifoqning aholisi 30 mln. ga yaqin bo‘lib, ittifoqqa kirmagan janubiy german davlatlarida 8 mln. ga yaqin aholi yashagan. Konstitutsiyaga ko‘ra Ittifoq Prezidenti lavozimi Prussiya qiroliga topshiriladi, qirol ittifoq kanslerini tayinlash va harbiy qo‘mondonlikni bajarish huquqiga ega bo‘ldi. U reyxstag va Ittifoq kengashini chaqirish va tarqatib yuborish uchun favqulodda huquqqa ega bo‘ladi. Qonunlarni tasdiqlash ham uning vakolatiga kirgan. Ittifoq parlamenti – reyxstag bo‘lib, u vakillik organi sifatida saylangan. Barcha davlatlarning vakillaridan iborat Ittifoq kengashi joriy etilgan. Yagona ittifoq ministri faqat ittifoq kansleri hisoblanadi. Kansler reyxstag oldida emas, Ittifoq Prezidenti oldida javobgar edi. Qolgan boshqarma (ministrlik)lar stat-sekretarlar tomonidan boshqarilgan. Germaniyaning birlashtirilishi natijasida yagona ichki tartib qoidalar joriy etilgan. Bismark Germaniya nomi ostida Prussiya hukmronligini kuchaytirishga, nemis yerlarini prusslashtirishga harakat qilishi natijasida janubiy german davlatlarini qarshiligi yuzaga kelgan. Shu bilan birga, Fransiya ham German davlatlari tarqoqligini saqlash tarafdori bo‘lganligi sababli, Bismark undan o‘ch olishga harakat qiladi. Oqibatda 1871-yilda Fransiya-Prussiya urushi vujudga keladi va Fransiya yengilgan. Xuddi shu davr oralig‘ida janubiy german davlatlari (Badan, Bavariya, Vyurtenburg, Gessen-Darmshtadt) bilan Shimoliy German ittifoqi o‘rtasida «mudofaa shartnomalari» tuziladi. Ushbu shartnomalarning tuzilishining oqibati ularning yangi ittifoqqa – 1871-yil qayta tuzilgan Germaniya imperiyasiga kirishlariga huquqiy asos bo‘lib qoladi. Shu tariqa urush davrida Germaniyani birlashtirish oxiriga yetkazilgan. 1871-yil 18-yanvarda Prussiya qiroli Versal saroyida Vilgelm I nomi bilan «German imperatori» deb e’lon qilinadi. Germaniya Prussiya gegemonligi ostida birlashtiriladi. Bundan keyingi davrda Germaniya siyosiy tuzumi tuzumida yangi normativ-huquqiy hujjatlar asosida muayyan o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Download 89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling